Buxgalteriya hisobi



Yüklə 253,43 Kb.
səhifə7/11
tarix30.12.2023
ölçüsü253,43 Kb.
#167366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya

5-misol. Avtobus kompaniyasi beshta alohida yo’nalishlarning har biri bo’yicha minimum xizmat ko’rsatishni talab etadigan va tegishli hokimiyat bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlarni ko’rsatadi. Har bir yo’nalishga ajratilgan aktivlar va har bir yo’nalish bo’yicha pul oqimlari alohida aniqlanishi mumkin. Yo’nalishlardan biri sezilarli zarar bilan faoliyat ko’rsatadi. Tadbirkorlik sub’ekti biror avtobus yo’nalishini qisqartirish imkoniga ega bo’lmaganligi sababli, boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajad mustaqil bo’lgan holda aniqlanadigan pul kirimlarining eng quyi darajasi bo’lib butun beshta yo’nalish tomonidan yuzaga keltiriladigan pul kirimlari hisoblanadi. Har bir yo’nalish uchun pul mablag’larini hosil qiladigan birlik bo’lib butun avtobus kompaniyasi hisoblanadi.
Pul kirimlari bu tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan tashqi tomonlardan olinadigan pul mablag’i va pul mablag’i ekvivalentlarining kirimlaridir. Aktivdan (yoki aktivlar guruhidan) keladigan pul kirimlari boshqa aktivlardan (yoki aktivlar guruhlaridan) keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lishi yoki bo’lmasligini aniqlashda, tadbirkorlik sub’ekti turli omillarni, jumladan rahbariyat tadbirkorlik sub’ektining operatsiyalarini (masalan, mahsulot turlari, bizneslar, alohida joylashuvlar, tumanlar yoki hududiy joylar bo’yicha) qanday nazorat qilishini yoki rahbariyat tadbirkorlik sub’ekti aktivlarining va operatsiyalarining davom etishi yoki chiqib ketishi to’g’risida qanday qarorlar qabul qilishini, ko’rib chiqadi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymati – pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi ko’prog’i hisoblanadi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini aniqlash maqsadida, “aktiv”ga har qanday havola “pul mablag’larini hosil qiladigan birlik”ka havola sifatida o’qiladi.

Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini aniqlash usuliga muvofiq bo’lgan asosda aniqlanishi lozim.


Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati:
(a) faqatgina pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan aktivlarning balans qiymatini o’z ichiga oladi va pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning foydalanishdagi qiymatini aniqlashda foydalaniladigan kelgusi pul kirimlarini yuzaga keltiradi; va
(b) har qanday tan olingan majburiyatning balans qiymatini o’z ichiga olmaydi, bunda pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymat ushbu majburiyatni inobatga olmagan holda aniqlanishi mumkin bo’lmaguncha.
Bunga sabab shuki, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va foydalanishdagi qiymati pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi bo’lmagan aktivlarga va tan olingan majburiyatlarga tegishli pul oqimlarini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarda gudvillni taqsimlash Qadrsizlanishga tekshirish maqsadida, biznes birlashuvida sotib olingan gudvill
xarid sanasidan boshlab sotib oluvchining, birlashuv faoliyatidan manfaat olishi kutilgan, pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarining har biriga, yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhlariga, taqsimlanishi lozim, bunda sotib olinuvchining boshqa aktivlari yoki majburiyatlari ushbu birliklarga yoki birliklar guruhlariga biriktirilgan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Gudvill bunday taqsimlangan har bir birlik yoki birliklar guruhi:
(a) tadbirkorlik sub’ekti ichidagi gudvill ichki boshqaruv maqsadlarida nazorat qilinadigan eng quyi darajani aks ettirishi lozim; va
(b) umumlashtirishdan oldin MHXS 8 “Operatsion segmentlar”da ta’riflangan operatsion segmentdan kattaroq bo’lmasligi lozim.

Yüklə 253,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə