“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92

 
116
egaliklarini tan olmagan-lar. Lekin amalda pargana va patta singari ma’muriy birliklar urug‘larning egaliklari bilan mos 
tushgan. 
Hind jamoalari tepasida mukkadamlar, chaudxrlar (dohiylar) tur-gan. Ular hukmron bo‘lgan kastalarning 
boshliqlari edilar. Jamoalar tarki-bida bir nechta qishloqlar bo‘lardi. Qishloq tepasida xuta  turgan. Mukka-damlar, 
chaudxrlar, xutalar markaziy apparatning mansabdorlari emas, so-liq to‘lovchilarning vakillari edi. Jamoa mansablari 
meros bo‘lib o‘tardi, shuningdek merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanardi. Bu vaqtda jamoa ken-gashlari - panchayatlar 
ham mavjud edi. Panchayatlar okrugda, qishloqda hukmron bo‘lgan kastalarning vakillaridan iborat tarkibda bo‘lardi. 
Musulmon hukmron rejimining musathkamligi uning armiyasining 
jangovarligini belgilagan. Musul-monlardan iborat otliq askarlar armiyaning asosiy 
kuchi 
bo‘lgan. Saroy qo‘riqchilariga va boshqa saralab olingan qo‘shinlarga alohida o‘rin 
ajratil-gan edi. Dehli sultonligining armiyasi o‘nlik tizimi asosida tashkil etilgan edi. Harbiy va fuqarolik chini 
harbiylarning soniga qarab belgilangan. Amir yuzta chavandozga, malik - mingta chavandozga, xon - o‘n mingta 
chavandozga qo‘mondonlik qilardi. 
Boburiylar saltanatida qo‘shinlar soni yollanma askarlar hisobiga an-cha ko‘paytirilgan edi. YOllanma 
askarlarga bevosita xazinadan haq to‘la-nardi. Yollanma askarlar alohida imtiyozli mavqega ega edilar. Ular bevo-sita 
podshohga itoat etardilar. Shunisi diqqatga sazovorki, qudratli yer ega-liklari o‘zlarining harbiy qo‘shinlariga ega edilar. 
Yirik hind jamoalari o‘z hududlarini va huquqlarini qo‘lga qurol olib birgalikda himoya qilardilar. 
Barcha musulmon davlatlarida sud ishlarini yuritish Qur’on qoidalari asosida amalga 
oshirilgan. Bunga ko‘ra, sud ma’muriyatdan ajratilgan va davlat boshlig‘i tomonidan tayinlangan 
qo-
zilar tomonidan amalga oshirilar edi. Sud tizimida sud mansabdorlarining pog‘onama-pog‘ona 
bo‘ysunishi, fuqarolik va jinoiy sud ishlarini yuritish o‘rtasidagi farq ham mavjud emas edi. Qozilar ishlarni yakka 
o‘zlari ko‘rib hal qilganlar. Mahalliy qishloq, kastaga oid jamoalarning barqarorligi maxsus panchayatlar sudlarining 
mavjudligini belgilagan. Panchayatlar sudlari muhim vakolatlarga ega edilar. Ular jamoalarning yerlarini taqsim-
laganlar, kastalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solganlar, kastaga oid va oilaviy tartib-qoidalarga rioya qilinishini 
kuzatib turganlar.  
Armiya
 
Sud
 


 
117
O‘RTA ASRLARDA SHARQ  
MAMLAKATLARI HUQUQINING RIVOJLANISHI 
 
1.  Musulmon huquqining asosiy belgilari. 
2.  Musulmon huquqining manbalari. 
3.  Shariat bo‘yicha fuqarolik huquqi masalalarining tartibga solinishi. 
4.  Musulmon huquqida nikoh-oila va meros masalalarining tartibga solinishi. 
5.  Shariat bo‘yicha jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi. 
6.   O‘rta asrlarda Xitoy huquqining asosiy belgilari. 
7.  O‘rta asrlarda Yaponiya huquqining asosiy belgilari. 
8.  O‘rta asrlarda Hindiston huquqining asosiy belgilari. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI.2003.2- qism 
9. H.Muhamedov O’rta asrlarda Fransiya davlati va huquqi. T., Adolat.2000  
10. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005.2- qism 
11. Xusniddinov Z. Islom: yo`nalishlar, mazhablar, oqimlar.-T.: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2000 
 
1. Musulmon huquqining asosiy belgilari  
 
Musulmon huquqi - shariat o‘rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasining juda 
katta hodisasi hisob-lanadi. Bu huquqiy tizim Arab xalifaligi doirasida vujudga 
kelib, rasmiylashgan va asta-sekin xalqaro ahamiyat kasb etib borgan. Uning 
rivojlanish jara-yoni arab davlatchiligining VII asr boshida (Mu-hammad 
salollulohu alayxi vassallam davrida) kichik patriarxal diniy jamoadan VIII-X 
asrlarda (Umaviylar va Abbosiylar davrida) yirik impe-riyalardan biriga o‘sib 
o‘tishi jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. 
Shariat eng boshidan (hech bo‘lmaganda dastlabki ikki asr mobayni-da) 
qat’iy diniy huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. U islom ilo-hiyoti bilan 
uzviy qo‘shilib ketdi, uning diniy axloqiy tasavvurlarini mu-jassam etdi. Islom ta’limoti bo‘yicha diniy qoidalar yagona 
Alloh tomoni-dan o‘rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo‘lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi. Ayniqsa 
dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xusu-san fiqh
96
 o‘zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta’-
limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning bunday qo‘shilib ketganligi, bir-biridan 
ajralmaganligi, bo‘linmaganligi o‘ziga xos ifodasini shundan topgan ediki, uning normalari (qoidalari, ko‘rsatmalari) bir 
tomondan ijtimoiy («kishilik») munosabatlarni tartibga solgan, ikkinchi tomondan esa - musulmonlarning Alloh bilan 
munosabat-larini (ibodat qilishlarini) belgilagan. Shariatning ilohiy tadbiq etilishi va diniy-axloqiy asoslari huquqni 
tushunishning, shuningdek, qonuniy va no-qonuniy xatti-harakatga baho berishning o‘ziga xosligida o‘z aksini topgan. 
Masalan, huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog‘liqligi shariatda har bir musulmon tomonidan sodir etilishi 
lozim bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan xatti-harakatlarning aniq ko‘rsatib qo‘yilganligida o‘z ifodasini topgan. 
Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga – xa-rom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib 
tugallangan davr-da beshta toifa vujudga kelgan. Bular: farz - bajarilishi qat’iy majburiy hi-soblangan xatti-harakatlar; 
mandub (sunnat) - majburiy emas, lekin ma'-qul, lozim deb hisoblangan normalar; muboh - ixtiyoriy normalar; makruh-
noma'qul normalar; xarom  - qat’iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar. Bular ham huquqiy, ham axloqiy-diniy 
mazmunga ega bo‘lib, majburlov-chi, tavsiya qiluvchi, yo‘l qo‘yuvchi, lekin jazo qo‘llanilmaydigan, taqiq-lovchi va 
jazoga loyiq (mustahiq) xarakterdadir. Shariat me’yorlarining ilohiyligi, oldindan belgilab qo‘yilganligi musulmonlar 
irodasining shariat doirasidagi erkinligi haqidagi masalaning juda katta ahamiyatini belgilay-di. Bu masalaga duch 
kelgan diniy-falsafiy maktablar turli mavqeni egalla-gan. Masalan, shunday maktablardan biri - jabariylar
97
 ikki inson 
irodasi erkinligini butunlay inkor etgan. Ular inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, hech qanday iroda 
                                                      
96
 Fiqh (arabcha – tushunish) – musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish 
bilan shug`ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi. 
97
 Jabariylar (arabcha jabr qilish, majburlash degani) – VII asr oxiri va VIII asr boshida islom ilohiyotida 
paydo bo`lgan ilk oqim tarafdorlari. 
Musulmon 
huquqining 
vujudga 
kelishi va 
rivojlanishi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə