Buxgalteriya hisobi



Yüklə 253,43 Kb.
səhifə1/11
tarix30.12.2023
ölçüsü253,43 Kb.
#167366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Samarqand filiali


Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi

BUXGALTERIYA HISOBI” fanidan




Kurs ishi
Mavzu: _____________________________________________
Bajardi: ______ guruh magistranti _______________________
Ilmiy rahbar: _________________________


Samarqand 2023
REJA.




Kirish







Asosiy qism:




1.

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rni………………………………

5

2.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha qo‘mita(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi……………………….

14

3.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va foydalanish imkoniyatlari

27




Xulosa……………………………………………………………………

42




Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati……………………………………

44



Kirish.


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy cttirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o‘rin lutadi. BHXSlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlami rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlami e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi ham BHXSga o‘tishning o‘ziga xos yoiini tanladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720- sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq lashqi auditni o‘tkazishi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan. Bundan so‘ng, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni ¡alb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam boimagan miqdorda xorijiy investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari usosida tuzilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tushunishiga va ishoncli hosil qilish lozimligiga erishadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) - bu Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan standartlar va sharhlardir. Ular quyidagilami qamrab oladi: (a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;

Mazkur Standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan qo’llaniladigan shunday tartiblarni belgilashdan iboratki, bunda uning aktivlari ularning qoplanadiganqoplanadigan qiymatdan ortiq bo’lmagan summada hisobga olinganligi ta’minlanadi. Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o’zining qoplanadigan qiymatidan ortiq summada hisobga olingan bo’ladi. Agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan deb hisoblanadi va mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan qadrsizlanish zararini tan olishni talab etadi. Ushbu Standart tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanish zararini qachon qayta tiklashi kerakligini hamda ochib berilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni belgilaydi.


Mazkur standart quyidagilardan tashqari barcha aktivlarning qadrsizlanishini hisobga olishda qo’llanilishi lozim:
(a) tovar-moddiy zahiralar (BHXS 2 «Tovar-moddiy zahiralar” ga qarang);
(b) qurilish shartnomalaridan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 11 «Qurilish shartnomalari» ga qarang);
(v) muddati kechiktirilgan soliq aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga qarang);
(g) xodimlarga haqlarni to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19 «Xodimlarning daromadlari»ga qarang);
(d) MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy aktivlar;
(e) haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulk (BHXS 40 «Investitsion mulk» ga qarang);
(j) chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 «Qishloq xo’jaligi» ga qarang) .



  1. Yüklə 253,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə