Mavzu: mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni reja: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati



Yüklə 37,52 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü37,52 Kb.
#135106
  1   2   3   4
MULKCHILIK MUNOSABATLARINING MOHIYATI VA IQTISODIY MAZMUNI


Mavzu: MULKCHILIK MUNOSABATLARINING MOHIYATI VA IQTISODIY MAZMUNI
Reja:

  1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati

  2. Mulkchilik, ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol va boshqa munosabatlar

  3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni

  4. Mulkchilik shakllari

  5. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari



1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati

Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni


Iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Usbu mavzuda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko‘rsatib beriladi hamda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulkchilik shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari, hamda 2017-2021 yillarda davlat mulkini xususiylashtirishni kengaytirish, xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi.
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- sivilizatsiya darajasi jihatidan yondashuv;
- texnik va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab
chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish iqtisodiy munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar-bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish
darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy- iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va
uyg‘unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar-bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.


Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shularning yig‘indisi jamiyatning asosini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol ro‘l o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat asosi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi (3.1- rasm).
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Ishlab chiqarish usuli Asos
Ishlab chiqaruvchi kuchlar Ishlab chiqarish munosabatlari Ishchi kuchi
3.1-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi.
Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada namoyish qilingan deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida ro‘li bilan bog‘liq sifat xususiyatlari aks etadi.

Yüklə 37,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə