Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri

Ushbu kunga nazar sol! Axir bu umr, umming o'z umri. Uning qisqa oqimida 
Mavjudlikning barcha haqiqatlari va borliklari unda yashiringan: Farog'atlikning 
o'sishi, faoliyatning shuhrati, go'zallikning sozligi. Axir kecha — faqat tush, Erta esa — 
bor-yo'g'i xayol, Lekin eng ajoyib umr bugun 
 
LAHZA QUVVATI
Har qanday kechagini baxt tushiga aylantiradi 
Va har bir ertangi kun — umid tasawuri. Bugungi kunga yaxshilab nazar tashla! Bu 
tongga salomdir. 

O'zingiz sinab ko'ring, — dedi janob Braun. — Kun davomida fikrlaringizni awal 
bajargan va kelgusidagi bajarmoqchi ishlarga emas, hozirgi faoliyatingizga jamlang. 

Nazarimda anglagandek bo'lyapman, — dedi yigitcha. — Lekin nahotki 
kelajagimiz to'g'risida umuman qayg'urmasligimiz kerak? 

Kelgusida biz istagan kelajakni yaratishga faqat hozirgi lahzadagi hayotimiz 
imkon beradi. Har bir lahza taqdirimizni belgilovchi tanlov ekanligini bildiradi. Fikr 
harakatning negizi hisoblanadi, harakat esa odatni vujudga keltiradi, odatlar fe'l- atvorni 
mujassamlantiradi, fe'l-atvor esa taqdirimizni shakllantiradi. 
Har bir lahzada tanlaydigan fikrimiz, keyingi daqiqada qayerda bo'lishimizni 
belgilaydi. Shu bois har qanday lahzadagi ahdlarimiz va harakatlarimiz kelajagimizni 
yaratadi. Kishilar bilan gaplashganda ularning ko'pchiligi shu yerda va hozirgi kunda 
boridan yaxshisini sug'urib olish o'rniga ko'pincha o'tmishda va kelajakda boshqa zamon 
va makonda yashayotganlari juda tez oshkor bo'ladi. Men bilan aynan shu hoi sodir 
bo'ldi, kechayotgan voqealarga hech qanday taalluqli bo'lmagan narsalar haqida 
o'ylashim halok bo'lishimga bir bahya qoldirdi. Modomiki, hozirgi lahzada 
yashamasangiz, yuk mashinasi tagiga tushmasangiz ham, yuzma-yuz kelishingiz mumkin 
bo'lgan aziyatlar va imko- niyatlaming kattagina qismini yo'qotasiz. 

Nahotki odamlar kelajakda hech bir reja tuzmasliklari kerak deb hisoblasangiz? 

Yo'g'-e, nimalar deyapsiz? Har qanday harakatlarimizni rejalashtirish juda muhim. 
Lekin siz biror nima bilan mashg'ulligingizda boshqa narsalarni rejalashtirish yaramaydi 
va kelajakka rejalar tuzish chog'ida boshqa bir faoliyat bilan shug'ullanish shart emas. 
Nima haqda o'ylashingiz, qanday harakatni bajarishingizdan qat'i nazar, bir lahzada bir 
ishga fikringizni jamlang. Biror kishi bilan so'zlashayotgan chog'ingizda butun e'ti- 


oringizni o'sha insonga qarating; ishlayotganingizda diqqatingizni bajarayotgan 
yumushingizga qaratib, men yo'l qo'ygan xatolarimni takrorlamang. 

Qanday xatoni? — takror so'radi yigitcha. 

Ko'chani kesib o'tayotganda mashinalar harakatini kuzating! Kechayotgan 
lahzadagi umr xavotir va ma'yuslik hislarini yumshatadi, mehnat sifatini oshiradi, o'zaro 
munosabatlarni yaxshilaydi hamda umuman, butun umringizni boyitadi. Lahzadagi 
umrning quwati ana shunday. 
Running qolgan qismida yigitcha o'sha fursatda bajarayotgan ishiga diqqat-e'tibor 
bilan qarashga urindi. Ba'zan tarqalib va chalg'ib ketayotgan fikrlarini to'xtatib qolish 
qiyin kechsa-da, lekin bajarayotgan ishiga uni yana jamlashga to'la erishdi. Endi bu 
hayotini rostdan ham ancha yengillatishiga uning zarracha shubhasi qolmagandi. 
U stoldagi qog'ozlar uyumining hajmi borasida tashvishlanish o'rniga ular orasidan 
birgina xatni chiqardi va kompaniyadagi uch yillik faoliyati inobaynida uning ilk bor 
bajarilmagan ishi qolmadi. 'shxonadaqi hamkasblari bilan so'zlashayotgan chog'ida to'sa 
e'tibor bilan qaragani bois ulardan biri: «Gaplarimni diqqat bilan tinglaganing uchun 
senga rahmat. Menga juda yaxshi yordam berding» deganida hayron qoldi. Bu so'zlar 
yigitning qalbida yaxshi iz qoldirdi. 
Yigitcha kechqurun, ovqatlanganidan keyin o'tirib, bugun yozganlarini ko'rib chiqdi. 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə