“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92

 
118
va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyati-gagina 
ega, degan ta’limotni ilgari surganlar. 
Shariat uchun, ayniqsa uning rivojlanishidagi dastlabki bosqichlarda, musulmonning huquqlariga emas, balki 
uning Alloh oldidagi burchlariga e’tibor berish xarakterlidir. Shariatda musulmonlarning bunday majbu-riyatlarini 
o‘rnatuvchi normalar juda ko‘p bo‘lib, ular musulmonning bu-tun hayotini (har kuni besh vaqt namoz o‘qishi, ro‘za 
tutishi, dafn maro-simlariga rioya qilishi va hokazo faoliyatini) belgilaydi. Shariat normalari-ning o‘ziga xos xususiyati 
aynan ushbu normalarning faqat musulmonlarga va musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarga tadbiq qilinishida ekanligi 
ham tasodifiy emas. Ilk islom va shariatga jamoa tuzumidan o‘sib chiqqan normalar - qoidalar  xosdir. Bunday 
normalarda kollektivchilik, rahmdillik, mayib-majruh  va boshqa nochor kishilar  haqida g‘amxo‘rlik elementlari 
saqlanib qolgan edi. Biroq albatta shariatda insonning xudo oldida ojizligi haqidagi, unga so‘zsiz itoat etishi haqidagi 
tasavvurlar ham o‘z ifodasini topgan. Qur’oni Karimda musulmon uchun sabr-toqat va mo‘minlik  zarurligi alohida 
ta’kidlanadi: «Sabr qiling, Alloh sabr qiluvchilar bilan». Shu tariqa shariatda musulmonning xalifaga va davlat 
hokimiyatiga bo‘ysunish majburiyati mustahkamlangan: «Allohga bo‘ysuning va uning elchisiga va oralaringizdagi 
hokimiyat egalariga itoat eting». 
Musulmon huquqshunos olimlari shariatning asosiy va an’anaviy qoidalarini saqlab qolgan holda sof yuridik 
tabiatga ega bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p huquqiy ta’limotlar va normalar ishlab chiqdilar. Abu Hanifa an-Nu'mon ibn Sobit 
(699-767 yillar), Malik ibn Anas Abu Abdulloh (721-795 yillar), Abu Abdullo Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (767-
820 yillar), Ahmad Abu Abdulloh ash-Shayboniy ibn Hanbal (tug‘ilgan yili ma’lum emas-825 yillar) va boshqalar 
musulmon dunyosida juda mashhur va nufuzli bo‘lganlar. 
Abu Hanifa sunniylikdagi hanafiya mazhabining asoschisi va imomi, ilohiyotchi fiqhshunoslardan biri bo‘lib, 
shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tadbiq etgan, istihon (manbalar asosida chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa yoki 
hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘i va foy-dalirog‘ini qabul qilish) prinsipini ishlab chiqqan
mahalliy huquq norma-larini (odatni) shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan, huquqshunos-likka ratsionalizm 
elementlarini kiritgan. Undan yozma asarlar qolmagan, lekin ayrim manbalarga ko‘ra, u «Buyuk huquqshunoslik» («Al-
fiqh al-akbar») nomli mashhur kitobning muallifi hisoblanadi. 
Malik ibn Anos molikiya mazhabining asoschisi, ilohiyotchi faqih-lardan biri bo‘lib, islom diniy huquq 
tizimini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan, Muhammad (SAV) davridagi an’analarni yoqlab chiqqan, ya’ni 
«ashob al-hadis» («hadis tarafdorlari») oqimining yirik namoyondasi bo‘lgan. Uning yagona asari - «Al-Muvatta'» 
(«Ommaviy», «Barchaga tushunarli» ma’nosida) bo‘lib, ilk hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi. 
Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy sunniylikdagi shofi'iya mazhabi-ning asoschisi va imomi, ilohiyotchi 
faqihlardan biri bo‘lib, Makkada ya-shagan, hadislar va fiqxni o‘rgangan, 810 yildan Bog‘dodda o‘z ta’limotini targ‘ib 
qilgan. Shofi'iy o‘z asarlarida islom huquqini an’anaviy normalar bilan bog‘lashga intilgan. U fiqh asoslariga to‘la ta’rif 
bergan, ijmo‘dan foydalanishga e’tibor qilgan. Uning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan «Kitob al umma» to‘plami 
shakliga keltirilgan. 
Ibn Hanbal hanbaliya mazhabining asoschisi va imomi bo‘lib, izchil, e’tiqodi mustahkam sunniylikni himoya 
qilgan va mu’taziliylarga qarshi kurashgan. Uning ta’limoti XVIII asr oxirlarida vahhobiylarning shakl-lanishiga asos 
bo‘lgan. Diniy huquq va hadisshunoslik sohasidagi 6 jildlik «Musnad» («Suyanchiq» yoki «Tirgak», Qohira, 1895) 
nomli asari hozir-gacha yetib kelgan. 
Islomda yuz bergan dastlabki ixtiloflar natijasida VII asrning II yarmida unda 
uchta asosiy yo‘nalish - xorijiylar, sunniylar, shialar paydo bo‘lgan. 
Xorijiylarning bo‘linishi jarayonida paydo bo‘lgan sektalar (azraqi-lar, sufriylar 
va 
boshqalar) asosan o‘rta asrlarda yo‘qolib ketib, ulardan faqat bittasi ibodiylar (abodiylar) 
hozirgacha saqlanib qolgan. 
Sunniylik eng katta yo‘nalish bo‘lib (hozir jahondagi barcha musul-monlarning 
qariyb 92,5 foizi sunniylar hisoblanadi), u islomda doimo ortodoksal oqim deb tanilgan, unda ixtiloflar kam bo‘lgan. 
Shuning uchun sunniylik ichidan o‘rta asrlarda hech qanday sektalar ajralib chiqmagan. Yangi davrda vahhobiylar 
diniy-siyosiy oqimi va o‘ziga xos sekta sifatida shakllangan ahmadiya sunniylikdan ajralib chiqqan. 
Shialik sunniylikka nisbatan oppozitsiyada turgan yo‘nalish bo‘lib, undan bir necha sekta ajralib chiqqan. O‘rta 
asrlardayoq yo‘qolib ketgan qarmatlar, hashshoshiylar, hozirgacha mavjud bo‘lgan imomiylar, ismoi-liylar, druzlar, 
zaydiylar, nusayriylar (alaviylar), aliilohiylar, yangi davrda paydo bo‘lgan bobiylar, behoiylar shular jumlasiga kiradi. 
Sunniylik yo‘nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi va 4 ta fiq-xiy: hanafiy, shofi'iy, molikiy, hanbaliy va 
2 ta aqidaviy: ash'ariy va motu-ridiy mazhablaridan iborat. Sunniylar mazhablar bo‘yicha quyidagicha nis-batda 
bo‘lganlar: hanafiylar - 47 %, shofi'iylar - 27 %, molikiylar - 17 %, hanbaliylar - 1,5 %. Shia yo‘nalishi ismoiliy, ibodiy, 
ja'fariy, zaydiy maz-hablarini o‘z ichiga olib, dunyodagi musulmonlarning 7,5 % ni tashkil qiladi. 
Sunniylik bilan islomdagi ikkinchi asosiy yo‘nalish-shialik o‘rtasi-dagi hokimiyat masalasida (sunniylik 
xalifalik hokimiyati, shialik esa imo-mat tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analar (masalan, azon, mut'a, shaxsey-
vaxsey, mazdiylik va h. k.)da birmuncha tafovutlar bor. 
Shialik (arabcha - guruh, tarafdorlar) - islomdagi asosiy yo‘nalishlar-dan biri. O‘zining tarqalishi va ijtimoiy-
siyosiy mohiyati jihatidan sunniy-likdan keyingi o‘rinda turadi. Shialik diniy-aqidaviy ta’limotda, marosim va urf-
odatlarda ortodoksal sunniylikdan ma’lum darajada farq qiladi. Diniy-siyosiy harakat sifatida xalifalar hokimiyatiga 
qarshi kurash olib borgan feodal guruhlarning, hatto xalq qo‘zg‘olonchilarining mafkurasi sifatida ham maydonga 
chiqqan. Shialik aslida feodal guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, bu 
ixtiloflar ko‘pincha diniy ta’limotdagi tafovut shaklida namoyon bo‘lgan. Shialik tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi 
Islomda 
oqimlar 
va 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə