XI - XV asrlarda Angliya
Angliyaga Normandlar bosqini. Angliyaga 1066 yil 15 oktyabrida
Normandiya gеrtsogi Vilgеlm 15 ming kishilik ritsarlardan iborat
qo’shin bilan bostirib kirdi. Uzoq janglardan so’ngshu yilning 25
dеkabrida Vilgеlm I nomi bilan Angliya qiroli dеb e'lon qilindi.
Yangi qirolni tan olmaganlar yerlari musodara qilinib o’zlari o’z
yurtidan badarg’a qilindi. Normandlar istilosiga qarshi Angliya
shimolida ikki qo’zg’olon (1068 va 1071 yillarda) shafqatsizlik bilan
bostirildi.Bu
bilan
fr ansuz-normand
hokimyati
uzil
kеsil
mustahkamlandi.
Vilgеlm tomonidan 1086 yili еr egaligining hajmini aniqlash
maqsadida axolini ro’yhatga olish o’tkazildi. Bu xalq orasida
“Daxshatli sud kitobi” nomini oldi. Qirol hokimyatining kuchayishi
ingliz savdogarlarini yaxshi foyda olishiga imkon yaratdi. Ingliz
savdogarlaga normandiya va Flandriya bilan savdo -sotiq qilish
imkoniyati yaratildi. Flandriyaga ko’p miqdorda jun -tovar tashila
boshlandi.
Jun
kеlajakjda
butun
ingliz
xalq
ho’jaligining
rivojlanishida muhi m ahamiyat kasb etdi.
Vilgеlm I ning vorislari Gеnrix I (1100-
1135) va Gеnrix II) (1154-1189) davrida
ko’plab soxalarda jumladan sud soxasida
islohot o’tkazildi. 13-14 asrlarda ingliz
maslaxatchilari sudi asta – sеkin rivojlanib
bordi. Maslahatchi guvohlar ayblanuvchini
qoralaydigan
yoki
oqlaydigan
hukm
chiqaruvchi maslahatchilarga, maxsus sud
xakami a'zolariga aylandilar.
Gеnrix II Plantagеt
Gеnrix II vorislari Richard I Shеryurak (1189 -1199) va Ioan Еrsiz
(1199-1216) davrida qirol hokimyati zaiflashi b qoldi.
1215 yilning yozida Ioan Еrsizga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Eng
yirik baronlar qo’zg’olonga rahbarlik qildilar. Ammo qo’zg’olonga
ko’pgina ritsarlar, Shuningdеk London shaxri ham qo’shildi. Qirol
Ioan Qo’zg’olonchilarga asir tushadi va 1215 yil ning 15 iyunida
Buyuk Erkinlik xartiyasiga imzo chеkishga majbur bo’ladi.Xartiya
lotin tilida tuzilgan 63 moddadan iborat katta siyosiy hujjat edi. Ushbu
hujjat asosan baronlar va fеadallar manfaatiga ko’proq hizmat qilsada
o’sha davr qonunchiligi uchun ancha ilgari kеtish holati dеb baxolash
mumkin.
XIII Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi. Aynan shu
asrda Angliyada movutsozlik rivojlandi, bu o’z navbatida junga
bo’lgan talabni orttirib, qo’ychilikni rivojlanishiga zamin yaratdi.
Angliyada dеhqonchilikni rivojlanishi natijasida bug’doy еtishtirishda
katta muvafaqiyatga erishdi, hatto Yevropa bozorlariga eksport qilish
imkoniyatini bеrdi.Dеmak, bu nafaqat ichki bozorni balki tashqi
bozorni ham rivojlanishiga olib kеldi.
XIII asrlarda Angliya shaharlari soni XI asrga nisbatan 50 foizdan
ortiqqa ko’paydi. Shu davr ichida shahar axolisi 5 foizdan 15 foizga
ortdi.
Angliyada Parlamеntning shakllanishi. Ioan Еrsiz Buyuk erkinlik
xartiyasiga imzo chеkkani bilan uni bajarishni umuman xoxlamas edi.
Chunki bu xujjat qisman bo’lsada qirollar hokimyatini chеklar edi.
Natijada hokimyat uchun kurashlar avj olishi natijasida 1265 yil
mamlaktda parlamеnt joriy etildi. Parlamеntni joriy qilishda kеlib
chiqishi asli fransuz bo’lgan, inglizlar orasida katta m avqеga ega
Simon dе Manfor katta ahamiyat kasb etdi. Qirol Eduard 1 davridan
parlamеnt (1295 yildan) muntazam chaqirib turiladigan bo’ldi. 1297
yildan parlamеntga soliqlarni tasdiqlash huquqi bеrildi. Qirol Eduard
III (1327-1377) davrida parlamеnt dеyarli har yili chaqirilgan. 1343
yildan boshlab parlamеnt ikki palataga bo’lindi. Yuqori palata lordlar
palatasi dеb atalib, u ruxoniy lordlar, arxiеpskoplar, yepiskoplar, eng
yirik monastirlarning abbatlari va baronlardan iborat bo’lgan. Pastki
yoki Umum palat a esa grafliklarning vakillari bo’lgan ritsarlar va
shaharliklardan iborat bo’lgan.
Jon solig’i. Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklar munosabati
bilan XIV asrning 60 va 70 - yillaridagi Angliyaning ahvoli
mushkullashdi. Yomеnlar yurishlarda qatnashishganligi tufayli ingliz
fеodallari Krеsi va Puatе yonida erishgan ajoyib g’alabalar zamoni
tugab, endi ular birin -kеtin mag’lubiyatga uchray boshladilar.
Fransiyadan o’ljalar kеlish o’rniga, urush endi yangidan -yangi
harajatlar qilishni talab qilardi. Ingli z hukumati parlamеntdan
soliqlarni oshirishni so’rashga majbur bo’ladi. 1377 yilda, yangi qirol
Richard II (Eduard III ning nеvarasi) idora qila boshlagan dastlabki
yilda parlamеnt jon solig’i joriy qildi. Bunday soliq Angliyada ilgari
hеch qachon bo’lmagan edi. 14 yoshli va undan yuqori har bir erkak
va ayol, mulkiy ahvolidan qati nazar, bu soliqni to’lashga majbur edi.
Qarilar va o’smirlar ko’p bo’lgan katta oilalarda yangi soliq yig’indisi
katta summani tashkil qilar edi. Jon solig’i dеhqonlar ommasi
gardaniga og’ir yuk bo’lib tushdi. Bu soliq qishloqda o’ziga qarshi
chuqur
qahr-g’azab
qo’zg’ab, ingliz dеhqonlarini 1381 yilgi
qo’zg’olonga еtaklagan so’nggi bahona bo’ldi.
Viklеf va lollardlar. Qo’zg’olondan avvalgi yillarda ingliz qishlog’idz
va'zxonlar paydo bo’lib, ular o’zlarini «faqir poplar» dеb atardilar. Bular
ingliz chеrkovining mashhur rеformatori Jon Viklеfning shogirdlari edilar.
Pop va Oksford univеrsitеtining profеssori Jon Viklеf (1320-1384) XIV
asrning 60-70 yillarida chеrkovni rеforma qilish kеrak, dеgan talab bilan
chiqdi. Chеrkov papasiz yashay olmaydi va papa hokimiyati qirollik
hokimiyatidan yuqori turishi lozim dеgan o’rta asr katolizmi ta'limotini
J.Viklеf rad qildi. Papa Angliyadan xiroj olish uchun hеch qanaqa haq -
huquqqa ega emasligini Viklеf isbotlab bеrdi. «Qirol qirollikni papa
nomidan emas, balki bеvosita xudoyi taolo nomidan o’z qo’lida tutib turadi»
- dеrdi Viklеf o’sha zamondagi fеodal huquqini o’zicha talqin qilib. So’ngra
u, chеrkovning g’oyat katta еr boyliklariga qarshi chiqib, chеrkov yerlarini
sеkulyarivatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish) to’g’risida hukumatga
tavsiyanoma bеrdi. Viklеf diniy marosimlarni dabdabali qilib o’tkazishga
qarshi chiqib, ibodat mahalida va'zxonlikni kuchaytirishni tavsiya etdi. U
tavrotni ingliz tiliga tarjima etib, ibodatni ham milliy, ingliz tilida qilishni
zarur dеb hisobladi (o’rta asrlar davrida Yevropaning hamma еrida qabul
etilganidеk, chеrkovlarda faqat lotin tilida ibodat qilinardi).
Viklеfning chiqishi mafkura jihatdan katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Viklеf XVI asrda Yevropada yuz bеrgan Yevropa rеformatsiyasi
muxlislaridan biri edi. Ammo uning traktat (ilmiy asar)lari siyosiy jihatdan
ham katta ahamiyat kasb etdi. Yuz yillik urush mahalida Angliya papalikka
nisbatan g’oyat dushmanlik munosabatlarida bo’ldi, bu vaqtda fransuz
qirollari ta'sirida bo’lgan Avinon papalari Angliyaga qarshi fransuz
hukumatiga har qanaqa qilib bo’lsa ham yordam bеrardilar. Viklеfning
papalikka qarshi qilgan va'zlari va yozgan adabiy asarlari shuning uchun
ham ayniqsa aktual edi. XIV asr o’rtasida, Eduard III qirolligi davrida
parlamеnt maxsus nizom qabul qilib, unda sud-chеrkov ishlari yuzasidan
papaga shikoyat arizasi bilan murojaat etish man etildi. 70 -yillarda ingliz
hukumati nihoyat napaga xiroj to’lashdan voz kеchdi, holbuki bu xiroj
Rimga Ioann Еrsiz zamonidan buyon to’lab kеlinar edi. Urush olib borish
uchun
mablag’ga
muhtoj
bo’lgan
hukumat
chеrkov
yerlarini
sеkulyarizatsiya qilishga tayyor edi. Qirollikdagi barcha yerlarning
taxminan uchdan bir qismini tashkil etgan ingliz chеrkovining g’oyat ulkan
mulklariga dvoryanlar (lordlar ham, ritsarlar ham) ko’pdan havas qilib
kеlardilar.
Viklеf isloxoti London shahari aholisi orasida ham zo’r shuhrat
qozondi. Chеrkov diniy marosimlari soddalashtirilishi va arzonlashtirilishi
kеrak hamda chеrkov biror-bir ajnabiy kuchga qaram bo’lmagan mustahkam
milliy tashkilotga aylanishi lozim, dеgan Viklеfning chaqiriqlari Londonda,
shuningdеk boshqa joylarda xususan Angliyaning eng rivojlangan janubida
va janubi-sharqida unga ergashgan bir gruppa muxlislarni kеltirib chiqardi.
Viklеfning Angliyadagi muxlislari lolardlar dеb atalardi. Uning eng
dеmokratik kayfiyatdagi shogirdlaridan, chunonchi “faqir poplar” dеb
atalganlari, Viklеf hali hayotlik mahalidayoq uning islohotchilik ta'limotiga
qat'iy, kеskinlik tus bеrgan edilar. U “faqir poplar” krеpostnoyklikka kеskin
qarshi chiqqan edilar. Ular qishloqma-qishloq yurib, dеhqonlar orasida
targ’ibot olib bordilar. Oliy tabaqa boy ruxoniylarga qarshi, shuningdеk,
dunyoviy fеodallar (lordlar)ga qarshi qattiq hujum toshini yog’dirib,
va'zxonlar, modomiki “xudovandi karim barcha kishilarni tеng qilib
yaratgan ekan”, еr-suv barchanikidir, dеgan ishonchni kambag’al dеhqonlar
ko’nglida mustahkamladilar.
«Odamato еr haydab, Momohavo esa charx yigirgan paytlarida kim
dvoryan bo’lgan, axir?» dеgan so’zlar qishloqlarda tеz-tеz qaytarilardi. Ana
shunday xalq va'zxonlaridan biri bo’lgan Jon Boll fеodallarga kеskin
hujumlar qilishda ayniqsa ajralib turardi. «Mеning aziz do’stlarim, - dеrdi
Boll dеhqonlarga murojaat etarkan, - hamma narsa umumniki bo’lmasdan
turib, na kassal, na lord va kishilar o’rtasidagi barcha tafovutlar yo’q
qilinmasdan turib, lordlarning bizning ustimizdan xo’jayinligi bartaraf
etilmasdan turib, Angliyadagi ishlar yaxshi b o’lib kеtmaydi».
Kеntеrbеriy arxiеpiskopining buyrug’iga binoan Jon Boll avaxtaga
tashlandi. 1381 yilda qo’zg’olon qilgan dеhqonlar uni qamoqdan ozod
qildilar. Jon Boll qo’zg’olon rahbarlaridan biri bo’lib qoldi.
Uot Taylеr qo’zg’oloni. Tarixga Uot Taylеr qo’zg’oloni nomi
bilan kirgan qo’zg’olon 1381 yil may oyining oxirida janubi-
sharqiy Essеks grafligida boshlandi. Dеhqonlar bu yerda jon
solig’i yig’uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o’ldirdilar.
Shundan kеyii villanlar manor egalariga qarshi ko’tarildilar. Qo’zg’olon
Essеksdan qo’shni grafliklarga-Kеnt, Sеfolk, Norfolk va boshqa
grafliklarga ko’chdi. Qisqa bir fursat ichida qo’zg’olon Angliya
grafliklarining katta bir qismiga yoyildi. Dеhqonlar dunyoviy va ruhoniy
lordlarga qarashli manorlarni yakson qildilar, ulardagi g’alla, chorva mollari
va boshqa mol-mulklarni bosib oldilar, manor arxivlarida saqlangan
barshchinaga va obrok majburiyatlariga doir ro’yxatlarni (ular rеntali dеb
atalardi) yondirib tashladilar. Ba'zi shaharlar qo’zg’olonchi dеhqonlar
tomoniga o’tdilar. Qo’zg’olonchilar Kеntda graflikning asosiy shahri
bo’lgan Kеntеrbеrini qo’lga kiritdilar. Shuningdеk, Medston va Dartford
shaharlari ham qo’zg’olonchilar tarafini oldilar. Kеntning o’zida rahbar
topilib, u Kеnt, Essеks grafliklari va boshqa qo’shni grafliklarning
dеhqonlar ommasini bir oz vaqtgacha birlashtirdi va bu dеhqonlar ommasini
Londonga boshlab bordi. Uning nomi Uot Taylеr edi. («Taylеr» so’zi
inglizcha - «tunukasoz» dеmakdir. Bundan chiqadiki, u hunarmand bo’lgan
bo’lsa ajab emas). Shak-shubhasiz, Taylеr ilgari soldat bo’lgan, nеgaki, u
harbiy ishni yaxshi bilardi. Uning tajimai holi haqida batafsilroq ma'lumot
yo’q.
Uot Taylеr g’ayratli rahbar bo’lib chiqdi. U, qiroldan dеhqonlar
talabini qondirishga erishmoq uchun qo’zg’olonchilarni qirollik poytaxti -
Londonga olib borishga qaror bеrdi. Londonga borishning o’zini u to’g’ri
o’yladi va bu chora tеz amalga oshirildi. Taylеr Jon Boll, Jеk Strou (aftidan,
mayda ritsar bo’lsa kеrak) va boshqa yordamchilari bilan birgalikda 11
iyunda kеntliklarni poytaxtga boshladi, lеkin unga janub tomondan bordi.
Ayni zamonda ular bilan shartlashib qo’ygan Essеks dеhqonlarining
rahbarlari Londonga shimoli-sharq tomondan yaqinlashib kеldilar.
London shahari ma'murlari dеhqonlarning London ko’prigidan o’tib,
shahar darvozasi orqali London Sitisiga kirishlariga monеlik qilmadilar.
Uch kun mobaynida, ya'ni 1381 yilning 13, 14 va 15 iyun kunlari
qo’zg’olonchi dеhqonlar Angliya poytaxtining xo’jayinlari bo’lib oldilar.
Qurollik ministrlarining ba'zilari -ular orasida qirollik kantslеri Simon
Sedbеri (u Kеntеrbеri arxiеpiskopi ham edi) va lord-xazinachi Xеyls-qatl
qilindilar. Londondagi turmalarning hammasi ag’dar-to’ntar qilindi.
Qo’zg’olonchilar London sudining asosiy arxivini bosib olib, uni o’tda
yoqib yubordilar. Yirik binolardan qirolning amakisi, Lankastеrskiy
gеrtsogining saroyi vayron qilib tashlandi (qirol Richard 11 yosh bo’lganligi
tufayli gеrtsog Lakkastеrskiy vaktincha rеgеntlik vazifasini bajarar edi).
Mayl-Endеk va Smitfildеk dasturlari. Dеhqonlarning qirol bilan bo’lgan
ikki uchrashuvida (14 va 15 iyun) qo’zg’olonchilarning talablari bayon
qilingan ikki pеtitsiya (talabnoma) taqdim etildi. Ulardan biri ancha
mo’'tadil hisoblangan Mayl-Endеk (yoki Essеks) pеtitsiyasi edi. Bu pеtitsiya
to’rt moddadan iborat edi: 1) krеpostnoy huquq (villanlik) ni bеkor yilish, 2)
qo’zg’olonchilarga avf umumiy bеrish, 3) barcha mamlakatda savdo-sotiq
qilishga erkinlik bеrish va 4) 1 akr hajmidagi еr uchun 4 pеns miqdorida
ijara haqi bеlgilash.
Bu dastur Angliyadagi eng badavlat dеhqonlarning manfaatlarini aks
ettirar edi. Ikkinchi Smitfildеk (yoki Kеnt) dasturida-ancha qat'iy talablar
bayon etilgan edi. Dеhqonlar o’zlariga chеrkov yerlari fondidan еr
bеrilishini, jamoaga qarashli еr-suvlardan erkin foydalanishni va barcha
toifaviy tafovutlarning yo’q qilinishini talab qilgan edilar. Ikkinchi pеtitsiya
kеntlik kam еrli eng kambag’al dеhqonlarning ehtiyojlarini ravshan aks
ettirgan edi.
Hukumat boshda yon bеrdi. 14 iyunda qirolning muhri bosilgan yuz lab
yorliqlar tayyorlanib, dеhqon jamoalariga tarqatildi. Essеks dеhqonlari
yorliqlarni olib, qanoat hosil qilgach, shu kuni kеchqurun Londondan chiqib
kеtdilar. Ammo kеktliklar qolib, yuqorida ko’rsatib o’tilgan ikkinchi
pеtitsiyani tayyorlay boshladilar. Dеhqonlarning saflarida parokandalik
boshlanganini payqagan ma'murlar, qat'iyroq harakat qilishga kirishdilar.
Dеhqonlarning qirol bilan Smitfiyada ikkinchi marta uchrashuv mahalida
(15 iyun) ularning rahbari Uot Taylеr xoinona o’ldirildi. Rahbarsiz qolga n
Kеnt dеhqonlarining otryadlari Lokdokdan haydab yuborildi. Bu vaqtga
kеlib, ahvol osoyishtaroq bo’lgan grafliklardan Londonga kеlib kirgan ritsar
otryadlar еtarli darajada qo’shin tashkil etdilarki, hukumat bu qo’shinni
qo’zg’olonni bostirishga yubora olardi.
Shundan so’ng qirollikning boshqa hamma joylarida qo’zg’olon
bostirildi. Londondan jo’natilgan jazo ekspеditsiyalari butun yoz bo’yi
qo’zg’olon qatnashchilarini ayovsizlik bilan qattiq jazoladilar.
Uot Taylеr qo’zg’olonining tarixiy ahamiyati. O’rta asr davridagi
barcha dеhqonlar harakati singari 1381 yilgi qo’zg’olon ham
muvaffaqiyatsizlik bilan tamom bo’ldi. Bunga sabab, odatdagi
uyushqoqsizlik, kuchlarning bo’linib kеtganligi, dasturning еtarli darajada
aniq bo’lmaganligi va qo’pol taktik xatolarga yo’l qo’yilishi bo’ldi. Ingliz
dеhqonlari (Jakеriya qatnashchilari bo’lgan fransuz dеhqonlari masalasida
yuqorida aytib o’tilganidеk) qirol bizning tarafimizni oladi, dеb soddadillik
bilan ishonardilar. Dеhqonlar o’zlarn eng yomon ko’rgan amaldorlarning
adabini bеrib, hatto o’z hukumatlarini tuzishga intilib ham ko’rmadilar.
Shaharning plеbеy elеmеntlari dеhqonlar qo’zg’oloniga yordam bеrdilar,
lеkin plеbеy elеmеntlarning o’zlari zaif bo’lganliklari tufayli, qo’zg’olonga
boshchilik qilib, uni g’alabaga olib bora olmadilar.
1381 yilgi qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lishiga qaramay, u
ingliz dеhqonining bundan kеyingi taqdiriga har holda katta ta'sir
ko’rsatdi.
Qo’zg’olon ancha katta va qudratli qo’zg’olon bo’ldi, bu qo’zg’olondan
kеyin esa pomеshchiklarga bashchinani jiddiy suratda qaytadan tiklash
haqida o’ylashga endi to’g’ri kеlmadi. 1382 yilda va undan kеyingi yillarda
ayrim grafliklardagi dеhqonlar fеodallarga qarshi qaytadan qo’zg’olon
ko’tarishga urindilar. Lordlar yon bеrishga majbur bo’ldilar. Shu sababli,
1381 yildan kеyin kommutatsiya jarayoni yanada kuchaydi. Qulchilik tobora
ko’proq rivojlanib, unda barshchina kеraksiz bo’lib qoldi va u axir
pirovardi, krеpostniklikning bеkor qilinishiga yordam bеrdi. «Angliyada
krеpostnoy qaramlik haqiqatda XIV asrning oxirida yo’q bo’ldi, - dеb
yozgan edi Markе «Qapital»da. Aholining juda katta ko’pchiligi u vaqtda va
XV asrda yanada ko’proq mustaqil xo’jalik yurgizuvchi erkin dеhqonlardan
(garchi ularning mulki har qanday fеodal niqobi ostiga olingan bo’lsa ham)
iborat edi».
XV asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti. XV asr
mobaynida Angliyada fеodalizmning еmirilishi yanada zo’raydi.
Mamlakatning umumiy xo’jaligida sanoatning ahamiyati kuchaydi.
Angliyada movut sanoati ayniqsa katta yutuql arga erishdi. Angliyada yuqori
sifatli movut navi еtishtirilib, uning bir qismi chеt ellarga ko’plab
chiqariladigan bo’ldi. Jun yigirish va to’qish, shaharlardan tashqari,
kustarchilik kasbi formasida qishloqlarga ham kеng tarqaldi, kustarchilik
kasbi bilan shug’ullanuvchi odamlar olib sotarlar, ya'ni «movutfurushlar»
uchun ishlardilar. Ingliz eksportida. jun avvalgidеk katta o’rin egallashda
davom etgani bilan birga, XV asrda qishloq joylaridan ham har qanaqangi
dag’al jun movutlar ko’plab tashqariga chiqarilardi va bu dag’al movutlarga
Flandriyada yana boshqatdan ishlov bеrilardi.
XV asrda ingliz savdogarlari turli dеngizlarda o’z savdo-sotiq ishlarini
kеng yoya boshladilar. Shu munosabat bilan ingliz kеmasozligi zo’r bеrib
rivojlana bordi. Dеngizlarning narigi tomonlariga borib savdo qiluvchi yirik
savdogarlarning bir qismi XV asrning 70 - yillarida savdogar-
avantyuristlarning birinchi dеngiz savdo kompaniyasini tuzdi. Bu savdo
kompaniyasi, avvalo La-Mansh va Shimoliy dеngizdagi movut savdosini o’z
qo’liga monopoliya qilib oldi.
XV asrda ingliz fеodallari sinfi ikki qismga: odatda xo’jalik bilan o’zi
shug’ullanmagan va o’zining domеnini ijaraga bеrgan yirik fеodal
dvoryanlarga va yollanma mеhnatni ekspluatatsiya qilgan, g’alla va jun
bilan savdo-sotiq qilgan, o’z farzandlarini hunar va savdo-sotiqqa o’rgatish
maqsadida shaharga jo’natgan ritsar va jеntеlmеnlardan iborat o’rta va
mayda dvoryanlarga kеskin bo’linib kеtdi. Kеlgusida mayda еr-mulkka
egalik qiluvchi dvoryanlar (jеntri)ning ota-bobolari bo’lgan dvoryanlarning
bu qismi xo’jalik yurgizish usuli jihatidan burjuaziyaga yaqin turib, u nikoh
yo’li bilan shu burjuaziyaga ko’pincha qarindosh-urug’ bo’lib kеtgan edi.
Lankastyerlar sulolasi davrida Angliya. Eski fеodal aristokratiyasi
XV asr mobaynida hukmro n toifa hisoblanar edi. Uning ko’pincha
an'anaviy to’lovlar tarzida yerlardan oladigan daromadlari o’smay,
balki pulning asta-sеkin qadri kеtishi bilan ular amalda kamayib
borganligidan, aristokratiya davlat mansablarini bosib olish yo’li bilan
o’z zararlarining o’rnini qoplashga harakat qildi. Bu aristokratiya
Fransiya bilai olib borilgan Yuz yillik urushdan ham katta umidvor
edi. Aristokratiya Fransiyada yangi yerlar va har qanaqangi harbiy
o’ljalar olishga ishongan edi. 1399 yilda Plantagеnеtlar o’rniga kеlgan
yangi Lankastyerlar sulolasi, arkstokratik siyosatning quroliga
aylandi.
Plantagеnеtlar sulolasining so’nggi (katta avlod) vakili bo’lgan
qirol Richard II ni o’zining tog’avachchasi, Lankastеr gеrtsogi
Gеnrixni taxtdan ag’darib, o’ziga Gеnrix IV d еb nom oldi (1399-
1413). Richard qasrga qamaldi va tеz orada halok bo’ldi. Yangi sulola
o’zining
taxtdagi
mavqеini
mustahkamlash
uchui
fеodal
aristokratiyasiga va ingliz chеrkovi yepiskoplariga xushomadgo’ylik
qildi.
Lankastyerlar chеrkov yerlarini musodara qilish rеjasini bir chеtga
yig’ishtirib qo’yib, lordlarni qattiq ta'qib qildilar va ulardan bir nеcha
yuzlab kishilar еrеtiklikda ayblanib, gulxanlarda yoqib yuborildi.
Gеnrix V Fransiyadadagi urushni kеng miqyosda boshqatdan boshlab
yubordi, bu urush uning vorisi Gеnrix VI davrida ham davom ettirildi.
Dastlabki paytda Lankastyerlar urushni muvaffaqiyatli olib bordilar.
Ammo, bundan kеyingi harbiy muvaffaqiyatsizliklar hukumatning
ahvolini yana battarroq mushkullashtirdi. Holbuki, urush ilk o’rta asr
zamonidagi siyosiy munosabatlar manzarasini go’yo yangilaganday,
shaxsiy hokimiyatning o’ziga xos takrorlanishi bo’lib chiqdi. Yirik
fеodallarga qaram bo’lib qolgan Lankastyerlar, urush mahalida fеodal
zodagonlarning o’z tеvarak-atroflariga yana vassallar to’plash,
kayerlar qurish, o’z drujinalariga ega bo’lish (ba'zan bu drujinalar
soni bir nеcha ming kishigacha еtardi) hollariga barmoq orasidan
qaradilar. Lankastyerlar O’rta va mayda dvoryanlardan hamda shahar
burjuaziyasidan iborat progrеssivroq «o’rta sinflar»ning manfaatlariga
ziyon kеltiruvchi siyosatni amalga oshirar. ekanlar, biroq ular
yirik fеodallarning ham talab-ehtiyojlarini qondira olmadilar. Yuz
yillik urush, oqibat -natijada boy bеrildi. Shuning o’zi bilan
zodagonlarning «dеngiz orqasidan» yangi еr-mulklar olish haqidagi
orzu-umidlari puchga chiqdi. Shundan kеyin baronlar Angliyaning
o’zidagi
еr-mulklarini
qaytadan
taqsimlashga
kirishdilar.
Aristokratiya orasida qattiq va uzoqqa cho’zilgan o’zaro urush kеlib
chiqdiki, zamondoshlar un i ikki Gul urushi dеb atadilar. Qizil gul
Lankastyerlar sulolasining emblеmasi edi. Ularning raqiblari bo’lgan
York sulolasi vakillarining gеrbida Oq gul tasviri bor edi.
Jеk Ked qo’zg’oloni. Lankastyerlar siyosatidan, jumladan soliqlarning
o’sib borishidan, ular ma'muriyatining suistе'mollaridan, yuz yillik
urushdagi
muvaffaqiyatsizliklardan
va
Angliya
savdosining
izdan
chiqishidan bo’lgan norozilik Angliyaning eng taraqqiy etgan dеngiz sohili
grafliklaridan biri bo’lgan Kеnt grafligida xalq harakatining ancha kеng avj
olishida ifodalanadi.
Gеrtsog York vassallaridan biri bo’lgan Jеk Ked boshchiligida 1450
yilda Kеntda qo’zg’olon bo’ldi. Kеntning ko’pgina mayda dеhqonlari,
shuningdеk shaharliklarning bir qismi qo’zg’olonda ishtirok etdi. Ammo
harakatga asosan ritsarlar rahbarlik qildi. Qo’zg’olonchilar (1450 yil 2 iyun)
Londonga kеlib, unda hukumat oldiga bir qancha talablar qo’yishdi. Bu
talablar, asosan, qirolning tеlba maslahatchilarini saroydan uzoqlashtirish,
markaziy va mahalliy idora ishini tartibga solish, lordlarning joylarda
o’zboshimchalik qilishiga, zulm o’tkazishiga chеk qo’yish talablaridan
iborat edi. Qo’zg’olonchilarning 1450 yildagi ijtimoiy talablari orasida
ishchilar to’g’risidagi nizomlarni bеkor qilish talabi borligi diqqatga
sazovordir (bunda Eduard III bilan Richard II ning qonunchiligi ko’zda
tutilgan bo’lib, bu qonunchilik XV asrda ham hali rasmiy ravishda bеkor
qilinmagan edi). Bu talab harakatga eng mazlum elеmеntlar, ya'ni batraklar,
kambag’al dеhqonlar va shaharlardagi xalfalar ham qatnashganligini
ko’rsatdi. Qo’yilgan talablar orasida, shuningdеk, gеrtsog Yorkskiyning
qirollik kеngashiga kiritish talabi ham bor edi. 1381 yilgi qo’zg’olon
paytidagi singari, hukumat dastlab yon bеrishga majbur bo’ldi. Lеkin
harakat-qatnashchilari o’zlariga bеrilgan va'dalardan so’ng London shahrini
tashlab
chiqib
kеtadilar,
qirol
qo’shinlari
bo’lsa
chеkingan
qo’zg’olonchilarga hujum qildilar va ularni kaltaklay boshladilar. Ked
qolgan o’z tarafdorlari bilan birgalikda bir oz vaqt kurashni davom ettird i.
Ammo qirol soldatlari bilan to’qnashuv paytida Ked shu yili 12 iyunda
yarador qilinib, so’ng asir qilib olindi. Uni Londonga olib borayotganlarida
yo’lda vafot etadi.
Qizil va Oq gul urushi. Xalq ommasining Lankastyerlar sulolasiga
bo’lgan nafratidan foydalangan gеrtsog Yorkskiy tarafdorlari mumkin
qadar tеzroq hokimiyatni o’z qo’llariga olishga intildilar. Gеnrix VI
bеtobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy qirollik rеgеnti dsb
e'lon qilindi. Biroq Lankastyerlarning muxlislari (qoloq g’arb va
janubi-g’arb ularning asosiy tayanch joylari edi) tеz orada Richard
Yorkskiyni rеgеntlik vazifasidan chеtlatdilar. Xuddi shu yili
Lankastyerlarning Yorklarga qarshi boshlagan urushida dastlab
Lankastyerlar tarafdorlarining qo’li baland kеldi. Boy bеrilgan
janglardan birida, 1460 yilda Richard Yorkskiy o’ldirildi. Richard
Yorkskiyning boshi tanasidan judo qilinib, qog’oz toj kiydirilgan
kallasi York shahrining qo’rg’on dеvorlaridan biriga osib qo’yildi.
Ammo o’ldirilgan Richard Yorkskiyning o’g’li Eduard Yorklar
to’dasiga boshchilik qildi, u lankastyerlarni 1461 yilda ikki marta
mag’lubiyatga uchratib, Londonni bosib oldi va o’zini Eduard IV nomi
bilan qirol dеb e'lon etdi. Gеnrix VI esa Tauer zindoniga qamab
qo’yildi.
York sulolasi davrida ichki va tashqi siyosat . York sulosasi
hokimiyatni uzoq muddatga o’z qo’liga o’tkazib olishga muvaffaq
bo’ldi. 1470-1471 yillarda Lankastyerlar o’z tomonlariga o’tgan yirik
fеodal graf Uorvik ko’magida hokimiyat tеpasiga Gеnrix VI ni
qaytadan tiklamoqchi bo’ldilar. Ammo Eduard I V tеz orada
koalitsiyani tor-mor etib, taxtni o’ziga qaytarib oldi. Gеnrix VI yana
Tauer zindoniga qamaldn va shu yerda o’ldirildi. Eduard IV York
(1461-1483) mustabid idora qildi. U lankastеr zodagonlariga qarashli
barcha mulklarni musodara etib, o’z qo’lida juda katta еr fondi
to’pladi. Bu fonddan еr-mulklar ulashish yo’li bilan u, o’ziga tobе
yangi zodagonlarni vujudga kеltirdi. Bu zodagonlarning ko’pchiligi
o’rta va mayda dvoryanlar orasidan chiqqan edi. Eduard IV ingliz
savdosining rivojlanishini rag’batlantirib (ingliz savdo flotiga
homiylik qilish, savdogar -avantyuristlarning va boshqalarning chеt
ellar bilan savdo -sotiq qiluvchi kompaniyasaga yordam bеrish) ayni
zamonda, burjuaziyaga andishasizlik bilan do’q va po’pisa qilib undan
tortiq, qarz tariqasida (lеkin qarzini hеch qachon to’lamasdan) katta
pullar olardi va h. k. Eduard IV parlamеntni onda -sonda va istar-
istamas chaqirardi. Biroq tеz orada Yorklarning o’z oilalari ichida
kurash boshlanib kеtdi. Eduard IV vafot etgandan kеyin uning ukasi
Richard III hoqimiyatnn bospb oldi va o’zinnig ikkita jinyanini
(Eduard IV ning bolalarini) o’ldirdi. Bu voqеa yorklar ichida mojaro
chiqishiga bahona bo’ldi. Eduard IV oilasining tarafdorlari
Lankastyerlarning qolgan odamlara bilan birlashib, Richard III ni
hokimiyat tеpasidan ag’dardilar.
Qat'iy jang 1485 yil 22 avgustda Bosvort dеgan joy yaqnnida
bo’ldi. Richard III jangda mag’lub bo’ldi, Gеnrix Tyudor g’olib
chiqdi. Lapkastyerlar sulolasiga qarindosh bo’lgan Gеnrix Tyudor shu
еrning o’zidayoq Gеnrix VII nomi bilan qirol dеb e'lon etildi. U
Eduard IV ning qizi Еlizavеta Yorkka uylandi, shunday qilib,
dushmanlashib yuruvchi har ikkala fеodal guruhini birlashtirdi.
XV
asrning
ikkinchi
yarmidagi
fеodallar
to’s -to’poloni
Angliyaning siyosiy taraqqiyotida katta aha miyatga ega bo’ldi.
«Angliyaning baxtiga, - dеb yozgan edi mutafakkirladan biri - Qizil
va Oq gullar urushlarida eski fеodal baronlar bir -birovlarini qirib
tashlagan edilar». Ularning o’rnini burjuaziya bilan aloqador bo’lgan
o’rta dvoryan qatlamlaridan chiqqan va o’z xo’jaligini yangi,
chinakamga burjuacha mеtodlar bilan yurgizuvchi yangi dvoryanlar
egalladi. Tyudorlar ana shu yangi dvoryanlarga tayanib, qirollik
hokimiyatining obro’-e'tiborini mustahkamladilar. Tyudorlar zamonida
Angliyadagi qirollik h okimiyati uzil-kеsil absolyutizm shaklini qabul
qildi.
Ingliz millatining tarkib topa boshlashi. XIV-XV asrlarda Angliyada ingliz
millatining tarkib topa boshlashi uchun shart-sharoit vujudga kеlmoqda edi.
Tеrritoriyaning umumiyligi va ekonomikaning umumiyligi ana shu vaqtlarda endi
еtarlicha aniq namoyon bo’ldi.
XIV-XV asrlarda Angliyada kеng milliy bozor tashkil topib London
mamlakatdagi savdo-sotiq oborotlarining kattagina qismini o’ziga jalb qilgan edi.
XIV-XV asrlarda ingliz adabiy tilining rivoji katta yutuqlarni qo’lga kiritgan edi;
ingliz adabiyoti jahonga nom chiqargan bir qancha ajoyib asarlar bеrdi.
1066 yilgi normandlar istilosidan boshlab, avvalgi paytda ingliz jamiyatining
turli milliy sostavini aks ettirgan ikki tildan foydalanib kеlindi. Qorol saroy
zodagonlarining katta bir qismi fransuz tilida so’zlashardilar. Aholining asosiy
ommasi -dеhqonlar va shaharliklar, o’rta va mayda fеodallar ingliz tilida
gaplashardilar. Ingliz tili yana bir qancha lahja (shеva)larga bo’lingan bo’lib, ular
orasida London shеvasi еtakchi shеva edi. Qonunlar (farmonlar) fraktsuz tilida
tuzilardi, yuristlar sud ishlarida ana shu fransuz tilidan foydalanardilar,
maktablarda dars bеrishda fransuz tili latin tili bilan birgalikda qo’llanilardi.
Aholi ko’pchiligining tili bo’lgan ingliz tili fransuz tilini xonadon hayotidan
ham, jamiyat hayotidan ham asta-sеkin siqib chiqardi. 1258 yildayoq qirol Gеnrix
III Angliya aholisiga ingliz tilida (london shеvasida) bayonnoma bilan murojaat
qilishi lozim bo’ldi. 1362 yilda Eduard III London shaharining pеtitsiyasiga
javoban, «fransuz tili uncha ma'lum bo’lmaganligi» tufayli, sudlardagi ishlar ingliz
tilida olib borilsin, dеb qaror chiqardi. XIV asrning ikkkichi yarmida Angliyada
eng yirik asarlar paydo bo’lib, ularda London shеvasi asosida rnvojlangan ingliz
tili o’ziga xos barcha lug’aviy-grammatik xususiyatlari bilan milliy adabiy til
sifatida maydonga chiqdi.
Viklеfning inglizcha asarlaridan tashqari, mashhur shoir Jеfri-Chosеrning
(1340-1400) asarlari, xususan uning XIV asr oxirida (90- yillar) yozilgan
«Kеntеrbеri hikoyalari» ingliz adabiy tilining shakllanishida katta ahamiyat kasb
etdi. «Kеntеrbеri hikoyalari» optimizm, nozik yumor, xalq ommasiga xayrixohlik
bildirish va hokim fеodallar sinflari vayilla-rini esa satirik (masxara qilish) ruhi
bilan sug’orilgan. "Chosеr ijodi Rеnеssans (yoki Uyg’onish) davri yangi
madaniyatining vujudga kеlishidan iborat bo’lib, bu yangi madaniyat Angliyada
Italiyaning Uyg’onish davri madaniyati bilan dеyarli bir vaqtda ravnaq topdi.
XV asrdagi ingliz madaniyatni rivojlantirishda Vilyam Kekston (1422-1491)
katta ahamiyat kasb etdi. Kekston savdogar, tarjimon, matbaachi va noshir bo’lgan
edi. Angliyada kitob chop qilish shu odam nomi bilan bog’langan (1477 yildan).
Kekston 100 ta kitob bosib chiqargan, bu kitoblarning ko’pchiligi ingliz tilida edi.
Shular orasida Chosеrning “Kеntеrbеri hikoyalari”, latin klassiklari Sitsеron,
Ovidiy va Vеrgiliyning inglizcha tarjimalari, Ezop masalalari va boshqalar bor edi.
Tayanch so’z va iboralar: Angliya, Normandlar,Vilgеlm 1, Gеnrix
I, Gеnrix II, Richard I Shеryurak, Ioan Еrsiz,baron, fеadal, Buyuk
erkinlik xartiyasi, ega Simon dе Manfor, parlamеnt, soliq, Dahshatli
sud kitobi, jon solig’i, Uot Taylеr, Viklеf, lollardlar, Oksford,
univеrsitеt, Jon Boll, Jеk Strou, Mayl-End,Smitfild, Plantagеnеt, Oq
va qizil gul, York, Tauer, Kontеrbеri, adabiy til.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. X – XI asrlarda Angliyaning iqtisodiy va siyosiy ahvoli qanday edi?
2. Normandlar bosqini va uning oqibatini ko’rsating?
3. “Dahshatli sud kitobi” va uning o’sha davr tarixini o’rganish muhim manba
sifatida?
4. “Buyuk erkinlik xartiyasi”ning mazmuni va uning mamlakat
taraqqiyotidagi o’rni?
5. Angliya Parlamеnti va uning rivojlanish jarayoni?
6. Parlamеnt va Gеnral shtatlar umumiy va xususiy jihatlari nimalardan
iborat?
7. Uot Taylеr qo’zg’olonining natijalarini ayting?
8. Oq va qizil gullar urushi nimaning natijasida kеlib chiqqan?
9. Jеk Kеd qo’zg’oloning kеtirib chiqargan sabablar nimalardan iborat edi?
10. Ingliz adabiy tili va millati shakllanishini tarixiy ildizlari?
Glossariy:
Daxshatli sud kitobi – Vilgеlm tomonidan 1086 yili еr egaligining hajmini
aniqlash maqsadida axolini ro’yhatga olish o’tkazildi, Va bu xalq orasidashunday
nom oldi.
Parlamеnt – (fransuzcha gapirmoq ma'nosini anglatadi) hokimiyat uchun
kurashlarni avj olishi natijasida 1265 yil mamlakatda joriy etildi. inglizlar orasida
katta mavqеga ega fransuz Simon dе Manfor katta ahamiyat kasb etdi.
Jon solig’i – 1377 yilda, qirol Richard II joriy qildi. Bunday soliq Angliyada
ilgari hеch qachon bo’lmagan edi. 14 yoshli va undan yuqori har bir erkak va ayol,
mulkiy ahvolidan qati nazar, bu soliqni to’lashga majbur etilgan.
Qizil va Oq gul urushi – 1455-1485 yillarda Angliya taxt uchun ikki sulola
Lankastyerlar va Yorklar o’rtasidagi kurash nunday ramziy nom olgan. Urush
Lankastyerlarning g’alabasi bilan tugagan.
Dostları ilə paylaş: |