Buxgalteriya lit


Buxgalteriya hisobi schotlarini, asosan, ikki xu-



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Buxgalteriya lit

Buxgalteriya hisobi schotlarini, asosan, ikki xu-
susiyatga qarab turkumlarga ajratish mumkin:
1. Schotlarning tabaqalanishi va tuzilishiga qarab.
2. Schotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schotlarning tabaqalanishi va tuzilishiga qarab
turkumlashda yechimi, to‘liq mazmuniga e’tibor berish,
har bir schotning qaysi xo‘jalik muomalasini umumlash-
tirish uchun belgilanganligiga, undagi debet va kredit
yozuvlar qoldig‘ini aniqlash tartibiga alohida e’tibor beriladi.
Misol uchun, „Kassa“ schotini olaylik, bu schotda faqat


103
kassa muomalalari, ya’ni kassaga kirim qilingan yoki
kassadan chiqim qilingan pul mablag‘lari holati hisobot
davri ichida turlari bo‘yicha ko‘rsatilsa, hisobot davrining
oxirgi — ya’ni qoldig‘ini aniqlashda umumlashtirilgan holda
ma’lumot olish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi
schotlarining tabaqalanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlarga
ajratish amalga oshirilgan xo‘jalik mollarini schotlarda to‘g‘ri
aks ettirish imkonini beradi, amalga oshirilgan xo‘jalik
muomalalarini schotlarda ikki yoqlama yozishni ta’minlashga
yordam beradi. Schotlarni iqtisodiy mazmuniga qarab tur-
kumlarga ajratishdan asosiy maqsad, schotda nimalar
hisobga olinadi, qanday xo‘jalik muomalalarini tartibga solish
uchun belgilanganligini ko‘rish mumkin.
Buxgalteriya hisobi schotlarini ikki xususiyatiga qarab
turkumlash schotlarning iqtisodiy mazmunini ochib beradi.
Buxgalteriya hisobi schotlarini turkumlarga ajratish
yordamida xo‘jalik mablag‘larining joylanishi, tashkil
topishi, manbalari bo‘yicha sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni
kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining schotlarida korxona va tashki-
lotlarning mablag‘lari o‘z ifodasini topadi. Har bir schot bir
turli mablag‘lar harakati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə