“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92

 
110
Xitoyda armiyani tashkil etish prinsiplari o‘rta asrlarning turli bosqichlarida ichki 
va 
tashqi omillar ta’sirida o‘zgarib turgan. 
Tan imperiyasida erkaklar 60 yoshga to‘lgunga qadar harbiyga majbur bo‘lganlar 
va armiyada xizmat o‘tashga jalb qilinganlar. Jang vaqtida urushni tashlab qochish, harbiy yurishdan bo‘yin tovlash 
uchun o‘lim jazosi berilgan. 
VIII asrdan boshlab imperatorlar ko‘proq yollanma qo‘shinlardan, shuningdek, turklar, uyg‘urlar va 
boshqalardan tuzilgan otliq askarlardan foydalana boshladilar.  
Min imperiyasi davrida «okrug qo‘shinlari» va chegara gornizonlari-ning eski tizimi saqlanib qolgan edi.  
Doimiy qo‘shinlar hamma davrlarda mahalliy harbiy otryadlarning, tartibni qo‘riqlashga chaqirilgan jamoa 
harbiy qismlarining ko‘magiga tayanardi.  
Min sulolasi davrida armiya to‘xtovsiz o‘sib bordi, XVII asrda u 4 million kishini tashkil etdi.  
Boshqarish maqsadlarida barcha harbiy qo‘shilmalar beshta harbiy okrug o‘rtasida taqsimlangandi.  
Armiyaning doimiy bosh qo‘mondoni bo‘lmagan. Urush harakatlari boshlangan hollarda oliy harbiy 
amaldorlardan yoki mansabdorlardan biri general yoki hatto generallissimus etib tayinlanardi.  
Min sulolasi davrida Xitoyning mahalliy qo‘shinlar qo‘mondonlari markazdan ma’lum muddatga 
tayinlanadigan maxsus mansabdorlar tomo-nidan nazorat qilingan.  
 
6. Yaponiya davlatining tashkil topishi, shart-sharoitlari,  
xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari 
 
Ko‘pgina tarixiy-huquqiy manbalarda Yaponiya hududida urug‘-doshlik tuzumining yemirilishi va ilk 
davlatning tashkil topishi jarayoni VII asrda nihoyasiga yetganligi ko‘rsatiladi. 
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish jarayoni III asrda boshlangan.  
Yaponiya davlati va jamiyatiga o‘sha vaqtlarda juda taraqqiy etgan Xitoy sivilizatsiyasining ta’siri ancha katta 
bo‘ldi.  
IV asrdan Yaponiyada qabilalarning ittifoqi tashkil topdi. V asrda esa qabilalar ittifoqining yo‘lboshchisi 
Yamato mamlakat hududining katta qismini o‘z hukmronligi ostida birlashtirdi. VI asrda Yaponiyada jamiyat-ning 
ijtimoiy tabaqalashuvi jarayonlarining kuchayishi va davlat apparati-ning shakllanishiga alohida urug‘larning qabilaviy 
ittifoq ustunligi uchun uzundan-uzoq olib borgan kurashi va Syotokutaysining g‘alabasi katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Syotokutaysi hukmronligi davrida, 604 yilda Yaponiyada birinchi qonun hujjati - Yamato podsholarining birinchi 
deklaratsiyasi - Syotoku Konstitutsiyasi, ya’ni 17 ta moddadan iborat Qonun paydo bo‘ldi. Unda davlat boshqaruvining 
prinsiplari belgilangan edi. 
Shu tariqa, 645 yildan boshlangan podsholik davri Tayka
133
 yillari degan nom olib, Yaponiyada markazlash-
gan davlat tuzish jarayoni va qator islohotlar o‘tkazish boshlangan. Bu islohotlar Tayka manifestida mustahkamlangan. 
Manifest esa keyinchalik maxsus «Tayxo ryo»
134
 kodeksi bilan to‘ldirilgan edi. 
Mayda yer egalari tomonidan to‘ldirilib turadigan bu toifadagi professional jangchilar tobora kuchli 
pomeshchiklarning homiyligi ostiga o‘ta borganlar va vaqt o‘tishi bilan samuray  deb nomlanadigan yopiq tabaqaga 
aylangan. Samuraylarning xo‘jayiniga sodiqligini qattiq talab qiluvchi, hatto uning uchun hayotini ham berishga tayyor 
turishi lozimligini belgilovchi o‘z iftixor qoidalari mavjud edi. 
Yaponiyada uzoq vaqt davom etgan siyosiy tarqoqlik uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini to‘xtatib qo‘ygan. 
Mamlakatda feodal munosabat-larning hukronligi to XIX asrning o‘rtasidagi burjua inqilobigacha, ya’ni 
«Meydzining
135
 qayta tiklanishi» deb nom olgan davrgacha davom etgan. 
 
7. Yaponiya jamiyatining tabaqaviy tuzilishi 
 
Yaponiyada, xuddi Xitoydagidek, urug‘ aristokratiyasining ajralib chi-qishi, qullar va boshqa toifadagi qaram 
aholining paydo bo‘lishi munosabati bilan ikkita ijtimoiy tabaqa: «aslzoda» va «aslzoda bo‘lmagan» kishilar taba-qasi 
shakllangan. Ularning ikkalasi bir qancha ijtimoiy guruhlarga bo‘lingan. Ular o‘rtasidagi chegaralar yetarli darajada 
qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan. «Asl-zoda» kishilar orasida imperatorga yaqin imtiyozli tabaqa, podsho saroyi a’zolari, urug‘ 
aristokratiyasi, yirik amaldorlar ajralib turgan. 
«Aslzoda kishilar» (ryomin)ning asosiy qismi, ilgari qudratli urug‘ boshliqlariga shaxsan qaramlikda bo‘lgan 
«davlat kishilari» singari, chek yer tizimi joriy qilingandan keyin davlat yerlariga o‘tkazib qo‘yilgan. Ular yerga, biron-
bir yer egasi - xo‘jayinga biriktirib qo‘yilmagan edi, lekin o‘zi xizmat qilayotgan uyezd boshlig‘i yoki xo‘jayinining 
ruxsatisiz yerini tashlab ketishi mumkin emas edi. 
Davlat oilalarni soliq (o‘lpon) to‘laydigan va majburiyatlarni bajara-digan birlik sifatida har tomonlama 
mustahkamlashga harakat qilgan. Ma-salan, «Tayxo Yoro ryo»
136
 deb nomlangan qonunlar to‘plamida kasallar-ni, 
keksalarni, cho‘loq, mayib-majruhlarni boqish majburiyati qarindosh-larga, ular bo‘lmasa, jamoa yoki mahalliy 
                                                      
133
 «Tayka» so`zining lug`aviy ma'nosi – «buyuk o`zgarishlar». 
134
 «Tayxo ryo» kodeksi «Tayka qonunlari to`plamlari» bo`lib, 646 yildan 700 yilgacha chiqarilgan 
barcha qonun hujjatlarini o`zida mujassamlashtirgan va 702 yilda chiqarilgan edi. 
135
 Mzydzi – imperator Mutsuxito boshqaruvi yillari (1868-1912 yillar). 
136
 «Tayxo Yoro ryo» - 717-723 yillarni o`z ichiga olgan Yoro davrining umumiy qonunlar to`plami. 
Armiya
 


 
111
hokimiyat zimmasiga yuklatil-gan bo‘lib, hosilsizlik yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarga yordam ko‘rsatish 
majburiyati mavjud edi. Qonun tomorqaning ajratilishini, agar bunda kichik yoshli bola yoki beva xotin yolg‘iz 
qoladigan bo‘lsa, taqiqlagan. Agar merosni taqsimlash paytida tomorqadan ajratma berilgan bo‘lsa va ajralib 
chiquvchining oilani boshqara olishiga hech qanday shubha bo‘lmasa, u holda yuqoridagi qoida istisno qilinishi 
mumkin edi. 
Yaponiyada irqiy va diniy mansubligiga qarab kishilarga turlicha munosabatda bo‘lish tan olinmagan.  
Yaponiyaning tabaqaviy-sinfiy tuzilishi keyingi asrlarda ham ancha aniq ifodalana borgan. Bunga tobora 
rivojlanib borgan feodal, vassallik-lenga oid munosabatlar bilan bir qatorda mamlakatdagi tub siyosiy o‘zga-rishlar ham 
ta’sir etgan. Masalan, 1192 yilda shimoliy feodallardan biri Minamoto o‘z raqiblari - boshqa feodallarni samuraylardan 
tuzilgan qo‘-shin yordami bilan tor-mor keltirib, mamlakatning poytaxti Kiotoni qo‘lga kiritadi va shu tariqa 
Yaponiyada syogunlik vujudga keladi. Imperator hokimiyati o‘zining real ahamiyatini yo‘qotadi. Eng katta feodallar 
o‘rtasi-dagi o‘zaro nizolar natijasida imperator qo‘lida faqat diniy hokimiyat qola-di, xolos. Dunyoviy oliy hokimiyat 
esa eng kuchli feodal - syogun - oliy hokim qo‘liga o‘tadi.  Yaponiyada ikki parallel sulola - imperator sulolasi va 
syogun sulolasi o‘rnatiladi. Shunday qilib, XIII asrda mamlakatda bi-rinchi syogunlikning o‘rnatilishi, harbiy-feodal 
oligarxiya boshqaruvining joriy qilinishi feodallarning oliy imtiyozli feodallar, bevosita syogunning vassallari 
(gokenin), boshqa feodal egaliklar, ibodatxonalar va monastir-larning vassallari (xigokenin) kabi guruhlarga bo‘linib 
ketishiga olib kelgan. 
Oddiy xalq - dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar feodallar tabaqa-siga kirmagan. Dehqonlarni ekspluatatsiya 
qilishning asosiy shakli natural obrok shaklida jon boshidan olinadigan renta bo‘lib qolgan. Bunda deh-qondan 
hosilning (sholining) 40 foizidan 60 foizigacha miqdorida soliq olinardi. Biroq, XIII asrda ham, XIV asrda ham 
Yaponiyada dehqonlar to‘la qaramlikka tashlanmagan edi. Shunga qaramay, XII-XIII asrlardayoq yapon dehqonlarining 
ahvoli juda og‘ir edi. Feodallar yer egalari sifatida qo‘llaridagi shaxsiy va harbiy hokimiyatdan ham, shuningdek, davlat 
tash-kiloti va uning butun moliyaviy-ma'muriy tizimidan ham keng suratda foy-dalanib, dehqonlarga juda ko‘p har xil 
to‘lov va soliqlar solardilar. Bir necha saroyni - mikado, syogun, sikken saroylarini ta’minlash mamlakatda juda 
qimmatga tushardi. Shu bilan birga katta va mayda feodallarning tin-may davom etgan o‘zaro urushlari dehqonlarning 
ahvolini og‘irlashtirardi. Yapon dehqonlari ko‘p jihatdan shahar sudxo‘rlariga qaram edilar, chunki soliq yig‘ish ishi 
odatda sudxo‘rlarga topshirilardi. Dehqonlar ko‘pincha kelgusi yil hosilini garovga qo‘yib, sudxo‘rlardan qarzga 
urug‘lik olardilar. Hamisha ocharchilik va buning natijasida doim bo‘lib turadigan yuqumli kasalliklar epidemiyasi XIV 
va XV asrlarda yapon qishloqlarida keng tar-qalgan hodisa edi. XV asrda ko‘tarilgan dehqonlar qo‘zg‘olonlari ham ta-
sodif emas edi. Bu vaqtda, ayniqsa, XIII-XIV asrlarda dehqonlar armiya-ning asosiy kuchini tashkil etardi. 
Yuqoridagilarning o‘ziyoq shuni tasdiqlaydiki, XIII-XV asrlarda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘li-shiga 
qaramay, ular hali krepostnoy qaramlikka tashlanmagan edi. 
Yapon jamiyatining tabaqaviy-sinfiy tuzilishi uchinchi syogunat davrida ancha tugallangan shakllarga ega 
bo‘ldi. U qonun bilan mustah-kamlandi va butun syogunat tomonidan har tomonlama muhofaza qilinadi-gan bo‘ldi. 
Yapon feodal jamiyati to‘rtta tabaqaga bo‘lindi. Tabaqaviy bo‘-linish asosan sinfiy bo‘linish bilan mos tushgan. Bu 
bo‘linish rasman «si-no-ko-syo»: samuraylar (si), dehqonlar (no), hunarmandlar (ko) va savdogarlar (syo) 
formulasi bilan belgilangan. Feodal jamiyatning eng tubida kam sonli parilar («eta») guruhi turgan. 
1615 yilda tokugavalar sulolasining birinchi syoguni Ieyasu tomon-dan «O‘n sakkizta qonunlar» chiqarilgan va 
unda jamiyatdagi to‘rttala tabaqa vakillarining yurish-turishlari qattiq tartibga solingan. Bu qonunga binoan, keyingi har 
bir syogun o‘z mansabiga o‘tirish chog‘ida feodal knyazlar yig‘ini oldida Ieyasu qonunlariga sodiqligi haqida qasamyod 
qilishi lozim edi. 
Dvoryanlarning hukmron tabaqasini ham avval syogunlar tashkil et-gan. XVII asrning boshida Yaponiyaning 
haqiqiy hukmdori - syogunning oilasiga mamlakat hududining 1/3 qismiga yaqini va mulkdor knyazlar – daymyoning 
300 yaqin oilalari tegishli edi. Bu tabaqa o‘ziga xos toifaviy guruhlarga bo‘lingandi. Daymyo (feodal knyazlar) juda 
katta yerlarga egalik qilib, ikki: fuday-daymyo va todzama-daymyo toifalarini tashkil etgan. Fudayday-myo 
Tokugava oilasiga bevosita vassal qaramlikda bo‘-lib, mamlakatdagi barcha oliy hukumat mansablarini egallagan edi. 
Tashqi knyazlar deb ataladigan todzama-daymyo esa boshqaruv ishlaridan chetlashtirilgan edi. 
Yerlarni olish-sotish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, u yashirincha, niqoblangan shaklda begonalashtirilgan, 
qishloqning yuqori tabaqalari, shuningdek, shaharlarning sudxo‘rlari qo‘lida to‘planib borgan. Feodal dvoryanlarning 
savdo-sudxo‘rlik kapitaliga iqtisodiy qaramligi kuchaygan. O‘sha vaqtda eng yirik bo‘lgan Mitsui uyi 1697 yilda 
syogunning moliya agenti, 1707 yilda esa imperatorning bankiri bo‘lib olgan edi. Tushkunlik, ayniqsa, xizmatchi 
samuraylar orasida ko‘zga yaqqol tashlangan. Daymyo-ning kambag‘allashuvi natijasida ular o‘z xo‘jayinlarini, shu 
bilan birga tirikchilik manbalarini yo‘qotganlar va ronin  (daydilar) bo‘lib qolishgan. Samuraylar asrlar davomida 
yashab kelayotgan an’analarga xilof ravishda hunarmandchilik va savdo bilan tobora ko‘proq shug‘ullana boshlaganlar 
va xizmatchilar, ishchilarga aylanganlar. 
 
8. Yaponiyaning davlat tuzumi va uning o‘ziga xosligi 
 
Ma’lumki 645 yilda boshqa urug‘lar orasida ta’siri kuchli bo‘lgan Tayka urug‘i tomonidan hokimiyatning 
bosib olinishi bilan Yaponiyada markazlashgan davlat tuzish jarayoni boshlanadi. Shu davrda yerga nisbatan davlat 
egaligi joriy etiladi. 
VII asrda Yaponiyada o‘tkazilgan va siyosiy inqilob ahamiyatiga ega bo‘lgan Tayka islohotlari merosiy yakka 
hokim boshchiligidagi ilk feodal davlatning o‘rnatilishiga olib keldi. Uning islohotlari quyi tabaqa kishilari-ning yuqori 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə