Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43

43
MATERIKLAR VA OKEANLAR
TABIATI
AFRIKA
18
- §. Afrika materigining geografik
o‘rni va o‘rganilish tarixi
Asosiy xususiyatlari. Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh me-
ridian g‘arbidan kesib o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘l-
lar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat kuzatilgan,
sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari bor,
eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi,
qirg‘og‘i eng kam parchalangan, quruqlikdagi eng katta Buyuk
Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim
mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk
suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1 470 m)
ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda.
Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taq-
simlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 39 % i, Janubiy
yarimsharning esa 19 % i quruqlikdan iborat. Agar globusni
ko‘proq materiklar hududiga to‘g‘rilansa, „Materiklar yarim-
shari“ hosil bo‘ladi. Ushbu yarimsharda
quruqlik 53 % maydonni egallaydi. Shu-
larga asoslanib, keyingi paytda  olimlar
„Materiklar yarimshari“ni ajratishmoq-
da (11- rasm).
Geografik o‘rni. Afrika — to‘rtta
yarimsharda joylashgan yagona mate-
rik. Ekvator Afrikani deyarli qoq o‘r-
tasidan ikkiga bo‘lib turadi. Uning shi-
moliy va janubiy chekka nuqtalari ek-
vatordan deyarli teng masofada joy-
lashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yev-
11- rasm. Materiklar
yarimshari.


44
ropa, Suvaysh kanali orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib tu-
radi. Materikning shimoliy va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani
suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani
suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan
bo‘lib, uzunligi 30 500 km ga teng.
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining
eni (Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7 500 km bo‘lsa,
janubining eni 3 000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali
yarimoroli va Mozambik  bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar
oroli joylashgan. G‘arbida yirik Gvineya  qo‘ltig‘i bor.
O‘rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan.
Olimlarning fikrichaAfrika  so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan
qo‘llanilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, materik nomi uning shi-
moli-g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan qa-
dimgi berberlarning afarik  qabilasi nomidan olingan.
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3 — 4 mln
yil avval odamlar yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan
aniqlangan. 6 000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor
yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan.
Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rga-
nishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida
o‘rni bor. U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil
havzasini (1325 — 1349- y.), Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini,
Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha o‘rgangan.
XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim bos-
qich bo‘lsa-da, unga qora kunlarni — qullar savdosini keltirdi.
1487- yilda  Bartolomeu Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi
Umid  burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o‘rgandi. 1497 —
1498- yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan
aylanib o‘tib, 1498- yil 20- mayda Hindistonning Kalkutta (Kol-
kata) portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun Hindistonga
boradigan dengiz yo‘lini kashf etdi.
Afrikaning ichki qismi tabiatini o‘rganishda ingliz tadqi-
qotchisi  D. Livingstonning xizmatlari katta bo‘ldi. U Kalaxari
cho‘lini, Zambezi daryosini, Kongo daryosining yuqori oqim-
larini, Nyasa, Tanganika ko‘llarini o‘rgandi. Zambezi daryosi-


45
dagi sharsharaga Viktoriya  nomini berdi. Ingliz-Amerika ekspe-
ditsiyasining boshlig‘i G. M. Stenli (1817 — 1877- y.) Zanzibar
orolini, Viktoriya ko‘lini va Nil daryosining boshlanish irmog‘i
Kagera ekanligini aniqladi, Lualaba va Kongo daryolarini quyi
oqimiga qadar o‘rgandi.
Afrika tabiati va xalqlari hayotini rus olimlaridan V. V. Yunker,
Y. P. Kovalevskiy, A. A. Yeliseyev, N. I. Vavilovlar  tekshirdilar.
N. I. Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (1926 — 1927- y.)
6 000 dan ortiq madaniy o‘simliklardan namuna oldi. U Efiopiya
qimmatli qattiq bug‘doy navining vatani ekanligini aniqladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Afrika, berberlar qabilasi, sivilizatsiya markazi, Viktoriya,
Mozambik, Madagaskar, Livingston, Stenli, Ibn Battuta,
Vavilov.
Nazorat uchun savollar
1. Afrikaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Afrika qaysi yarimsharlarda joylashgan?
3. Afrika sohillarini va ichki qismini kimlar o‘rgangan?
Amaliy topshiriqlar
1. Afrikaning chekka nuqtalarini aniqlang va koordinatala-
rini toping.
2. Afrikani o‘rgangan sayyohlarning yurgan yo‘llarini yozuv-
siz xaritaga tushiring.
19- §. Geologik tuzilishi va foydali
qazilmalari. Relyefi
Geologik tuzilishi. Afrika — qadimgi Gondvana quruqligi-
ning bir bo‘lagi. 180 mln yil muqaddam Arabiston yarimoroli
bilan birga yaxlit platformani hosil qilgan. Alp tog‘ burmala-
nishi davrida Qizil dengiz o‘rni ochilgan. Natijada Arabis-
ton yarimoroli Yevrosiyoga tutashib ketgan.


46
Afrika materigi, asosan, qadimgi platforma ustida joylashgan
bo‘lib, ko‘proq tekislik va yassi tog‘liklardan iborat. Seysmik
hududlar nisbatan kam. Chekka shimoli g‘arbida Yevrosiyo pli-
tasi bilan to‘qnashgan chegarada balandligi 4 165 m ga yetadi-
gan Atlas burmali tog‘ tizmasi ko‘tarilgan.
Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig‘i 6 500 km
masofaga cho‘zilgan bo‘lib, Akoba qo‘ltig‘idan Zambezi daryo-
sining quyi oqimigacha davom etadi. Olimlarning bashoratiga
ko‘ra, kelajakda Buyuk Afrika yer yorig‘idan sharqdagi
hududlar materik oroli tariqasida (Madagaskar oroli singari)
Afrikadan ajralib ketadi. Bu zonada Yer po‘sti serharakat bo‘-
lib, unga harakatdagi vulqonlar (Kilimanjaro, Karisimbi) va
zilzilalar xos. Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi palaxsalanib ko‘ta-
rilgan gorst va grabenlardan iborat. Chuqur ko‘llar grabenlarda
tarkib topgan. Tog‘lar, platolar magmatik va metamorfik
jinslaridan tuzilgan. Botiqlar, cho‘kmalar, pasttekislik va tekis-
liklar cho‘kindi jinslar bilan qoplangan.
Foydali qazilmalari. Afrika turli xil qimmatbaho tabiiy boy-
liklarni o‘z zaminida asrab yotgan ulkan xazinadir. Afrikada
magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilma-
larning ko‘plab tarkib topishiga sabab bo‘lgan.
Afrika  olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda tu-
radi. Qadimgi kristall jinslar temir rudasi, xrom, mis, rux,
qalay, uran rudasi, oltin va qimmatbaho toshlarga boy. Mash-
hur  „ mis mintaqasi“ Zambiya va Kongo Demokratik Respub-
likasi chegara zonasida joylashgan. Materikning botiq, cho‘kindi
jinslar to‘plangan joylarida toshko‘mir,  neft,  tabiiy gaz,  mar-
ganes rudalari,  tuzlar,  fosforitlar keng tarqalgan (ilovadagi 24-
rasmga qarang).
Relyefi. Afrika hududi relyef xususiyatiga ko‘ra ikki qismga
bo‘linadi. Mutlaq balandligi 1 000 metrgacha bo‘lgan tekislik,
plato va tog‘liklardan tashkil topgan „past“ Afrika Shimoliy va
G‘arbiy Afrikani o‘z ichiga oladi. „Baland“ Afrika Sharqiy va
Janubiy Afrikani egallagan. „Past“ va „baland“ Afrika o‘rtasi-
dagi chegara Angola-Efiopiya yo‘nalishidan o‘tadi (24- rasm,
ilovaga qarang).


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə