Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova


H u ja y r a n in g k a s h f e tilish i1



Yüklə 5,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/113
tarix28.11.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#132921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Hujayra biologiyasi. Abdulov A.I. Xalbekova X.U.

1.1. H u ja y r a n in g k a s h f e tilish i1.
Hujayralar oMchami kichik bo‘lgani sababli, ularni faqat mikros­
kop yordamidagina kuzatish mumkin. Yassi shisha yuzasi yorugMikni 
sindirib, shaklniyuzagakeltirishiinsoniyatgaqanchavaqtdanberiayonli- 
gibizganomalum. K o‘zoynaklar birinchi marotaba XIII asrda Evropa- 
da tayyorlangan, yorug‘lik mikroskopining birinchi komponenti (ikki 
tomonlamali linza) esa XVI asming oxirlarida o ‘yIabtopildi. 1600 
yillaming o ‘rtalarida bir necha olimlar o ‘zlari yasagan mikroskop- 
lari yordamida k o ^ ilg ^ m a s dunyo sirlarini ochishga urinib ko ‘rdilar. 
Hujayrani birinchi bo‘lib ingliz mikroskopchisi Robert Guk 27 yoshi- 
da kashf qildi va Angliyaning birinchi ilmiy akademiyasi hisoblangan 
Londonning Qirollik Jamiyatiga kuratorlik lavozimi bilan taqdirlandi. 
Uning mikroskopi 3 elementdan: yig‘uvchi linza (kollektor), okulyar 
linza va ob’yektiv linzalardan tuzilgan(l-rasm ). Uni juda qiziqtirgan 
savol daraxt po‘stlog‘idan yasalgan po'kak shisha butilka ichidagi 
havoni tashqariga2 chiqarmasdan qanday qilib ushlab turishi edi. U 
1665-yiIda shunday yozgandi: “yaxshi, toza daraxt p o ckagini oldim 
va undan kichik b o‘lagini pichoq yordamida kesib oldim, so‘ngra 
mikroskopda kuzatdim, ko‘rib turgan obyektim kichik hujralardek 
tuyuldi... k o ‘proq asalari iniga o'xshash”. R.Guk ularni monastirda 
rohiblai* yashaydigan hujralarga o‘xshatganligi sababli shunday atadi. 
Umuman olganda, R.Guk o‘lik o‘simlik to4qimasining hujayralar de- 
vorini kuzatgan edi.
J - rasm.
1 G erald K arp . C ell and M o le cu lar B iology. U S A , 2013, «W iley». 6 0 -6 2 p.
2 G erald K arp. C ell and M o le c u lar B iology. U S A , 2 0 1 3 , «W iley » . 63 p.
R.G ukyaratgan mikroskop va и tayyorlagan p o lkak kesimining
mikroskopdagi ko*rinishi
8


Ayni vaqtda, gollandiyalik, tug‘ma va turli matolar savdosi bilan 
shug‘ullanuvchi Anton van Levenguk o‘zining bolsh vaqtini linzalar- 
ni silliqlab, oddiy ammo aytarli darajada sifatli mikroskoplar yasash 
bilan o4kazardi. 50 yil davomida Levenguk o ‘zining mikroskopda 
olib borgan tadqiqotlari natijalarini Londonning Qirollik Jamiyatiga 
xat tariqasida j o ‘natib turdi. U ko4lmak suvini kuzatib, unda harakat- 
lanayotgan “animolekulalar”ni birinchi bo4 lib kuzatdi. Shuningdek, 
bakteriyalarnin gturli formalarini ham birinchi lard an bo4 lib tasvirlab 
bergan.
Bundan avval kuzatilmagan dunyo haqidagi Qirollik Jamiyatiga 
yuborganilk xatlari ko‘pchilikda shubxa uyg4otdi va jam iyat Leven­
guk kuzatuvlarini tasdiqlash uchun Robert Gukni yubordi. R.Guk 
tasdig‘idan so4ng Levenguk dunyoga mashxur bo4ldi. Angliya qiroli- 
chasi va Buyuk Piter bilan ko‘rishishga muyassar bocldi.
Kashfiyotning muximligi 
1830 yilga- 
cha sezilmadi. 1838 yil Nemis botanigi (av­
val advokat bo‘lgan) M attias Shleydin turli 
to‘qimalarning
Strukturasi bir-biriga o 4xshamasa ham 
o ‘simlikIar hujayradan tashkil topgan va 
o ‘simlik embrioni yagona
Hujayradan shakllanadi, degan xulosaga 
keladi. Shleydinning hamkasbi Germaniyalik 
zoolog Teodor Shvann 1839 -y ild a hayvon 
xayotining hujayraviy asosi to4g 4risida mufassal maqola chop eta­
di. Uning xulosasiga koTa hayvon va o 4simlik hujayra strukturalari 
o ‘xshash boTib, ikki nazariyani taklif qiladi:
- barcha organizmlar bir yoki undan k o‘p hujayradan tashkil top­
gan
- hujayra - xayotning strukturaviy birligi.
Shleyden va Shvanning hujayraning kelib chiqishi borasidagi 
g ‘oyasi y a’ni, hujayralaming nohujayraviy materiallardan kelib 
chiqadi, degan g ‘oya ko'pchilikni ishontira olmadi.
Ushbu ish boshqa olimlar tomonidan kuzatilgunga qadar ko‘p 
yillar kerak bo‘ldi. Va nihoyat bu g ‘oya quyidagicha qabul qilindi, 
ya’ni hujayralaro organizmlarning o‘z-o‘zidan ko4payishi kabi yo‘l 
deb hisoblandi.
9


Birinchi mikroskopik tajribalarni ko‘pgina 
sohalar bo4yicha (fizika, geologiya, biologiya) 
izlanishlar olib borgan olim London Qirollar 
ilmiy jamiyatining kotibi Robert Guk (1635- 
ПОЗ) olib bordi. R.Gukning mutaxasisligi 
fizik edi. U mikroskopni texnik jihatdan ta- 
komillashtirdi.
R.Guk mikroskop yordamida o'sim lik hu- 
jayralarini o‘rgangan. Po‘kakning ko‘ndalang 
kesimini mikroskop ostida tekshirib, uni yopiq 
pufakchalardan yoki katakchalardan iboratligini k o ‘radi va uni (lot.- 
sellula)
hujayra so‘zi bilan atab o ‘zining 1665 yildagi «Mikrografiya» 
nomli kitobida ta’riflaydi.
R.Guk o‘simlik to ‘qimalarini hujayralardan tuzilganligini an- 
iqlaydi. Aynan shu xulosa bu sohadagi keyingi y o ‘nalishlami aniqlab 
berdi.
1671 yilda London qirollar jaraiyatiga o‘simliklaming mikros­
kopik tuzilishi haqida 2 ta m a’ruza topshiriladi. Bu tadqiqotlar itali- 
yalik Marchello Malpigi va angliyalik Neemiya Gryularga ta’luqli 
edi. Bittasi ingliz, ikkinchisi lotin tilida yozilgan bu m a’mzalarning 
nomi bir xil, ya’ni “0 ‘simliklar anatomiyasi” edi. Ikkala tadqiqotchi 
ham bir xil xulosaga keladilar, ya’ni o‘simlik to‘qimasi hujayralardan 
tashkil topgan. To‘qima so‘zini ham birinchi bo‘iib Gryu ishlatadi. 
Mikroskop bilan qiziqib qolgan M. Malpigi birinchi bo‘lib hayvon- 
lar terisi, talog‘i, buyragi va boshqa organlarining mikroskopik tuz- 
ilishini o ‘rganadi. Natijada u tasvirlab bergan organlarning ayrim 
strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Masalan, Malpigi 
naychalari, buyrak koptokchalari, Malpigi qavati va boshqalar shular 
jumlasidandir.
Fan sifatida sitologiya XIX asrda yuzaga kelgan. Aynan shu vaqt­
da muhim kashfiyotlar amalga oshirilgan.
0 ‘simlik hujayrasiga nisbatan hayvon hujayrasini o ‘rganish ancha 
murakkabdir. Atoqli chex olimi Yan Purkine (1787-1869) o ‘zining 
shogirdlari bilan hayvon hujayralarini o‘rgana boshladi. U birinchi 
bo‘lib bo'yoqlam i va preparatni yorituvchi vositalarni, jum ladan 
kanada balzamini (preparatlami qotirib qo‘yish uchun) foydalanishga 
kiritdi.
10


1830 yilda Yan Purkine hujayra ichidagi qovishqoq shaffof mod- 
dani ta’riflab unga protoplazma deb nom beradi ( yunoncha protos 
-birinchi, plazma - hosila) Purkine hujayra nazariyasini yaratishga 
yaqin edi, lekin u hujayra tuzilishiga genetik nuqta’i nazardan qara- 
madi.
1831- yilda shotland sayyohi va fizigi Robert Broun (1773-1858) 
o ‘simlik hujayrasida yadroni topdi va unga “nukleus” yoki “areola” 
deb nom berdi. Birinchi atama ko‘pchilik tomonidan keng qabul qil- 
indi va hozirgacha saqlanib kelinmoqda.
1836 yilda Gabriel Valentin yadroda yadrocha borligini aniqlaydi.
YAN PURKINE 
ROBERT BROUN
(1787-1869) 
(1773-1858)
M atias Shleyden (1804-1881) o ‘sim liklarning turli qism larini 
o ‘sish davrida hujayralar paydo boTishini kuzatgan. Shleydenning 
asosiy xizm ati shundaki, 1838 yilda uning “Fitogenezis haqidagi 
m a’Iumotlar” nomli asari chop etilgan boMib, m uallif botanikada 
o ‘sha paytdagi m a’lum b o ‘lgan hujayra haqidagi tasaw urlarga 
tayangan holda rivojlanish nuqta’i nazardan o ‘sim lik hujayraiar- 
ining bir xilligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Shleydenning hu­
jayra paydo boTishi nazariyasi keyinchalik sitogenezis deb atala 
boshlandi.l 839 yilda nemis zoologi Teodor Shvann (1810-1882) 
hayvon hujayralarini oTganib hayvon va o'sim liklarning hayot 
faoliyatida v a rivojlanishida hujayra tuzilm a birligidir degan xu- 
losaga keladi.
11


1838 - 1839 yillarda nemis olimlari Matias Shleyden va Teodor 
Shvannlar 

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə