Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43

31
jada, tabiatga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa turli
tabiat komplekslari shakllanishiga olib keladi.
Tabiiy komplekslar inson ta’siri darajasiga ko‘ra uch gu-
ruhga ajratiladi:
1. Tabiiy landshaftlar. 2. Tabiiy-antropogen landshaftlar.
3. Antropogen landshaftlar.
Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydala-
nilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga An-
tarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar va orol-
lar, baland tog‘lar, cho‘llar, qalin o‘rmonzorlar misol bo‘ladi.
Tabiiy-antropogen landshaftlar tabiiy va antropogen land-
shaftlarning oralig‘ida tarkib topadi. Ularga yaylovlar, lalmikor
yerlar kiradi.
Antropogen landshaftlar — kishilarning xo‘jalik faoliyati ta’-
sirida o‘zgargan tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer yuzasida
keng tarqalgan. Aholi punktlari — qishloq va shaharlar antro-
pogen landshaftlarning namunasi hisoblanadi. Shaharlar land-
shafti dastlab 5 — 4 ming yil muqaddam „qal’a shahar“, „sha-
har-davlat“ sifatida shakllana boshlagan.
Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida
qo‘riqxonalar, buyurtma maskanlari, milliy bog‘lar tashkil
etiladi. Yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonot olami
„Qizil kitob“larga kiritiladi va alohida muhofaza qilinadi. Bunday
chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va
insonlar sog‘lig‘ini asrash uchun xizmat qiladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Yer yuzi aholisi, „demografik portlash“, Janubiy Osiyo,
Sharqiy Osiyo, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, irq.
Nazorat uchun savollar
1. Aholi soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar qaysilar?
2. Tabiiy boyliklarning inson uchun qanday ahamiyati
bor?
3. Antropogen landshaftlar nima?


32
7- rasm. Okeanlar
yarimshari.
Amaliy topshiriqlar
1. Atlasdan foydalanib, aholi eng zich joylashgan hududlar-
ni aniqlang.
2. Xaritadan foydalanib, aholining notekis tarqalganligi sa-
bablarini tushuntiring.
     
OKEANLAR TABIATI
13- §. Dunyo okeani va uning
qismlari
Dunyo okeani.  Olimlarning fikricha, „okean“ atamasi yu-
noncha „qirg‘oqsiz dengiz“, „Yerni aylanib oquvchi buyuk
daryo“, degan ma’nolarni anglatadi. „Dunyo okeani“ atamasini
rus olimi Y. M. Shokalskiy 1917- yilda fanga kiritdi. Yer shari-
ning uzluksiz suvli qobig‘i Dunyo okeani deb ataladi.
Dunyo okeani Yer sharining 361 mln kv km maydonini
egallaydi. Suv Yer yuzasining Shimoliy yarimsharda 61 % ini,
Janubiy yarimsharda 81 % ini qoplagan. Yer Shimoliy, Janubiy,
G‘arbiy va Sharqiy yarimsharlarga ajratilishidan tashqari, yana
okeanlar yarimshari va materiklar yarimshariga ham bo‘linadi.
Okeanlar yarimsharida Yer yuzining 90,5 % qismini suv qop-
lagan (7- rasm).
Dunyo okeanining o‘rganilish tarixi.  Bu-
yuk geografik kashfiyotlar davri (XV asr-
ning ikkinchi yarmi — XVII asrning bi-
rinchi yarmi)dan boshlanadi. Bu davrda
X. Kolumb, J. Kabot, V. da Gama, A. Ves-
puchchi, F. Magellan, F. Dreyk, V. Yans-
zon, A. Tasman va boshqalar Dunyo
okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qi-
lishgan. Shu bilan birga, oqimlar, ma-
terik va orollar, quruqlik qirg‘oqlari, suv-


33
ning  sho‘rligi, harorati, hayvonot olami to‘g‘risida qimmat-
li ma’lumotlar to‘pladilar. XVII — XIX asrlarda okeanni tadqiq
etish ilmiy yondashuv asosida olib borildi. Jumladan, J. Kuk,
I. F. Kruzenshtern va Y. V. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen va
M. P. Lazarev, S. O. Makarov, „Chellenjer“ kemasi a’zolari
Dunyo okeani geografiyasi uchun eng zarur ma’lumotlar to‘p-
ladi. Masalan, „Chellenjer“ ekspeditsiyasi natijalari okeano-
grafiya faniga asos soldi.
XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib,
Dunyo okeanini xalqaro hamkorlik asosida o‘rganish ishlari
tashkil etildi. 1920- yildan keyin okean suvlari chuqurlik bo‘yi-
cha o‘rganila boshlandi. 1960- yilda fransuz Jan Pikar Mariana
cho‘kmasini zabt etdi. Endilikda kemalar zamonaviy asbob-
uskunalar bilan jihozlandi, kosmik kemalardan olingan tas-
virlar tahlil qilinmoqda.
Dunyo okeanining qismlari dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlardan
iborat. Okeanlar bir-biridan geografik o‘rni, geologik tuzilishi,
biologik xususiyatlari bilan farq qiladigan bir butun tabiat
komplekslaridir.
Dengizlar — okeanning bir qismi bo‘lib, ular Dunyo okea-
nidan quruqlik yoki orollar, yarimorollar va suvosti relyefining
ko‘tarilgan joylari bilan ajralib turadi. O‘zining geografik o‘rni
va havzalarining xususiyatiga qarab 3 turga bo‘linadi: 1) mate-
riklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar;
3) chekka dengizlar.
Okeanning (dengiz yoki ko‘lning) quruqlik ichkarisiga kirib
turgan qismi qo‘ltiq deb ataladi. Bengaliya, Meksika, Gudzon,
Katta Avstraliya, Alyaska kabi qo‘ltiqlar eng katta qo‘ltiqlardir.
Okeanlarni (dengiz yoki ko‘llarni) bir-biri bilan qo‘shib
turadigan kambar suv bo‘g‘iz deyiladi. Bularga Dreyk, Mo-
zambik, Gibraltar, La-Mansh va boshqalar misol bo‘ladi.
Dunyo okeanini birinchi bo‘lib niderlandiyalik olim B. Va-
renius 1650- yilda beshta okeanga ajratgan (Tinch, Atlantika,
Hind, Shimoliy va Janubiy Muz okeanlari). Keyinchalik, tad-
qiqotchilar uni uchta (Tinch, Atlantika, Hind), to‘rtta (Tinch,
3 — A. Soatov,  A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


34
Atlantika, Hind, Shimoliy Muz) okeanlarga ajratishgan. Ho-
zirgi paytda beshinchi — Janubiy Muz okeanini ham ajratish
haqida fikrlar bor. Dunyo okeanida jami 67 ta, quruqlikda esa
2 ta (Kaspiy va Orol) dengiz ajratilgan (8- rasm).
67
8- rasm. Dunyo okeani va uning qismlari.
Chegaralar: a — okeanlar;  — dengizlar.  Atlantika okeani dengizlari:
1. Boltiq. 2. Shimoliy. 3. Irlandiya. 4. O‘rta. 5. Alboran. 6. Balear. 7. Liguriy.
8. Tirren. 9. Adriatika. 10. Ioniya. 11. Egey. 12. Krit. 13. Marmar. 14. Qora.
15. Azov. 16. Karib. 17. Sargasso. 18. Skosha. 19. Ueddell. 20. Lazarev. Tinch
okean dengizlari: 21. Bering. 22. Oxota. 23. Sharqiy (Yapon). 24. Sariq.
25. Sharqiy Xitoy. 26. Janubiy Xitoy. 27. Filiðpin. 28. Sulu (Sibiryan,
Basayas, Samar, Samotor, Mindano dengizlari bilan). 29. Sulavesi. 30. Moluk.
31. Xalmaxer. 32. Seram. 33. Yava. 34. Bali. 35. Flores. 36. Savu. 37. Banda. 38.
Yangi Gvineya. 39. Solomon. 40. Marjon. 41. Fiji. 42. Koro.  43. Tasman.
44. Ross. 45. Amundsen. 46. Bellinsgauzen. Hind okeani dengizlari: 47. Qizil.
48. Arabiston. 49. Andaman. 50. Timor. 51. Arafur. 52. Dyurvill. 53. Mouson.
54. Deyvis. 55. Hamdo‘stlik. 56. Kosmonavtlar. 57. Riser-Larsen. Shimoliy  Muz
okeani dengizlari: 58. Grenlandiya. 59. Norvegiya. 60. Oq. 61. Barens.
62. Kara. 63. Laptevlar.  64. Sharqiy Sibir. 65. Chukotka. 66. Bofort. 67. Baffin.
Berk havza dengizlari: 68. Kaspiy. 69. Orol.
a
b


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə