Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43

39
ko‘tariladi. Tezligi soatiga 700 — 800 km ni tashkil etadi. Juda
katta iqtisodiy va ma’naviy ziyon keltiradi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Suvning sho‘rligi, promille, harorat, oqim, aysberg, Arkti-
ka, Antarktida, sunami, qalqish.
Nazorat uchun savollar
1. Okean suvlarining sho‘rligi qanday aniqlanadi?
2. Iliq va sovuq oqimlar qanday paydo bo‘ladi?
Amaliy topshiriqlar
1. Dunyo okeanining asosiy xususiyatlarini yozing.
2. Asosiy iliq va sovuq dengiz oqimlarini yozuvsiz xarita-
ga tushiring.
16- §. Dunyo okeanining
atmosfera va quruqlikka ta’siri
Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam
o‘zaro aloqada bo‘lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta’sir etib
turadi. Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan
doimiy o‘zaro ta’siri natijasida „okean
atmosfera
quruq-
lik“ tizimi tarkib topgan. Bu tizimda modda va energiya alma-
shinuvi kuzatiladi. Tizimdagi moddalarning harakatini ta’min-
laydigan qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani
Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70 % ini yutadi.
Natijada okean issiqlik „akkumulatori“ga aylanadi va atmosfe-
rani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan ta’minlaydi, qu-
ruqlikka va barcha suv havzalariga yog‘in beradi.
Quyosh energiyasi ta’sirida harakatga kelgan „issiqlik mashi-
nasi“ butun Yer yuzasi bo‘ylab „okean 
atmosfera
qu-
ruqlik“ tizimida issiqlik va namlik taqsimotini ta’minlaydi (10-
rasm). „Issiqlik mashinasi“ning harakat yo‘nalishi, tezligi kabi


40
xususiyatlariga Oy va Quyoshning
tortishi hamda Koriolis kuchi, Yer-
ning ichki energiyasi, hatto antro-
pogen omil ham ma’lum miqdorda
ta’sir etadi. Oqibatda tabiatda turli xil
jarayonlar yuzaga keladi.
Okeanning atmosfera va quruqlikka
ta’sir etishida havo massalarining o‘r-
ni katta. Okean quyosh issiqligini to‘p-
laydi, ularni dengiz oqimi turli keng-
lik va uzoqliklarga olib ketadi, atmo-
sferani ilitadi.
Agar havo massalari okean yuzasida hosil bo‘lsa, dengiz havo
massalari,  aksincha, quruqlik ustida hosil bo‘lsa, kontinental havo
massalari deb ataladi. Bu havo massalari „okean
quruqlik“
tizimida issiqlik va sovuqlikni tashuvchi vosita vazifasini bajaradi.
Atmosferada sodir bo‘ladigan shamol, bo‘ron va quyunlar-
ning bosh sababchisi ham „okean
atmosfera
quruqlik“
tizimidagi modda va energiyaning almashinuvidir. Quyun
(tayfun) va bo‘ronlar ikkala yarimsharning 5 — 20°
 
kengliklari
oralig‘idagi okean yuzasida tarkib topadi.
Dengiz oqimlari ham okeanning atmosfera va quruqlik o‘r-
tasidagi o‘zaro aloqasiga kuchli ta’sir etadi. Ayniqsa, iliq va so-
vuq dengiz oqimlari issiqlik va sovuqlikni geografik kenglik
hamda uzoqliklar bo‘yicha tashiydi.
Okeanlarning yashash uchun qulay bo‘lgan sohillarida qa-
dimdan odamlar makon qurgan. Hozir ham qirg‘oqning 50 km
gacha bo‘lgan qismida dunyo aholisining 27 % i yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
„Okean
atmosfera
quruqlik“ tizimi, „issiqlik mashi-
nasi“, dengiz oqimlari, quyun, bo‘ron, Koriolis kuchi.
Nazorat uchun savollar
1. „Okean   atmosfera   quruqlik“ tizimini tushuntiring.
2. „Issiqlik mashinasi“ qanday ma’noni bildiradi?
10- rasm.  „Okean
at-
mosfera 
quruqlik“
tizimidagi suvning
aylanma harakati.


41
Amaliy topshiriqlar
1. Havo massalarining „okean   atmosfera   quruqlik“ ti-
zimiga ta’sirini daftaringizga yozing.
2. Okean bilan quruqlikning o‘zaro ta’sirida suvning ay-
lanma harakat sxemasini chizmada tasvirlang.
17- §. Okean boyliklari, ulardan
foydalanish va muhofaza qilish
Okean boyliklari va ulardan foydalanish. Olimlarning fik-
richa, hayot okean sohillaridagi to‘lqinlar hosil qilgan „hayot
sharbati — bo‘tqasimon loyqa“ li suv muhitida hosil bo‘lgan.
Okean suvlarida mikroskop bilan ko‘rinadigan organizmlardan
tortib 150 tonna keladigan ko‘k kitlargacha, turli xil orga-
nizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon
turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud.
Okean organizmlari yashash joylariga ko‘ra guruhlashtiriladi.
Masalan,  bentos organizmlar — okean suvlari tubida, yotqiziq-
lar orasida yashaydi. Nektonlar — erkin ko‘chib yuruvchi orga-
nizmlar bo‘lsa, planktonlar  suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata
olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fito-
plankton va zooplanktonlar).
Dunyo okeani tabiiy boyliklarning xazinasi hisoblanadi. Bu
boyliklar biologik, kimyoviy, ma’danli va yoqilg‘i-energetika
resurslaridan iborat. Hozir biologik resurslarning 2 % idangina
foydalanilmoqda. Lekin bu dunyoda iste’mol qilinadigan oqsil
moddalarning 20 % ini tashkil etadi.
Okean suvlaridan yiliga treska, seld, skumbriya baliqlari
ko‘plab ovlanadi. Okean tubidan osh tuzi, brom, magniy,
oltingugurt, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin olinadi.
Dunyo okeanida neft va gaz eng ko‘p Fors ko‘rfazidan,
shuningdek, Venesuela qirg‘oqlaridan, Shimoliy dengizdan,
Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi.


42
Dunyo okeani eng muhim va arzon dengiz transporti yo‘li
vazifasini bajaradi. Savdo-iqtisodiy aloqalar doirasidagi mah-
sulot tashishning 60 % dan ortig‘i dengiz transporti orqali baja-
riladi. Dunyo xo‘jaligining rivojlanishi, xalqaro mehnat taq-
simotining yuzaga kelishi, savdo-sotiqning rivojlanishi dengiz
transporti tufaylidir. Hozir Dunyo okeani sohillarida 2 700 dan
ortiq dengiz port-shaharlari mavjud.
Dengiz transportida tashiladigan asosiy yuk neft va neft
mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Ba’zan bu mahsulotlarni tashiydi-
gan maxsus kema — tankerlar halokatga uchrab, sohil tabia-
tiga, dengiz organizmlariga katta talafot keltirmoqda.
Dengiz turizmi ham okean resurslaridan foydalanishning bir
sohasi sifatida tobora rivojlanmoqda.
Dunyo okeanini muhofaza qilish milliy, regional va xalqaro
ko‘lamda amalga oshiriladigan tadbir. Dunyo okeanini tadqiq
etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida ko‘plab
xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Xalqaro dengiz qo‘mitasi, Dav-
latlararo okeanografik komissiya (UNESCO qoshida) va bosh-
qalar Dunyo okeani boyliklaridan oqilona va tejamkorlik bilan
foydalanish, ularni muhofaza qilish, tiklash va ekologik sha-
roitini yaxshilash borasida ibratli faoliyat ko‘rsatmoqda.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Okean boyliklari, suvo‘tlari, Xalqaro dengiz qo‘mitasi, ben-
tos, nekton, plankton, turizm.
Nazorat uchun savollar
1. Dunyo okeanidan qaysi organizmlar eng ko‘p ovlanadi?
2. Okean suvlari ko‘proq nima sababdan ifloslanmoqda?
Amaliy topshiriqlar
1. Okean boyliklari turlarini geografiya daftaringizga yozing.
2. Xaritadan Dunyo okeanidagi neft va gaz qazib olina-
digan asosiy hududlarni toping.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə