Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova



Yüklə 5,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/113
tarix28.11.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#132921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Hujayra biologiyasi. Abdulov A.I. Xalbekova X.U.



HUJAYRA
BIOLOGIYASI
I.A.AbduIov
X .U .X albekova


0 ‘Z B E K 1 S T 0 N R E S P U B L IK A S I
O L I Y VA O l R T A M A X S U S T A ’L I M V A Z IR L IG I
M L R Z O U L U G ‘B E K N O M ID A G I 
0 ‘Z B E K I S T O N M I L L I Y U N I V E R S I T E T I
M irzo U lug‘bek rtoniidagi
О ‘zbekiston MiUiy universiteti
100 yU ligiga bag
‘ishlanadi
H .U .H A LBEK O V A
I.A .A B D U LO V
HUJAYRA
BIOLOGIYASI
Darslik
Toshkent
«V N E S H IN V E ST P R O M »
2019


UO‘K 253.562.8 
КВК 652.9
H.U.Halbekova, I.A.Abdulov.
Hujayra biologiyasi. Darslik.
-Т.: “Universitet” nashriyoti, 2 0 1 9 .-2 1 6 b.
Ushbu darslik Biologiya yo'nalishi bo‘yicha 5141000- Biologiya 
ta’lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar uchun m o‘ljallangan. 
Shuningdek, bu darslikda Genetika mutaxassisligi bo‘yicha ta ’lim 
olayotgan magistr va tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishlari 
mumkin.
M as’ul muharrir:
akademik 
J.S.Sattarov
Taqrizchi:
0 ‘zRFA “0 ‘simlik va hayvonot olami genofondi” instituti, b.f.d. 
Duschanova G.M.
Darslikda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta-maxsus ta’lim 
vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrugliga asosan 
nashrga tavsiya etilgan.
©VNESHINVESTPROM, 2019
2


S O ‘Z B O S f f l
“Hujayra biologiyasi” fani organizmning asosiy tarkibiy qis­
mi -hujayralaming mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishini 
o ‘rganishga bag‘ishlanadi. Talabalar bu fanni o ‘rganish bilan pro- 
kariot va eukariot hujayralaming tuzilishi asoslari va xususiyatlari, 
hujayraning bo‘linishi, hujayra evolyutsiyasi, bir-biriga bog‘lagan 
holda tasvirlab berishi mumkin. Shunday qilib, hujayra biologiyasi 
fani malakali biologlar umumbiologik tayyorgarligidagi asosiy poy- 
devorlardan biri hisoblanadi.
“Hujayra biologiyasi” fanini o ‘qitishdan ko‘zlangan maqsad tala- 
balarga organizmning asosiy tarkibiy qismi - hujayra to ‘g ‘risida har 
tomonlama va chuqur bilim berishdan iborat. Ushbu fan talabalami 
prokariot va eukariot hujayralaming tuzilishi asoslari, hujayralam­
ing tuzilishi va xususiyatlari, hujayra evolyutsiyasi bilan tanishtiradi. 
Bulardan tashqari eukariot hujayralaming kompartmentaliz jarayon- 
lari, ularning yuzaga kelishi va o ‘zaro bog‘liq!igi, hujayralaming turli 
-tumanligi, tuzilishi bilan faoliyati o ‘rtasidagi bog‘liqlik singari bil­
im lami umumlashtirishni ko‘zda tutadi.
“Hujayra biologiyasi” fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanadi. 
Chunki hamma tirik mavjudotlaming tuzilish birligi bo‘lgan hu­
jayraning tuzilishini o ‘rganmay turib, boshqa biologiya sohasidagi 
fanlami egallab bo'lmaydi. Shuning uchun bu fan o ‘quv rejasida 
rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika 
va axborot texnologiyalari, biometriya, fizika, anorganik va analitik 
kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo), umumkasbiy (zo- 
ologiya, botanika, gistologiya, genetika, individual rivojlanish bi­
ologiyasi, biokimyo, mikrobiologiya, o ‘simliklar, odam va hayvonlar 
fiziologiyasi, biofizika, biotexnologiya, evolyustion ta’limot) va ixti- 
soslik (gidrokimyo, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va marketing 
xizmati, baliqlar kasalliklari) fanlarini o ‘zlashtirishda bu fandan yet- 
arli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
“Hujayra biologiyasi” fani yutuqlarining tibbiyot sohasida 
qo‘llanishini ta ’min etish, jumladan, odamda uchraydigan kasal- 
liklami hujayra miqyosida o‘rganish, ulaming hujayralarda kelib 
chiqish sabablarini bilish muhira ahamiyat kasb etadi. Stitologik va 
gistologik tahlil usullari yordamida tibbiyot oldida turgan muhim
3


muammo saraton kassaligining kelib chiqish sabablari va uning old­
ini olish yo‘llarini ishlab chiqish lozim. Bu esa inson salomatligini 
saqlash va iqtisodiy yordam uchun muhim tadbirlardan biri hiso­
blanadi. Talabalami “Hujayra biologiyasi” fanini o ‘zlashtirishlari 
uchun o ‘qitishning ilg‘or va za-monaviy usullaridan foydalanish, 
yangi informastion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim 
ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o ‘quv va uslubiy 
qo41anmalar, m a’ruza matniari, tarqatma material lar, elektron mate- 
riallardan foydalaniladi. Fanning o ‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan 
mavzular m a’ruza, amaliy mashg'ulotlar shaklida olib boriladi. Shun­
ingdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga 
mustaqil ish mavzulari ham beriladi. M a’lumotlar koTgazmali o ‘quv 
qurollari, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yor­
damida olib boriladi. M a’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos 
ravishda fanning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanilgan holda olib 
boriladi: “Aqliy xujum”, “Klaster”, “FSM U”, “Diskussiya” usullari 
qo‘llaniladi.
Talabalar hujayra va uning tuzilishi, hujayra stitoplazmasin- 
ing tarkibi, submikroskopik tuzilishi, hujayra organellalari, ularn­
ing tuzilishi va vszifalarini, xromosoma va uning hujayra b o ‘linishi 
jarayonida morfologik o ‘zgarishlar hosil bo‘lishi, yadroning vazi­
fasi, boMinishi, interfaza va ishchi holatlari, hujayraning oddiy va 
murakkab bo‘Iinishlari, hujayraning qayta tikJanishi kabi stitologiya 
fanining muhim qismlarini bilishlari lozim. Bulardan tashqari, ular 
mikroskopning tuzilishi, mikrotexnika usullarini, mikropreparatlar 
tayyorlash, ulami bo‘yash, rasmini chizish, mikrofotografiya texni- 
kasi kabi ishlar bo‘yicha kocnikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Talaba­
lar tomonidan “Hujayra biologiyasi” fanini chuqur o‘rganish, o ‘quv 
dasturidagi nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtira olishlari ker­
ak. Bu kursni o‘zlashtirish uchun talabalar fizika, kimyo, evolyutsion 
ta’limot va o ‘rta maktab hajmidagi umumiy biologiyadan bilimlarga 
ega b o‘Iishlari zarur.
4



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə