O. T. Sattorqulov Guldu "Iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#134111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
0IQTISODIYOT 2021





Magistraturaga kirish sinovi dasturi va baholash mezoni (5A230102-
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo„yicha) Guliston davlat universiteti “Iqtisodiyot” 
kafedrasining 2021 yil 29 iyundagi yig„ilish qarori bilan tasdiqlangan ( GulDU 
Iqtisodiyot kafedrasining 18-sonli bayonnomasi). 
Dastur 5A230102- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo„yicha) magistratura 
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun mo„ljallangan va 5230100 – Iqtisodiyot 
(tarmoqlar va sohalar bo„yicha) ta‟lim yo„nalishining 2017/2018 –o„quv yilida 
tasdiqlangan o„quv rejasidagi аsosiy fanlarga muvofiq tuzilgan. 
 
Tuzuvchilar: 
O.T.Sattorqulov – GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti 
A.X.Burxanov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti 
A.A.Abduvoxidov - GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti 
Taqrizchi: 
A.A.Mamatov – O„zbekiston Respublikasi milliy gvardiya
harbiy-texnik instituti professori 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Iqtisodiyot kafedrasi 


 
 
Kirish 
5A230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo„yicha) - iqtisodiyot 
sohasidagi mutaxassislik bo„lib, barcha ta‟lim muassasalarida mutaxassislikka oid 
fanlarni o„qitish, O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy- 
tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy- ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy –
tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va 
notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub‟ektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va 
boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, mutaxassislikka oid kasbiy 
ko„nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo„naltirilgan inson faoliyatining kompleks 
masalalar majmuasini qamrab oladi. 
Ta‟lim yo„nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar 
bilimlarini chuqurlashtirish va mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning 
strategik yo„nalishlarini ishlab chiqish, loyihalar va takliflarni institutsional, iqtisodiy 
va ijtimoiy kontseptsiyalarini tahlil qilish, iqtisodiyot tarmoq va sohalariga xizmat 
ko„rsatuvchi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasining faoliyatini tadqiq qilish 
va samaradorligini baholash hamda ularni rivojlantirish bo„yicha tavsiyalar berish, 
turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq va sohalarning xo„jalik yurituvchi 
sub‟ektlarining iqtisodiy, moliya, hisob va hisobot yurituvchi marketing faoliyatini 
tashkil etish va boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni, mikro va 
makro iqtisodiy makonda iqtisodiy ko„rsatkichlarining tahlili, turli sohalarda ilmiy va 
amaliy tadqiqot, nazariy va amaliy tahlil, modellashtirish echimlarni ishlab chiqish 
bo„yicha hamda ilg‟or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini 
oshirish va ko„nikma hosil qilishdan iboratdir. 
Magistratura ta‟lim bosqichining “5A230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va 
sohalar bo„yicha)” mutaxassisligiga kirish bo„yicha “Mutaxassislik” fanidan 
tayyorlangan maxsus sinov dasturi bakalavriat ta‟lim yo„nalishida o„qitilgan
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash”, “Industrial iqtisodiyot”, “Innovatsion 
iqtisodiyot”, 
“Global 
Iqtisodiy 
rivojlanish”, 
“ 
Mikroiqtisodiyot” 
va 
“Makroiqtisodiyot” kabi ixtisoslik fanlari asosida tuzilgan. Shuningdek, O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzieyovning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida ko„tarilgan dolzarb vazifalar va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, 
shuningdek 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy ustuvor 
yo„nalishlar ham kiritilgan. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə