“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92

 
112
tabaqalarga itoat etishlari zarurligi to‘g‘risidagi, tepasida chek-lanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan «donishmand yakka 
hokim», «xudolar avlodi» turadigan yagona davlat haqidagi buddizm va konfutsiylik ta’li-motlari bilan asoslantirilgan 
edi. Bunga, shuningdek, hukmdor – impera-torning  ilohiy kuchi haqidagi xitoyliklar dini g‘oyalarini o‘ziga osongina 
singdirgan yaponlarning qadimgi dini sinto («ruhlar yo‘li») ham yordam bergan. 
«Tayka davlat to‘ntarishi» natijasida qudratli Fudzivara urug‘ining qo‘llab-quvvatlashiga tayanuvchi va 
imperator boshchiligidagi yagona yapon davlati tashkil etilgan. Fudzivara urug‘idan keyinchalik imperator-ning 
avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan regentlari - hokimdoshlari tayinlanadigan bo‘ldi. 
Yapon hukmdorlari VI asrdayoq Xitoydan «tensi» yoki «tenno» - «osmon o‘g‘li» nomini o‘zlashtirib olgan 
edilar.  
Yaponlarning VI-VII asrlarda sinto va buddizm dinlarining aralashib ketishidan tashkil topgan dini - «rebu 
sinto» (bir butun sinto) imperator-larni nafaqat din boshlig‘i va oliy kohin sifatida, balki dunyoviy monarx, avvalo 
qo‘shinlar boshlig‘i deb ham tan olgan.  
«Tayxo Yoro ryo»ning «Muassasalar va shtatlar» deb nomlangan maxsus bo‘limi hukumatning keng 
tarmoqli markaziy va mahalliy, diniy va dunyoviy hokimiyatlari tizimi haqidagi, mansabdor shaxslarning quyi-dan 
yuqoriga qarab bo‘ysunishi va amaldorlarning darajalari, ularni tayyolash (Yaponiyaga xitoyliklarning mansablarga 
tayinlashdagi imtihon ti-zimi kirib kelmagan), shuningdek, ularga xizmatlari uchun «boqimanda-lik» sifatida, natural 
yoki yer uchastkalari tarzida maosh bilan ta’minlash to‘g‘risidagi me’yorlarga bag‘ishlangan. 
Yaponiyada qonunga binoan, oliy davlat hokimiyati, Xitoydagi sin-gari, Davlat kengashi («Dadze-kan»)ga 
tegishli bo‘lgan. Davlat kengashi davlat siyosatining umumiy yo‘nalishlarini ishlab chiqqan, imperatorning farmonlarini 
butun mamlakat bo‘ylab jo‘natgan. Yaponiyada dunyoviy Davlat kengashi bilan bir qatorda, Xitoydan farqli o‘laroq, 
maxsus diniy Davlat kengashi («dzingi-kan») yoki «osmon va yer ruhlarining ishlari bo‘yicha Kengash» ham mavjud 
edi. U sintoistlarning butxona va ibodat-xonalari ruhoniylarining, ibodatxonalarda ro‘yxatga olingan dehqonlarning 
faoliyati va hokazolar ustidan nazoratni amalga oshirgan. Uning shtati un-cha katta bo‘lmagan. «Dzingi-kan» boshqa 
idoralardan ajralgan holda fao-liyat ko‘rsatgan, lekin ularning orasida ancha yuqori mavqega ega bo‘lgan. 
Yaponiyada dunyoviy Davlat kengashining ichki tuzilishi Xitoy na-munasida tashkil etilgan. Uning tepasida 
«katta ministr» yoki kansler tur-gan. Kansler mamlakat imperatorining boshqaruv ishlarida «tinchlik, oso-yishtalik va 
uyg‘unlikni» ta’minlashning axloqiy o‘lchovi sifatida safarbar qilingan murabbiysi hisoblangan. Qonun, bunday 
benuqson kishini topish qiyinligini tan olib, ushbu mansabning bo‘sh qolishiga yo‘l qo‘ygan.  
Davlat kengashida bevosita boshqaruv funksiyalari ikkita oliy ministrlar: chap (katta) va o‘ng (kichik) 
ministrlar tomonidan amalga oshirilgan. Bu ministrlar o‘z navbatida barcha ishlarni muhokama qilishda ishtirok 
etuvchi, «katta ishlar bo‘yicha» kichik maslahatchilarga tavsiyalar beruvchi, shuningdek, «kichik ishlar bo‘yicha» ham 
maslahatlar beruvchi «katta maslahatchilarga tayanganlar. Aynan ushbu ministrlar kundalik ish-larning borishini 
kuzatib turardilar va bu haqda Davlat kengashi oldida ja-vob berardilar. Davlat kengashi o‘z rahbarligi ostidagi sakkizta 
ministrlik-ka va senzorlar palatasiga ega bo‘lgan. Ministrliklar, Xitoydagidan farq qi-lib, imperator saroyi bilan 
chambarchas bog‘liq edi. Senzorlar palatasi-ning boshlig‘i esa Xitoydagiga qaraganda tor doiradagi vakolatlarga ega 
bo‘lib, urf-odatlar va axloqlarning sofligini kuzatib turgan, axloq qoidalari-ning buzilishi hollari bo‘yicha tekshiruv 
o‘tkazgan, bular haqida impera-torga doklad qilgan. Uning qaramog‘ida sayyor senzorlar-nazoratchilar shtati bo‘lgan. 
Senzoratning qarorlari Davlat kengashi tomonidan to‘xta-tilishi mumkin edi. 
Yaponiyada harbiy, moliyaviy va adliya ministrliklari bilan bir qator-da maxsus «umumiy ishlar» ministrligi 
mavjud bo‘lgan. U kundalik sa-roy ishlarini yuritish, marosimlar uyushtirish, imperator farmonlarini tahrir qilish, 
mamlakat tarixini, qondosh shahzodalarning, saroy xonimlarining va buddizm ruhoniylarining ro‘yxatlarini, 
shuningdek, aholining asosiy ro‘yxat daftari (reestri)ni tuzishni kuzatib turish kabilarni amalga oshirgan. Bu ministrlik 
mamlakatning xuddi oliy devonxonasi sifatida davlat bosh-qaruvida birinchi o‘rinni egallagan. Binobarin, uning 
boshlig‘i imperatorga juda yaqin turardi. U Davlat kengashi va boshqa ministrliklar o‘rtasidagi aloqalarni amalga 
oshirib, dokladlar qabul qilgan va imperatorga petitsiya-lar yuborgan. 
O‘sha vaqtda asrlar mobaynida (II jahon urushining oxiriga qadar) yashab kelgan imperator saroyining maxsus 
ministrligi tashkil etilgan edi. U «Tayxo Yoro ryo»ga asosan: bitta maxsus oshxona boshqarmasi, to‘rtta bosh 
boshqarmalar va o‘n uchta oddiy boshqarmalar tarkibida tuzilgan edi. Maxsus oshxona boshqarmasi saroy uchun oziq-
ovqat yetkazib berish va tayyorlash, shuningdek, oshpaz faoliyatini yuritish ishlari bilan shug‘ullan-gan. To‘rtta bosh 
boshqarma jumlasiga saroy oshxonasi bosh boshqarmasi, saroy omborxonalari va xo‘jaligi boshqarmasi, saroy qullarini 
boshqaruv-chi boshqarma va boshqalar; oddiy boshqarmalar qatoriga saroy bog‘lari va hovuzlari boshqarmasi, saroyni 
suv bilan ta’minlash boshqarmasi va boshqalar kirgan. Xullas, imperiya saroyi maxsus ministrligining shtat jad-vali 
juda to‘la bo‘lgan. Unda, boshqa ministrliklardagi singari, ma'murlar, mutaxassislar, devonxona xodimlari va boshqalar 
ishlagan. Ko‘p sonli mi-nistrliklar va boshqarmalarning mavjudligi sharoitida, «Tayxo Yoro ryo» dan ham ko‘rinib 
turganidek, ular o‘rtasidagi funksiyalar aniq taqsimlab qo‘yilmagan edi. Bu keng tarmoqli davlat apparatini imperator 
saroyi bog‘lab turardi.  
«Tayxo Yoro ryo»ning budda rohiblari va rohibalariga bag‘ishlan-gan VII qonuni Yaponiyada buddizm 
dinining ruhoniylari alohida mavqe-ga ega bo‘lganligidan va davlatning oliy nazorati ostida turganligidan da-lolat 
beradi. Qonun budda diniga oid tashkilotlar maqomini tartibga solib, butxona xodimlarining uylariga, bog‘lariga egalik 
qilishini, sotishini va sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishini, sovg‘a tariqasida qullar, qoramollar, qurol-yarog‘lar olishini 
taqiqlagan. Bu taqiqlar budda monastrlari va ibodatxonalari yer egaliklarining o‘sishini to‘xtatib qola olmagan. 
Birinchi syogunning markaziy hokimiyatni mustahkamlashga urini-shi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Syoguning 
vazifasi ham ancha vaqtgacha no-minal bo‘lib qoldi. XII asrning oxiri - XIII asrning boshida syogunatning maxsus 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə