“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92

 
115
olingan Hindis-tonda har doim amal qilavermaganlar. Chunki hayot ko‘pincha ularni ma’-lum yon berishlar qilishga, 
din erkinligi siyosatini yuritishga majbur qilar-di. 
Musulmon hukmdorlari oliy qonun chiqarish va sud hokimiyatiga ega edi. Musulmon davlatida davlat 
boshlig‘idan keyin ikkinchi shaxs - oliy chinovnik - vazir  bo‘lgan. U harbiy va moliyaviy idoraga rahbarlik qilgan. 
Uning asosiy majburiyati sultonning buyruqlarini hayotga tadbiq qilish edi. Vazirlar ko‘pincha butun hokimiyatni o‘z 
qo‘llarida to‘plardilar.  
Dehli sultonligida ham, Buyuk Boburiylar saltanatida ham markaziy boshqaruvni maxsus hukumat idoralari - 
devonlar  amalga oshirgan. De-vonlar boshqaruvning turli sohalarini idora qilganlar, turli ma’lumotlarni saqlovchi 
maxsus kitoblar yuritganlar, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘l-gan statistik ma'lumotlar to‘plaganlar. 
Harbiy mahkama musulmon davlati mexanizmida alohida o‘rinni egallardi. U harbiy kuchlarni, yollanma 
qo‘shinlar sonini, sulton yoki pod-shohning shaxsiy qo‘riqchilarini, yer va pul mukofotlarini, gornizonlarning 
joylashgan joyini hisobga olish bilan shug‘ullanardi. Bu mahkamaning bosh intendanti
145
 va xazinachisi Boburiylar 
saltanatida jagirlar berilishini nazorat qilgan, ko‘riklarda qo‘shinlar hisobini, uning qurollanishini tek-shirgan. Moliya 
mahkamasi davlat xazinasiga soliqlar, o‘lponlar va boshqa tushumlarning kelib tushishini va hisobga olinishini nazorat 
qilgan. 
Barcha davlat xizmatchilarining tayinlanishini va ularga davlat xazi-nasidan mablag‘lar hamda yerlar 
berilishini maxsus mahkama amalga oshirgan. Bu mahkama tepasida XVI asrda mirsamana turardi. U bir vaqt-ning 
o‘zida podshohlik ustaxonalari va omborxonalarini ham yuritardi. Davlatning yana bir muhim mahkamasi - Sadr-us-
sudur bo‘lgan. U o‘ziga xos din va sud bosh boshqarmasi hisoblangan. Unga bevosita podshohning o‘zi yoki uning 
tomonidan tayinlangan maxsus vakil boshchilik qilgan. Qozilar xuddi shu mahkama tomonidan tayinlanardi. 
Dehli sultonligida ham, Boburiylar saltanatida ham saroy mansab-dorlari va davlat mansabdorlari funksiyalari 
o‘rtasida aniq chegaralar yo‘q edi. Dehli sultonligining saroyi mamlakat siyosiy hayotining va imperiya boshqaruvining 
markazi bo‘lgan. Saroyda saroy boshqaruvchisi - vakildor alohida o‘rin tutardi. U sultonning oilasiga va yaqinlariga 
qilinadigan xizmatlarni uyushtirgan, ularning ovqatlanishini ta'minlagan, sultonning xizmatkorlarini boshqargan. 
Boburiylar saltanatida barcha saroy xizmat-chilari harbiy unvon va darajaga ega bo‘lganlar. Ular ko‘pincha davlat 
mansabdorlari faoliyati ustidan nazorat qilib turganlar. Markaziy bosh-qaruvda podshohning shaxsiy kotibi katta rol 
o‘ynardi. U podshoh farmon-larini ko‘rib chiquvchi maxsus amaldor edi. 
Dehli sultonligi va Boburiylar saltanati davlat mexanizmining umu-miy belgilari ular o‘rtasidagi farqlarni 
istisno qilmagan. Har ikki davlat o‘z vaqtida o‘ziga xos davlat organlari, mansabdor shaxslari va siyosiy rejimi bilan 
ajralib turgan. Dehli sultonligining hukmdorlari bosib olingan mam-lakatlarda o‘z hokimiyatini xalq va isyonchi hind 
hukmdorlari qarshiligini bostirishning qattiq usullari bilan o‘rnatganlar. Sultonlar harbiy kuchlarga suyanib, 
bo‘ysunmagan kishilarning mol-mulklarini musodara qilganlar, o‘zlarini o‘ldirganlar. Islom (sunniylik oqimi) davlat 
dini, fors tili esa - sud ishlarini yuritish tili bo‘lib qolgan. Boburiylar hukmronligi mutlaqo bosh-qacha yo‘ldan bordi. 
Masalan, Boburning nevarasi shoh Akbar o‘zidan oldin o‘tgan shohlardan boshqacha yo‘l tutib, hind feodallarini o‘z 
xizma-tiga tortishga harakat qilgan edi. Shuningdek, u hind savdogarlariga doim homiylik qilib kelgan edi. Induizmga 
e’tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta’qib ham Akbar davrida to‘xtatildi.  
Hind aholisi juz'yadan, ya’ni hindlarni kamsituvchi, jon boshiga soli-nadigan og‘ir soliqlardan ozod qilingan 
edi, bundan oldin esa bu soliqdan faqat musulmonlargina ozod edi. Akbar din erkinligi to‘g‘risida farmon chiqarib, 
avvallari majburiy ravishda islom diniga kiritilgan hindlarga o‘z-larining ilgarigi dinlariga bemalol qaytishga ruxsat 
etgan edi. Akbar pod-sholik qilgan davr har ikkala lager - musulmon va hind feodallari muayyan darajada jipslashgan 
davr bo‘ldi. Bu davrda juda katta miqdordagi yerlar nafaqat musulmon ruhoniylariga, balki induslarning 
ibodatxonalariga ham berildi. Shaharlarga nisbatan siyosatda ham ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, Akbar 
davridan boshlab ma’muriy va soliq apparatidagi oliy ma-nsablarga savdogarlardan, hunarmandlardan va past 
tabaqadan shaxslar tayinlana boshlandi. 
Boburiy hukmdorlar sunniylik oqimining xanafiylar mazhabidan bo‘-lganliklari uchun boshqaruv va sud 
ishlarini yuritishda mahalliy sharoit-larni hisobga olishni talab qilardilar. Akbarning bu yo‘ldagi siyosatini uning 
vorislari - o‘g‘li Jahongir (1605-1627 yillar) va nabirasi shoh Jahon (1627-1658 yillar) davom ettirdi. 
Qadimgi Hindistondayoq ma’muriy bo‘linishning joriy qilinishi jamoachi 
dehqonlardan soliq va o‘lpon-lar undirish maqsadiga bo‘ysundirilgan edi. Masalan, 
Gupta va Xarsha imperiyalari provinsiyalarga bo‘linib, ularni chegara vi-loyatlarining 
boshliqlari yoki noiblar boshqarardilar. Provinsiyalar okrug-larga bo‘lingandi. Eng 
kichik ma’muriy birlik qishloq jamoasi edi. 
Musulmon hukmdorlari yangi ma’muriy-hududiy bo‘linishni joriy qilganlar. Dehli sultonligi 23 ta 
provinsiyaga bo‘lingan. Yirik provinsiya-lar shiki (viloyat)larga bo‘lingan edi. Undan keyingi ma’muriy-hududiy birlik 
-  pargana  (tuman) bo‘lgan. Uning tarkibiga bir qancha qishloqlar va patta - bir-ikki qishloq kirgan. Boburiylar 
saltanati Akbar podsholigi davrida 15 ta viloyatga bo‘linib, har bir viloyatga shoh noibi - hakam (gubernator) boshliq 
qilib qo‘yilgan edi. Shuningdek, har bir viloyatga foujarlar - harbiy boshliqlar, gumashtalar - soliq yig‘uvchilar va 
kutvollar - shahar boshliqlari tayinlanardi. 
Dehli sultonligida ham, Boburiylar saltanatida ham ma’lum darajada braxman-kshatriylarning yuqori tabaqasi 
boshchiligidagi jamoalarning o‘zini o‘zi boshqaruvi saqlanib qolgan edi. Musulmon hukmdorlari hind jamoalarini, 
ayniqsa yirik jamoalarni to‘liq bo‘ysundira olmaganlar. Masa-lan, Boburiylar mahalliy hukmron urug‘larning 
                                                      
145
 Intendant – armiyada moddiy ta'minot xizmatini bajaruvchi harbiy xodim. 
Mahalliy 
boshqaruv
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə