Buxgalteriya hisobi


yillar Kirim Chiqim Sof pul oqimi



Yüklə 253,43 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2023
ölçüsü253,43 Kb.
#167366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya

yillar Kirim Chiqim Sof pul oqimi 1 200000 140000 60000
2 170000 135000 35000 3 150000 130000 20000 4 130000 120000 10000 5 100000 95000 5000
Soliq solishgacha maqbul stavka 12 %. Qoplanadigan qiymat (foydalanish qiymati)
60000x1/1,12+35000x1/1,12²+20000x1/1,12³+10000x1/1,124+50001/1,125=1 04901 sh.b.
Kelgusi pul oqimlari ular yuzaga keltiriladigan valyutada baholanadi va so’ngra ushbu valyuta uchun o’rinli bo’lgan diskont stavkasi orqali diskontlanadi. Tadbirkorlik sub’ekti foydalanishdagi qiymatni hisoblash sanasidagi spot valyuta kursi orqali keltirilgan qiymatni bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazadi.
Diskont stavkasi (stavkalari) soliqdan oldingi stavka (stavkalar) bo’lishi lozim,
qaysiki quyidagilarning joriy bozor baholanishlarini aks ettiradi: (a) pulning vaqtdagi qiymati; va

(b) aktivga xos bo’lgan va kelgusi pul oqimlarining baholanishi to’g’rilanmagan xatarlar.


Pulning vaqtdagi qiymatining va aktivga xos xatarlarning joriy bozor baholanishlarini aks ettiradigan stavka bu shunday foydalilikki, qaysiki investorlar tomonidan talab etilgan bo’lar edi, agarda ular tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan pul oqimlarining summalariga, muddatiga, xatar darajasiga ekvivalent bo’lgan pul oqimlarini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan investitsiyani tanlaganda edi. Ushbu stavka o’xshash aktivlar bo’yicha joriy bozor operatsiyalaridan kelib chiqadigan stavka orqali yoki ko’rib chiqilayotgan aktivga nisbatan foydalanish potentsiali va xatarlari jihatidan o’xshash bo’lgan yagona aktiv (yoki aktivlar portfeliga) ega listing qilingan tadbirkorlik sub’ekti kapitalining tortilgan o’rtacha qiymati orqali baholanadi. Biroq, aktivning foydalanishdagi qiymatini baholashda qo’llanilgan diskont stavka(lar)i kelgusi pul oqimlarining baholanishi to’g’rilanmagan xatarlarni aks ettirmasligi lozim. Aks holda, ayrim farazlarning ta’siri ikki marta hisobga olinadi.
Qachonki aktivga xos stavka bevosita bozor ma’lumotlari asosida aniqlana olmasa, tadbirkorlik sub’ekti diskont stavkasini baholashda o’rindoshlardan foydalanadi. A-ilova bunday holatlarda diskont stavkasini baholash bo’yicha qo’shimcha yo’riqnomani ta’minlaydi.
Gudvilldan tashqari alohida aktiv uchun qadrsizlanish zararlarini tan olish va baholash talablarini belgilaydi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar va gudvill uchun qadrsizlanish zararlarini tan olish va baholash ko’rib chiqiladi.
Faqatgina agarda aktivning qoplanadigan qiymati uning balans qiymatidan kamroq bo’lsa, aktivning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatiga qadar kamaytirilishi lozim. Bunday kamayish qadrsizlanish bo’yicha zarardir.

Yüklə 253,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə