“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92

 
114
ko‘pchilik viloyatlar XIV asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehlining o‘zida uncha 
mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda feodallarning turli guruhlari o‘rtasida hokimiyat uchun uzluksiz 
kurash borardi. 
Umuman, o‘rta asrlarda Hindiston davlati va huquqi tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) 
Hind feodal davlatining tashkil topishi davri (IV-X asrlar); 2) Dehli sultonligi va Boburiylar saltanati davri (X-XVI 
asrlar); 3) Hind feodal davlatining inqirozi va Angliya hukmronli-gining o‘rnatilishi davri. Garchand, Hindistonning 
o‘rta asrlarda davrlarga bo‘linishi masalasida yagona fikr bo‘lmasa-da, uni yana quyidagicha davr-larga bo‘lish ham 
mumkin: 1) ilk o‘rta asrlar (VI-X asrlar); 2) rivojlangan o‘rta asrlar (X-XVI asrlar); 3) kechki o‘rta asrlar (XVI asrdan 
keyingi davr). 
 
10. Hindiston ijtimoiy tuzumining xususiyatlari 
 
Ilk o‘rta asrlardan boshlab dehqonlar jamoalarini asoratga solish, ularni soliqqa tortish jarayoni kuchaygan, 
xususiy yer egaligining o‘sishi bilan feodal ekspluatatsiyaning turli shakllari vujudga kelgan. 
Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan hali quldorlik xarakterini saqlab qolgan edi. Qullar turli 
irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligida hamda ko‘pdan-ko‘pi xizmatkor va malay sifatida uy-ro‘zg‘or 
ishlarida keng foydalanilardi. Qullar bozori keng yo‘lga qo‘yil-gunicha davom etmoqda edi. Qullar Osiyodangina emas, 
hattoki Afrikadan ham keltirilardi.  
 
11. Hindistonda hokimiyat va davlat boshqaruvining tashkil etilishi 
 
Milodning IV asrlari boshlariga qadar Hindiston bir necha mustaqil 
davlatlardan iborat bo‘lib, har bir davlat boshida  mamlakatini to‘la egallagan podsholar 
– Maxarajalar turgan. IV asrning boshlarida shimoliy Hindiston, Gang va Hind daryolari 
havzasini birlashtirgan juda katta imperiya - Guptalar dav-lati vujudga keladi. Bu 
boshida hindlar turgan oxirgi saltanat bo‘lib, VI asrlargacha hukm suradi. Hindiston VI-
XII asrlarda bir-biri bilan iqtisodiy aloqada bo‘lgan ko‘p sonli davlatlar - knyazliklarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, 
dastlabki davrlarda ushbu davlatlarda urug‘doshchilik munosabat-larining ko‘pgina qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bu 
davlatlar tepasida kichik-kichik podsholar-rojalar turar edi, ular hukmron tabaqalarga – brax-manlar tabaqasiga 
(kohinlarga) va kshatriylar tabaqasiga (harbiy zodagon-larga) suyanar edi. Vaqti-vaqti bilan bu davlatlar urushlar 
natijasida hukmdorlar tomonidan ancha yirikroq davlatlarga birlashtirilib turardi. 
VII asrda rivojlangan Xarsha, Chalukilar davlatlari, VIII asrdagi Gudjara-Pratixarlar davlatlari ana shunday 
davlatlar bo‘lgan. Lekin ular ham qabilaviy podsholiklar yig‘indisidan iborat primitiv davlatlar edi. Ularning chegaralari 
doimo o‘zgarib turardi hamda muntazam ma’muriy apparati tashkil etilmagandi. Bu davlatlar tepasida maxarajalar - 
buyuk knyazlar turardi. Ba’zi mayda podsholiklarda podsholar saylab qo‘yilardi. Maxarajalarga maslahatchilar yordam 
berardi. Maslahatchilar mantri-parishad deb ataluvchi maslahatchi organ tarkibiga kirardilar. Davlat apparatida muhim 
o‘rin harbiylarga va soliq yig‘uvchilarga tegishli edi. 
An’anaviy siyosiy tarqoqlik, markaziy davlat apparatining kuchsiz-ligi o‘rta asrlar Hindistoni uchun xos 
bo‘lgan belgi edi. Bu hind jamiyati jamoaviy tashkilotlarining mustahkamligi, barqaror mavjudligi va o‘z-o‘zidan 
rivojlanishi bilan ham tavsiflanadi. 
Hindiston musulmonlar tomonidan bosib olingandan so‘ng ma’lum darajada davlat birligiga erishilgan. 
Musulmonlarning Hindistondagi bos-qinchilik urushlari XII asrdayoq boshlangan edi. Bosib olingan hind yerlari 
dastlab Guriylar davlati tarkibiga kiritilgan, so‘ngra esa XIII asrdan Dehli sultonligi nomini olgan mustaqil davlatga 
ajratilgan. 1229 yilda Dehli sul-tonligi Bog‘dod xalifasi tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olingan. Biroq Dehli 
hukmdorlarining boshqa musulmon dunyosi bilan mustahkam aloqalari uzilib qolmagan. Dehli sultonlari u yoki bu chet 
el hukmdorlari-ning - turklar, tojiklar, forslarning gumashtalari bo‘lib qolaverganlar. 
XVI asrning boshida Hindiston Bobur qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Yuqorida aytganimizdek, tarixda 
noto‘g‘ri nom bilan yuritiladi-gan «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» vujudga kelgan. Bu aslida Boburiylar saltanati edi. 
XVI asrning oxiri - XVII asrda ushbu davlat juda ravnaq topgan. 
Dehli sultonligida ham, Boburiylar saltanatida ham monarxiya bosh-qaruv tizimiga asoslangan davlat 
hokimiyati organlari musulmon davlati-ning islom diniy ta’limoti asosida tashkil etilgan edi. Bu ta’limotga asosan 
Allohga ishonuvchi barcha musulmonlar bitta boshliqqa ega bo‘lishi ke-rak. Musulmon davlati bevosita Alloh 
tomonidan boshqarilmaydi. Balki Alloh qonunlari asosida uning yerdagi vakili tomonidan yoki ko‘p hollarda ruhoniylar 
kengashi tomonidan boshqariladi, bu kengash islom dinining o‘ziga xos qoidalariga ega bo‘ladi. Rasman musulmon 
hukmdorlarining vakolatlari ana shu qoidalar asosida belgilanadi.  
Lekin amalda bu vakolatlar hukmdorlar va zodagonlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun tinimsiz kurashlar 
natijasida belgilanar edi. Masalan, Dehli sultonligida musulmon zodagonlarining kuch-qudrati Nasriddin Mahmud 
(1246-1265 yillar) hukmronligi davrida sultonlar mavqeining mustahkamlanishi bilan almashgan. Muhammad Tug‘loq 
(1325-1351 yillar) o‘z tanga pullariga «Sulton - xudoning soyasi» deb yozdirib qo‘y-gan edi. Bobokalonimiz Bobur esa 
ilohiy huquqlarga ega bo‘lgan podshoh unvonini olgan edi. 
Davlat boshlig‘i (sulton, podshoh)ning hokimiyati merosiy bo‘lgan. U o‘ziga taxt vorisi tayinlashi mumkin edi. 
Qur’onda hukmdorlarning maj-buriyatlari sanab o‘tilgan. Ulardan birinchisi islomni himoya qilish, jumla-dan, diniy 
urf-odatlarni qo‘llab-quvvatlash va bid'atchilarni ta’qib qilish hisoblangan. Musulmon hukmdorlar bu talablarga bosib 
Markaziy 
boshqaruv
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə