Buxgalteriya hisobi



Yüklə 253,43 Kb.
səhifə8/11
tarix30.12.2023
ölçüsü253,43 Kb.
#167366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya

6-Misol. Tadbirkorlik sub’ekti gudvill taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi bo’lgan faoliyatni 100VB ga sotadi. Birlikka taqsimlangan gudvill, ixtiyoriy ravishdan tashqari, ushbu birlikdan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaydi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning saqlab qolingan qismining qoplanadigan qiymati 300VB ga tengdir. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka taqsimlangan gudvill ixtiyoriy ravishsiz ushbu birlikdan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaganligi sababli, chiqib ketgan faoliyatga bog’liq gudvill chiqib ketgan faoliyat bilan birlikning saqlab qolingan qismining nisbiy qiymatlari asosida baholanadi. Shu tufayli, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka
taqsimlangan gudvillning 25 foizi sotiladigan faoliyatning balans qiymatiga kiritiladi. Agarda tadbirkorlik sub’ekti gudvill taqsimlangan bir yoki bir necha pul

mablag’larini hosil qiladigan birliklarning tarkibini o’zgartiradigan usulda o’zining hisobot tuzilmasini qayta tashkil etsa, gudvill ta’sir etilgan birliklarga qayta taqsimlanishi lozim. Ushbu qayta taqsimlash tadbirkorlik sub’ekti pul mablag’larini hosil qiladigan birlik ichidagi faoliyatning chiqib ketishini amalga oshirganda qo’llaydigan nisbiy qiymat yondashuviga o’xshash yondashuv orqali amalga oshirilishi lozim, bunda tadbirkorlik sub’ekti boshqa ba’zi usul chiqib ketgan faoliyat bilan bog’liq gudvillni yaxshiroq aks ettirishini ko’rsata olmaguncha.


7-Misol. Gudvill avval pul mablag’larini hosil qiladigan birlik A ga taqsimlangan. A ga taqsimlangan gudvill, ixtiyoriy ravishdan tashqari, A dan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaydi. A bo’linishi lozim va boshqa uchta pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarga B, V va G birlashtirilishi lozim.
A ga taqsimlangan gudvill ixtiyoriy ravishsiz A dan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmagani sababli, u B, V va G birliklarga A ning uchta qismlarining nisbiy qiymatlari asosida ushbu qismlar B, V va G lar bilan biriktirilishidan oldin qayta taqsimlanadi.
Gudvill taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun yillik qadrsizlanish tekshiruvi yillik davr mobaynida har qanday paytda amalga oshirilishi mumkin, bunda tekshiruv har yili bir xil paytda amalga oshirilishi lozim. Turli pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar qadrsizlanishga turli paytlarda tekshirilishi mumkin. Biroq, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka taqsimlangan gudvillning ayrim qismi yoki barchasi joriy yillik davr mobaynida biznes birlashuvida sotib olingan bo’lsa, ushbu birlik joriy yillik davrning oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.
Korporativ aktivlar tadbirkorlik sub’ektining bosh ofisining yoki bo’linmasining binosi, elektron ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari yoki tadqiqot markazi kabi guruh yoki bo’linma aktivlarini o’z ichiga oladi. Tadbirkorlik sub’ektining tuzilishi aktiv muayyan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun mazkur Standartda keltirilgan korporativ aktivlar ta’rifini qanoatlantirishi yoki qanoatlantirmasligini belgilaydi. Korporativ aktivlarning farqlovchi xususiyatlari shuki, ular boshqa aktivlar yoki aktivlar guruhlaridan mustaqil ravishda pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi va ularning balans qiymatini ko’rib chiqilayotgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka to’liq aks ettirilmaydi.
Korporativ aktivlar alohida pul kirimlarini yuzaga keltirmasligi tufayli, alohida korporativ aktivning qoplanadigan qiymati aniqlanmaydi, bunda rahbariyat aktivning chiqib ketishini amalga oshirishga qaror qilmaguncha. Natijada, agarda korporativ aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining ishorasi mavjud bo’lsa, qoplanadigan qiymat korporativ aktiv tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhi uchun aniqlanadi va u ushbu pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhining balans qiymati bilan qiyoslanadi.
Qadrsizlanish bo’yicha zarar pul mablag’larini hosil qiladigan birlik (gudvill
yoki korporativ aktiv taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarning eng kichik guruhi) uchun tan olinishi lozim, faqatgina agarda birlikning (birliklar guruhining) qoplanadigan qiymati birlikning (birliklar guruhining) balans qiymatidan kam bo’lsa. Qadrsizlanish bo’yicha zarar birlik (birliklar guruhi) aktivlarining balans qiymatini kamaytirish uchun quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:

(a) avval pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka (birliklar guruhiga) taqsimlangan har qanday gudvillning balans qiymatini kamaytirishga; va


(b) keyin birlikning (birliklar guruhining) boshqa aktivlariga birlikdagi (birliklar guruhidagi) har bir aktivning balans qiymatiga proportsional ravishda.
Balans qiymatlardagi ushbu kamaytirishlar alohida aktivlar bo’yicha qadrsizlanish zararlari sifatida inobatga olinishi lozim.

Yüklə 253,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə