“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92

 
123
 
Musulmon huquqida jinoyat huquqi normalari fuqarolik huquqi normalariga nisbatan uncha batafsil ishlab 
chiqilmagan. Ular qadimiyligi, eskirib qolganligi, yuridik texnikasi jihatidan nisbatan uncha rivojlanma-ganligi bilan 
ajralib turadi. 
Shariatda jinoyat tushunchasining asosini diniy g‘oyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquqiy qonun-
qoidalar tashkil etadi.  
Musulmon  jinoyat huquqida jinoyat tarkibidagi to‘rtta asosiy belgilar ham nazarda tutiladi. 
Jinoyat tarkibining asosiy elementlaridan biri jinoyat ob’yekti hisoblanadi. Shariatda, shuning-dek, jinoyatning 
ob’yektiv tomonini tavsiflovchi qator belgilar ham mav-jud. Masalan, o‘g‘rilik, bosqinchilik, zino, zinokorlikda 
ayblash (tuhmat) va boshqa jinoyatlar tarkibining ob’yektiv tomoni ularning ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof 
harakatlardan iborat ekanligidadir. Bunday jinoyatlar bir-biridan, asosan, qilmishning xususiyati bilan, mulkka qarshi 
qaratilgan jinoyatlar esa bir-biridan mulkni qonunsiz egallash usuli, ya’ni jinoyatning ob’yektiv tomoni bilan farq 
qiladi. 
Shariatda jinoyat sub’yekti masalasiga ham e’tibor beriladi. Xanafiy maz-habi bo‘yicha jinoyat sub’yektining 
yoshi 15 yosh qilib belgilangan. Ta’ki-dlash joizki, musulmon jinoyat huquqida aqli zaif, isrofgarchilik va nobud-
garchiliklarga yo‘l qo‘yyuvchilar, aqldan ozganlar, go‘daklar, xotirasi sust, seruyqu va gung (tilsiz) kishilar aqli 
norasolar qatoriga kiritilgan 
Musulmon jinoyat huquqida jinoyatning sub’yektiv tomonini tav-siflovchi belgilar ham hisobga olinadi. 
Unga binoan qasddan yoki ehtiyot-sizlikdan qilingan jinoyatlar bir-biridan farqlanadi. «Hidoya» asarida bu jinoyat besh 
turga bo‘lib ko‘rsatilgan: 1) qasddan odam o‘ldirish; 2) qasdga o‘xshash o‘ldirish; 3) beqasd (bilmay) o‘ldirish; 4) 
beqasdga (bilmasdan) o‘xshash o‘ldirish; 5) sababli qotillik. Shuningdek, shaxsning sog‘ligiga qarshi jinoyatlar ham 
musulmon huqu-qida qasd va ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkinligi inobatga olingan. Bunda har ikkala ayb shakliga 
alohida-alohida jazo turi belgilangan. 
Shariat bo‘yicha jinoyatda ishtirokchilik masalasi ham uncha to‘liq ishlab chiqilmagan. Lekin shariatning 
jinoyat huquqi nazariyasida zaruriy mudofaa tushunchasi nazarda tutilgan.  
Aybni yengillashtiruvchi holatlar qatoriga quyidagilar kir-gan: 1) aybini bo‘yniga olish, chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lish; 2) yet-kazilgan zararni ixtiyoriy ravishda to‘lash; 3) majburlash yoki moddiy to-mondan, xizmat 
jihatidan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; 4) jabrla-nuvchining aybdorni kechirishi; 5) voyaga yetmaganlar yoki 
ayollar tomo-nidan jinoyat sodir etilishi; 6) qullar tomonidan jinoyat sodir etilishi; 7) podsho tomonidan jinoyat sodir 
etilishi va hokazo. Shariatda takroran jinoyat sodir etishlik, guruh bo‘lib jinoyatga qo‘l urish va boshqalar aybni 
og‘irlashtiruvchi holatlar hisoblanib, bunday hollarda og‘irroq jazolar nazarda tutilgan. 
Musulmon jinoyat huquqi bo‘yicha jazolarning xilma-xil turlari na-zarda tutilgan. Albatta, bunda davlatdan 
oldingi jamiyatga xos, eskirgan ja-zo usullaridan ham foydalanilganligini ta’kidlash joiz. Masalan, shariatda ko‘pgina 
jinoyatlar uchun qasos olish, tovon, ta’zir va boshqa jazo turlari belgilangan. R.Sharlning ta’kidlashicha, musulmon 
huquqshunoslari VIII asrdan boshlab musulmon axloqini tuzatishga oid jazolardan ta’zirni qo‘l-lash orqali jazolarni 
individuallashtirish, ya’ni jinoyatning turiga qarab, har bir jinoyatchiga alohida-alohida jazo choralari belgilash 
tamoyiliga suyangan edilarki, bu qoida Yevropa qonunlariga ancha kech kiritilgan
126

Musulmon jinoyat huquqida jazolar og‘irlik darajasiga qarab quyida-gi uch turga: 1) had; 2) qasos yoki tovon 
va kafforat; 3) ta’zir jazosi turla-riga bo‘linadi.  
Musulmon huquqida sud ishlarini yuritish tartibi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turgan. Sud jarayoni, 
odatda ayblov xarakteriga ega bo‘lgan. Ish ko‘pincha davlat nomidan emas, manfaatdor shaxslar tomonidan 
qo‘zg‘atilgan. Fuqarolik va jinoyat sudlovlari o‘rtasida farq yo‘q edi. Sud ishlari oshkora tartibda, odatda machitlarda 
ko‘rib hal qilingan.  
  
 
 
 
 
6. O‘rta asrlarda Xitoy huquqining asosiy belgilari 
 
O‘rta asrlarda Xitoyda huquqning rivojlanishi asosan jinoiy-huquqiy 
normalarni ishlab chiqish, taba-qaviy-darajaviy farqlarni, aholining soliq majburiyat-
larini, davlat yerlarini ushlab turuvchilarining turli toifalarini, shuningdek, davlat 
mulkini saqlash uchun, davlat xazinasini to‘ldirish uchun Mas’ul bo‘lgan shaxslarning 
majburiyatlarini tartibga solish yo‘lidan bordi. Bularning hammasi o‘zaro bir-biriga 
bog‘liq normalar bo‘lib, ko‘p sonli huquqiy yodgorliklarning, sulolalarning kodekslar deb nom olgan qonunlar 
to‘plamlarining mazmunini tashkil etdi. 
Sulolaviy qonunlar to‘plamlarining o‘zak normalarini sulolaning asoschilari yaratgan edi (bunday normalar 
vaqt o‘tishi bilan ilohiy o‘rna-tilganlik belgilariga ega bo‘lib borgan). Sulolaning vorislari esa bu o‘zak normalarni 
takomillashtira borib, o‘z qonun hujjatlari bilan kengay-tirganlar, to‘ldirganlar. 
Xandan boshlab qonunlar to‘plamlari an’anaviy-huquqiy normalar - lyuyning barqaror o‘zagini o‘zgarishsiz 
mustahkamlash asosida tuzilgan. Lyuy yangi normalar - lin  bilan to‘ldirib borilgan. Asta-sekin lyuy va lin o‘rtasida 
                                                      
126
 Qarang:Шарл Р. Мусульманское право. – M.: 1959.-41-bet. 
Huquq 
manbalari
 


 
124
huquqiy tartibga solish sohasi bo‘yicha ajralish yuz bergan. Lyuy jinoiy qonunlarni, lin - ma’muriy qarorlar va 
boshqalarni o‘z ichiga olgan. 
Bizgacha yetib kelgan birinchi qonunlar to‘plami -VII asrdagi Tan sulolasi kodeksi - «Tan lyuy shui» 
hisoblanadi. Bu qonunlar to‘plamida qonunlarning to‘rtta turkumi: lyuy - jinoyat qonunlari; lin - ma’muriy qonunlar; 
ko - jinoyat va ma’muriy qonunlarga qo‘shimcha; shi - qonunlarni qo‘llash haqidagi qoidalar o‘rnatiladi. 
XI asr oxirida Xitoyda qonunlarni qayta ko‘rib chiqish va tasniflashtirish bo‘yicha maxsus byuro tuziladi. U, 
jumladan, «900 ta moddadan iborat qonunlar to‘plami»ni tayyorlaydi. XIV asrning oxirida «Min sulolasi qonunlari 
to‘plami» dunyoga keladi. U oldingi kodekslarning ko‘p qoida-larini xuddi o‘zidek qaytargan. Shu narsa xarakterliki, 
bu amaliyot  Xitoyda manchjurlarning Sin sulolasi (1644-1912 yillar) o‘rnatilgandan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. 
Pekin manchjurlar tomonidan bosib olingandan keyin, 1644 yildayoq Min kodeksiga yangi siyosiy shart-sharoitlarga 
mos tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritish maqsadida uni o‘rganish ishlari boshlab yuborilgan edi. 
Manchjurlarning saroy amaldorlari va sudyalari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 1647 yilda Kodeks 
tuzilgan. Uning juda ko‘p qoidalari eski Min sulolasining kodeksidan o‘zlashtirilgan edi.  
O‘rta asrlarda Xitoy huquqida qadimdan an’ana bo‘lib qolgan bir qator belgi va xususiyatlar saqlanib qolgan 
edi. Xususan, bunda axloq nor-malari (li) va qattiq huquqiy normalar (fa) o‘zaro bog‘liq harakat qilgan.  
Bu andazaning amal qilishiga legizmdan kelib chiqadigan ommaviy ongning boshqa belgisi ham bog‘liq. 
Qonunning asosiy maqsadi - shaxs erkinliklari sohasini tartibga solish emas, balki kattalarga, hukmdor irodasiga 
bo‘ysunishning an’anaviy prinsiplarini to‘ldiruvchisini ta’qib qilish, jazolash bo‘lgan. 
Xitoyda jinoyat huquqi boshqa huquq sohalariga qaraganda ko‘proq rivojlangan. Jinoyat huquqi normalari 
o‘rta asrlar  Xitoyi huquqi tizimida bosh o‘rinni egallaydi. Jinoyat huquqining ko‘p normalari faqat jinoyat sodir 
etilgandagina qo‘llanilmay, balki oddiy axloq normasini mavhumiy buzish: «qilish mumkin bo‘lmagan narsani 
qilishlik» uchun kaltak bilan urish jazosining nazarda tutilganligi an’anaviy huquqiy ong tantanasiga misol bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. 
Xitoy an’anaviy huquqida konfutsiylik ta’limoti nuqtai nazaridan ji-noyatlarni ularning ijtimoiy xavfliligiga 
qarab tasniflashtirish juda qadimgi davrlardayoq vujudga kelgan va bu asrlar mobaynida yashab kelayotgan «O‘nta 
yovuzlik» kontsepsiyasi asosida amalga oshirilgan. Bunda diniy marosim jinoiy tajovuz ob’yekti sifatida chiqqan. Bu 
bo‘ysunmaslik, o‘g‘ilning ota-onaga quloq solmasligi, ota-onasi bilan kelishmovchiligi va boshqa shakllarda buzilishi 
mumkin edi. Bularning hammasi jinoiy-huquqiy normalarning nihoyatda mujmal, noaniq ekanligini belgilash
sudyalarga jinoyatlarning og‘irlik darajasini mustaqil va erkin baholash, amalda har qanday jinoyatga u yoki bu 
turkumdagi taomil, odat deb qarash imkonini bergan. «O‘nta yovuzlik»ning bu xususiyatlari Xitoyda hamma asrlarda 
qadrlangan. Natijada Xitoyda huquqiy normalarning keng sharhla-nishiga yo‘l qo‘yilmagan, yozilgan qonunga nisbatan 
chuqur hurmat qaror topmagan. 
Tan ko-deksi ming yildan ortiq vaqt mobaynida jazolarning beshta asosiy tizimini tartibga solib turgan. Ular: 
1) ingichka kaltak bilan urish (besh darajali: 10 marta, 20 marta, 30 marta, 40 marta, 50 marta); 2) yo‘g‘on tayoq bilan 
urish (besh darajali: 60 marta, 70 marta, 80 marta, 90 marta, 100 marta); 3) katorga ishlari (uch darajali: 1 yilga, 2 yilga, 
3 yilga); 4) surgun (joyning uzoqligiga qarab uch darajali: 2 mingdan 3 ming li
132
gacha); 5) o‘lim jazosi (ikki shaklda: 
boshini kesish va osib o‘ldirish)dan iborat. 623 yilda qo‘shimcha katorga ishlari bilan birga surgun qilish jazosi joriy 
qilingan. Buni o‘lim jazosiga almashtirish mumkin edi. X-XI asrlarda o‘lim jazosiga jinoyatchining murdasini 
bo‘laklarga bo‘lish jazosi qo‘shimcha qilingan. 
Jinoyat uchun jazolar haqidagi masala hal qilinayotganda boshqa toi-fadagi mansabdorlar ham imtiyozlardan 
foydalanganlar.  
Xitoyning butun huquqiy tartiboti asosida yotuvchi birgalikdagi javobgarlik prinsipi javobgarlikka tortiladigan 
shaxslar doirasining ancha aniq belgilanganligi hisobigagina emas, balki jazo shakllarining o‘zgarishi hisobiga ham 
shaklan o‘zgarib borgan. Birgalikdagi javobgarlikka faqat qarindoshlik va xizmat aloqalari bilan bog‘langan 
shaxslargina emas, balki hududiy, ma’muriy jihatdan bog‘liq shaxslar (qo‘shnilar, mahalliy hoki-miyatlar) ham tortilar 
edi. Birgalikdagi javobgarlikda jazolar tizimi tobora murakkablashib va mukammallashib borgan. U faqat o‘lim jazosini 
emas, boshqa jazolarni ham o‘z ichiga ola boshlagan. 
Xitoyning o‘rta asrlar huquqi manfaati yo davlat yer egaligi, yo 
xususiy yer egaligi bilan bog‘liq ijtimoiy-sinfiy kuchlarning tinimsiz qarama-
qarshi kurashlari sharoitlarida shakl-landi. Jamoa yer egaligi Xitoyda 
qadimgi davrlardayoq tugatilgan edi. Yerga birgalikdagi egalik avlodlarning 
diniy marosimlarini qo‘llab-quvvatlashga va jamoat qabristonlariga ajratilgan 
oilaning bo‘linmaydigan mulki, urug‘ mulki shaklida uzoq vaqtgacha mavjud 
bo‘lib turgan.  
Xitoy huquqi mulkni harakatdagi va ko‘chmas mulkka ajratgan. Unda oddiy narsalarni va yer, odam, qora  
mollarni olib sotish bir-biridan farqlangan.  
Xitoyda nikoh-oila huquqining diniy an’analar bilan chambarchas 
bog‘liqligi o‘rta asrlar huquqida uning normalari ustunligining barqaror-ligini 
belgilagan. Patriarxal oila asoslari - otaning oila a’zolari ustidan, yerning xotin 
ustidan hukmronligi va boshqalar ushbu normalarning mohiyatini belgilagan. 
Boshqa-boshqa tabaqalarning vakillari o‘rtasidagi nikohlar qattiq 
                                                      
132
 1 ming li – taxminan 500 km. 
Mulkiy 
munosabatlarnin
g tartibga 
Nikoh-oila va 
meros 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə