“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92

 
113
ko‘rinishi - sik-kenat (sikken - hokim) o‘rnatildi. Minomota voris-lari juda yosh bo‘lganligidan, 1199 yildan boshlab 
davlatni sikkenlar (ho-kimlar) degan boshqa feodal xonadonlaridan bo‘lgan, asosan buddistlardan iborat regentlar idora 
qila boshlaydi. Shu tariqa Yaponiyada siyosiy hokimiyatning rasman mavjud bo‘lib turgan ikki «qavati» ustida yana bir 
«qavat» siyosiy hokimiyat tashkil qilingan. Natijada sikkenlik avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘ta boshlagan. Rasman 
imperator va syogun siyosiy tuzumda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, lekin katta hokimiyat sikkenga o‘tgan. Sikkenat birinchi 
Kamakura syogunati qulashigacha davom etgan, lekin Yaponiyada XIX asrning ikkinchi yarmigacha mavjud bo‘lgan 
harbiy-feodal diktatura xarakterini biron-bir tarzda o‘zgartirmagan. 
Imperator saroyi faoliyati ustidan qattiq nazoratni amalga oshiruvchi organlar syogunat hukumati 
mexanizmining o‘zgarmaydigan bo‘g‘ini edi. 1221 yildan boshlab bakufu (markaziy hukumat) Kiotodagi imperator qa-
rorgohiga syogunning vakili (tendaya)ni yo‘llaydigan bo‘ldi. Tendaya syogun nomidan farmonlar chiqarish huquqiga 
ega edi. Bu farmonlarning bajarilishi tendayaning ixtiyoridagi maxsus harbiy kuchlar-samuraylar qo‘shini bilan 
ta'minlangan. Bundan tashqari, syogun yangi imperatorni tasdiqlash, taxt vorisligi tartibini belgilash, regentlar va 
boshqa oliy saroy maslahatchilarini tayinlish huquqiga ega bo‘lib oldi. 
Uchinchi syogunat mavqeining mustahkamlanishi natijasida impera-torning har qanday siyosiy ta’siri tugatildi. 
Tokugavalar syogunatida yangi syosidaya mansabi - imperatorlik poytaxtida syogunning noibi mansabi joriy qilindi. 
1615 yilgi qonun asosida imperator saroyining, hatto, diniy funksiyalari syoguning nazorati ostiga olindi. Syogun 
barcha oliy darajali saroy amaldorlarining tayinlanishiga aralashardi.  
Yaponiyada hududiy bo‘linish joriy qilingunga qadar armiya urug‘larning 
drujinasidan iborat edi. Yapo-niyada chek yer tizimi bilan birga majburiy harbiy xizmat 
joriy qilindi. 
«Tayxo Yoro ryo» boshqa ministrliklar orasidan harbiy ministrlikni ham ajratib ko‘rsatdi. Harbiy ministrlik 
zobitlar tarkibi yozilgan ro‘yxat-larni, ularni attestatsiyadan o‘tkazish, tanlash, tayinlash va hokazolarni yuritgan. Unga 
bir necha shtab va boshqarmalar: qurol-yarog‘ ombori, harbiy-musiqa, kemasozlik, lochin ovi kabi boshqarmalar 
bo‘ysungan. 
Armiya o‘nlik tizimi asosida tuzilgan. Ellikboshi, yuzboshi, ikki yuz-boshilar nasabi aslzoda bo‘lmaganlardan 
bo‘lishi mumkin edi, lekin jasur jangchilar bo‘lardi. Mingboshilardan boshlab yuqori lavozimga tayinlanish uchun 
tegishli daraja (martaba) talab qilinardi. 20 dan ortiq armiya qismi faqat imperatorning buyrug‘i bilan harbiy yurishga 
chiqishi mumkin edi. 
Xususiy feodal mulkchilikning o‘sishi, o‘zaro urushlar, dehqonlar-ning qo‘zg‘olonlari natijasida alohida 
harbiy-feodal tabaqa - samuraylar - professional jangchilar, yirik feodallarning vassallari shakllangan. Yapon 
samuraylarining maxsus dunyoqarashi, maxsus «iftixor kodeksi» dehqon-lar mehnatiga nafratlanish, konfutsiylikning 
bo‘ysunish va buyruqqa so‘zsiz itoat etish prinsiplari asosida shakllangan edi. Iftixor kodeksini buzish samuray uchun 
o‘zini o‘zi o‘ldirish - xarakiriga olib kelgan. 
Dehqonlarning xalq lashkarlari XVI asrgacha mavjud edi. Dehqon-larning ommaviy qo‘zg‘olonlari 
munosabati bilan hukmron doiralar endi-likda dehqonlarda qurolni saqlab qolish ma'qul emasligini tushunib yetdi-lar. 
XV asrdayoq feodallar alohida knyazliklarda dehqonlarni qurolsizlan-tirdilar, lekin bu umummilliy miqyosda XVI 
asrning oxirida sodir bo‘ldi, ya’ni syogun Moyotomi Xudeyosi 1588-1590 yillarda butun mamlakat bo‘yicha 
dehqonlardan qurol-yaroqlarni tortib oldi. Bu tadbir «qilichlar uchun ov» degan nom oldi. 1591 yilgi farmon bilan 
dehqonlarga jangchi bo‘lish, samuraylarga esa - qandaydir tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi. 
9. O‘rta asrlarda Hindiston davlatining rivojlanish  
xususiyatlari va davrlarga bo‘lish masalalari 
 
O‘rta asrlarda Hindiston jamiyatining sekin va notekis rivojlanishi ushbu davlatni davrlarga bo‘lishni ancha 
murakkablashtiradi. Qadimgi Hindiston davridayoq feodal munosabatlarni eslatuvchi ba’zi institutlarni uchratish 
mumkin edi. Masalan, Hindistonda yirik xususiy yer egaligi, qa-ram dehqonlarning ekspluatatsiya qilinishi va 
hokazolar qadimgi davrda-yoq mavjud bo‘lgan. Qulchilik esa nafaqat o‘rta asrlarda, balki undan keyin ham 
yo‘qolmagan. 
V-VII asrlar Hindiston tarixida shartli ravishda o‘rta asrlarning bosh-lanish davri hisoblanadi. Lekin bu vaqtda 
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tuzumida tubdan o‘zgarishlar yuz bermagan edi. Masalan, qadimgi davrda-gi Mauriylar 
imperiyasiga o‘xshagan yirik davlatlar tashkil topmagan edi. O‘rta asrlarda Hindiston siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. U 
IV  asrning boshlarida bir necha o‘nlab mayda va yirikroq davlatlardan iborat bo‘lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik 
podsholar - rojalar turardi.  
Shiddatli va shafqatsiz o‘zaro urushlar mamlakatni og‘ir ahvolga so-lib qo‘ydi hamda musulmon istilochilarini 
Hindistonning shimoliy qismini bosib olishini yengillashtirdi. Natijada Hindistonning shimoliga juda ko‘p musulmonlar 
- xurosonliklar, turk va afg‘onlar borib o‘rnashdi. Shimoliy-Sharqiy Hindiston (hozirgi Pokiston) aholisining bir qismi 
islom dinini qabul qilib, bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi. 
XII asr oxirlarida Hindistonga Fazna istilochilari hal qiluvchi hujum qildi.  
Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida ken-gaydi, bu vaqtda uning tarkibiga Shimoliy 
Hindistondan tashqari Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog‘ligidagi ko‘pchilik davlatlar ki-rardi. Dekan 
1306-1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi sultonlardan biri - Muhammad Tug‘laq 
(1325-1351 yil-lar) deyarli butun Hindistonni bo‘ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo 
sultonlikning kengayishi mustahkam xarak-terga ega emas edi. XIV asr o‘rtalarida Dehli ajralib chiqdi, ko‘p o‘tmay 
Dehlidan shimoldagi ko‘pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sultonligi tarkibiga kirgan 
Armiya
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə