Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri

Adam JEKSON


RULDAGI ODAM 
Hammasi oktabr oyining sovuq va yomg'irli kechasida, u uyga ishdan qaytayotgan 
chog'ida boshlandi. Soat sakkizlar edi — bu haftada u uchin- chi bor xizmatda ushlanib 
qolishiga to'g'ri keldi. Kun bo'yi osmonni bulut qoplagan va aytish mumkinki, osmonu 
falak sharros quyib turgan jalani bu yigitcha uyga ravona bo'layotgan chog'iga asrab 
qo'ygandek edi. Uning xayollari radio boshlovchi bergan savoldan bo'lindi. Savol juda 
oddiy edi, garchi uning javobi yigitni ko'proq qiziqtirsa- da, bu savolni o'ziga hech 
qachon bermagan edi. 
Berilgan savolga butun mamlakat bo'ylab o't- kazilgan so'rovnoma sabab bo'lgandi. 
Unda har ellik kishidan faqat birigina o'zini baxtli yoki qa- noatlangan deya hisoblashi 
hamda o'ntadan bitta- sigina atigi bir lahza davomida o'zini haqiqatda baxtli his etganini 
xotirlay olgani ma'lum bo'libdi. Radioboshlovchi tinglovchilarga oddiy va ochiq savol 
bilan murojaat qildi: «Siz baxtlimisiz?» 
Bu so'zlar kutilmaganda yigitni o'z hayoti haqida o'ylashga majbur qildi. U 
dabdurustdan umrida aynan nima yetishmayotganini so'z bilan ifodalay olmasdi: uning 
salomatligi durust, yaxshigina ishi bor, maoshi to'lovlarni to'lash va goh-gohida may- 
da-chuyda quvonchli voqealarga safrlashga doimo yetadi, uning yaqin do'stlari va 
suyimli oilasi bor. Lekin, bularning barchasiga qaramasdan, u o'zini ich-ichidan loqayd, 
tushkunlikka tushgan, hayot- dan bezganday sezardi. Unga nimadir yetishmasdi, lekin 
o'sha nimaligini o'zi ham bilmasdi, unga hayoti qandaydir o'ta muhim narsadan 
mosuvoligi ayon edi, xolos. U hayotini tavsiflab bayon etishiga juda ko'p so'zlar mavjud 
edi, lekin ular tarkibiga «baxt» so'zi kirmagani aniq. 
Qachonlardir Toro: «Ko'pchilik insonlar o'z umrini osuda tushkunlikda kechiradilar», 
deb aytgan so'zlarini yigit aynan o'z hayoti haqida ifodalanganini xayolidan o'tkazdi. Har 
bir kun boshlanishidan to nihoyasiga qadar tinimsiz kurashdan iborat. Ko'n- gilcizlik va 
og'ir kechinmalar bu kunlarga doimiy yo'ldoshdek tuyulardi. Yigit hayoti poyonsiz bir 
xildagi doiraga aylangani haqidagi hissiyotlarini yengib o'tolmasdi. Yoshlikdagi orzu va 
umidlariga nima bo'ldi? Qani uning bolalikdagi qalbini toshirgan g'ayrati, shodligi-yu 
quvonchlari? Ularning barchasi bu tinimsiz kurashga qachon aylanib ulgurdi ekan? 
U hayot tinimsiz kurashligmi qaydadir o'qigandi, lekin yigit bunga ko'nikolmasdi. 
«Albatta, — derdi u o'ziga o'zi, — hayotda bundan-da muhimroq nimadir bo'lishi kerak». 
U o'zini adashib qolgandek, go'yo bahaybat labirint ichiga qamalgan-u, unga qanday 
tushganini anglolmay va chiqish yo'lini qaydan izlashni bilolmaganday sezardi. 
Xuddi shu lahzada yigitning o'ylari bo'lindi — bu safar mashina kapotidan 
ko'tarilayotgan dud sabab bo'ldi. 


— Jin ursin! Biri bo'lmasa, boshqasi tayyor turadi, — ming'irladi u mashinasini yo'l 
yoqasida to'xtatarkan. U tashqariga chiqib, kapotni ko'tardi, motorga qaragandi, yuziga 
qaynoq bug'dan hosil bo'lgan issiq havo urilib yigitni qalqib ketishga majbur qildi. 
U kamzulini boshiga yopib, shamol va yomg'irdan o'zini qanday bo'lmasin, 
muhofazalash uchun egilgancha eng yaqin masofadagi telefongacha bir yarim chaqirim 
yo'l yurib, nosozlikni tuzatish xizmatini chaqirtirdi. Operator unga mexanik taxminan bir 
soatlardan so'ng borishini xabar qildi. Yigitning mashinasiga qaytib, kutishdan bosh- qa 
chorasi yo'q edi. 
Shunday sovqotgan, charchagan va ayanchli ahvoldagi yigit mashinasi tomon 
imillagancha qay- tardi.. Bu hodisa hayotida eng chuqur o'zgarishlarning boshlanishi 
ekanini u hali bilmasdi. 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə