Buxgalteriya hisobi


Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rni



Yüklə 253,43 Kb.
səhifə2/11
tarix30.12.2023
ölçüsü253,43 Kb.
#167366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o‘rni
Mazkur Standart tovar-moddiy zahiralarga, qurilish shartnomalaridan yuzaga keladigan aktivlarga, muddati kechiktirilgan soliq aktivlariga, xodimlarga haqlarni to’lashdan yuzaga keladigan aktivlarga, yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan (yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan chiqib ketish guruhlariga kiritilgan) aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi, chunki ushbu aktivlar uchun o’rinli bo’lgan joriy MHXSlar ushbu aktivlarni tan olish va baholashga nisbatan talablarni qamrab oladi.
Mazkur Standart quyidagicha tasniflangan moliyaviy aktivlarga nisbatan

(a) MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar» da ta’riflangan sho’’ba tadbirkorlik sub’ektlari;


(b) MHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar» da ta’riflangan qaram tadbirkorlik sub’ektlari; va
(v) MHXS 11 «Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar» da ta’riflangan qo’shma korxonalar.
Boshqa moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi bo’yicha MHXS 39 ga murojaat eting.
Mazkur Standart MHXS 9 ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy aktivlarga, BHXS 40 ning qo’llash doirasidagi haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulkka, yoki BHXS 41 ning qo’llash doirasidagi chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart MHXS 16 «Asosiy vositalar» va MHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi qayta baholash modeli kabi boshqa Standartlarga muvofiq qayta baholangan qiymatda (ya’ni har qanday keyingi jamg’arilgan eskirish summasi va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlari chegirilgan holda qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatda) hisobga olingan aktivlarga nisbatan qo’llaniladi. Aktivning haqqoniy qiymati bilan uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi yagona farq aktivning chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlardir.
(a) Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lsa, qayta baholangan aktivning qoplanadigan qiymat uning qayta baholangan qiymatiga yaqinroq, yoki undan ko’proq, bo’ladi. Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, qayta baholangan aktiv qadrsizlangan bo’lish ehtimoli mavjud emas va qoplanadigan qiymatning baholanishi shart emas.
(b) Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lmasa, qayta baholangan aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning haqqoniy qiymatidan kamroq bo’ladi. Shu tufayli, qayta baholangan aktiv qadrsizlanadi, agarda uning foydalanishdagi qiymati uning qayta baholangan qiymatidan kamroq bo’lsa. Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, tadbirkorlik sub’ekti ushbu Standartni aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligini aniqlash uchun qo’llaydi.
Aktiv qadrsizlangan bo’ladi, qachonki uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatdan oshsa. Agarda ushbu ishoralardan biri mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlash talab etiladi. Standart tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlashni talab etmaydi, agarda qadrsizlanish zararining hech qanday ishorasi mavjud bo’lmasa.
Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjudligini tekshirishi lozim. Agarda biror bunday ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti aktivning qoplanadigan qiymatini baholashi lozim.
Qadrsizlanishning har qanday ishorasi mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ekti:
(a) noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni yoki hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivni qadrsizlanishga har yili tekshirishi lozim, bunda uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymati bilan taqqoslanadi. Ushbu qadrsizlanish tekshiruvi yillik davr mobaynida har qanday paytda amalga oshirilishi mumkin, biroq shunday shart bilanki, u har yili bir xil paytda amalga oshiriladi. Turli xil nomoddiy aktivlar turli paytlarda qadrsizlanishga tekshirilishi mumkin. Biroq, bunday nomoddiy aktiv dastlab joriy yillik davrda tan olingan bo’lsa, ushbu nomoddiy aktiv joriy yillik davr oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.

(b) biznes birlashuvida sotib olingan gudvillni har yili qadrsizlanishga tekshirishi lozim.


Nomoddiy aktiv foydalanishda mavjud bo’lgan holatga nisbatan aktiv foydalanishda mavjud bo’lishidan oldingi holatda, nomoddiy aktivning o’z balans qiymatini tiklash uchun yetarli kelgusi iqtisodiy manfaatlar keltirish qobiliyati odatda yuqoriroq noaniqlikka duchor bo’ladi. Shu tufayli, mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivning balans qiymatini, kamida har yili, qadrsizlanishga tekshirishni talab etadi.
Aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjudligini tekshirishda, tadbirkorlik sub’ekti, kamida, quyidagi ishoralarni ko’rib chiqishi lozim:
Ma’lumotlarning tashqi manbalari:
(a) shunday kuzatiladigan ishoralar mavjudki, bunda aktivning qiymati vaqt o’tishi yoki me’yoriy foydalanish natijasida kutilishi mumkin bo’lgan kamayishga nisbatan davr mobaynida sezilarli darajada kamaygan.
(b) tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko’rsatadigan texnologik, bozor, iqtisodiy yoki yuridik muhitda yoki aktiv tegishli bo’lgan bozorda davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin kelajakda sodir bo’ladi.
(v) bozor foiz stavkalari yoki investitsiyalar bo’yicha boshqa bozor foydalilik ko’rsatkichlari davr mobaynida oshdi va ushbu oshishlarning foydalanishdagi aktivning qiymatini hisoblashda qo’llanilgan diskont stavkasiga ta’sir etish hamda aktivning qoplanadigan qiymatini ahamiyatli kamaytirish ehtimoli mavjud.
(g) tadbirkorlik sub’ektining sof aktivlarining balans qiymati uning bozor kapitalizatsiyasidan ko’proqdir.
Ma’lumotlarning ichki manbalari:
(d) aktivning ma’naviy eskirishi yoki jismoniy shikastlanishiga dalil mavjud.
(e) tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar aktivdan foydalanilgan yoki foydalanilishi kutilgan darajada, yoki undan foydalanish holatida, davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin kelajakda sodir bo’lishi kutiladi. Ushbu o’zgarishlar aktivdan foydalanilmagan holatni, aktiv tegishli bo’lgan faoliyatni to’xtatish yoki qayta tashkil etish rejalarini, aktivni avval kutilgan sanadan oldin hisobdan chiqarish rejalarini va aktivning foydali xizmat muddatini noaniqdan aniq sifatiga qayta baholashni o’z ichiga oladi.
(j) aktivning ishlatilishidan iqtisodiy natijalar kutilganidan salbiyroq
bo’lganligini, yoki bo’lishini, ko’rsatadigan dalil ichki hisobot asosida aniqlangan.

(z) sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiya uchun, investor investitsiya bo’yicha dividendni tan oladi va shunday dalil mavjudki, bunda:


- alohida moliyaviy hisobotlardagi investitsiyaning balans qiymati jamlangan moliyaviy hisobotlardagi investitsiya ob’ektining sof aktivlarining, jumladan tegishli gudvillning, balans qiymatlaridan oshadi; yoki
- dividend e’lon qilingan davrda dividend sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining jami umumlashgan daromadidan oshadi.
Tadbirkorlik sub’ekti aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining boshqa ishoralarini aniqlashi mumkin va ular tadbirkorlik sub’ektidan aktivning qoplanadigan qiymatni aniqlashni, yoki gudvill holatida, qadrsizlanish tekshiruvini amalga oshirishni ham talab etishi mumki.
Aktiv qadrsizlangan bo’lish mumkinligini ko’rsatadigan ichki hisobot dalili quyidagilarning mavjudligini o’z ichiga oladi:
(a) aktivni sotib olish bo’yicha pul oqimlari, yoki undan foydalanish yoki uni saqlash uchun keyinchalik zarur bo’ladigan pul mablag’larining dastlab rejalashtirilgan byudjet mablag’laridan sezilarli darajada ko’proq bo’lishi;
(b) aktiv bo’yicha haqiqiy sof pul oqimlarining yoki operatsion foyda yoki zararning rejalashtirilgan byudjet ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli tarzda salbiy bo’lishi;
(v) aktiv bo’yicha rejalashtirilgan sof pul oqimlarining yoki operatsion foydaning sezilarli darajada kamayishi yoki rejalashtirilgan zararning sezilarlai darajada ko’payishi; yoki
(g) joriy davr summalari kelgusi davr uchun rejalashtirilgan summalar bilan jamlanganida aktiv bo’yicha operatsion zararlar yoki sof pul chiqimlari paydo bo’lishi.
Standart noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv yoki hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktiv va gudvill qadrsizlanishga kamida har yili tekshirilishini talab etadi. Masalan, agarda oldingi hisob-kitoblar aktivning qoplanadigan qiymat uning balans qiymatidan sezilarli tarzda ko’proq bo’lganini aks ettirsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu farqni yuqotishi mumkin bo’lgan hech qanday hodisa sodir bo’lmaganda aktivning qoplanadigan qiymatni qayta baholashi zarur emas.
Standart qoplanadigan qiymatni aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i sifatida ta’riflaydi. Ushbu talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi.
Ham chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi aktivning haqqoniy qiymatini ham uning foydalanishdagi qiymatini aniqlash har doim ham zarur emas. Agarda ushbu summalarning biri aktivning balans qiymatidan oshsa, aktiv qadrsizlanmagan bo’ladi va ikkinchi summani baholash zarur bo’lmaydi.
Hattoki ma’lum aktiv uchun faol bozordagi belgilangan narx mavjud bo’lmasa ham, chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholash mumkin bo’ladi. Biroq, ayrim holatlarda chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholash imkoniyati bo’lmasligi mumkin, chunki joriy bozor sharoitlarida baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasida aktivni sotish bo’yicha odatiy operatsiyaning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan narxni ishonchli baholash uchun asos mavjud bo’lmaydi. Bunday holatda, tadbirkorlik sub’ekti aktivning foydalanishdagi qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanishi mumkin.

Agarda aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan ahamiyatli tarzda oshishiga kutish uchun hech qanday sabab bo’lmasa, aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanish mumkin. Bu ko’p hollarda sotish uchun mo’ljallangan aktiv holatida bo’ladi. Bunga sabab shuki, sotish uchun mo’ljallangan aktivdan uning sotilishiga qadar uzluksiz foydalanishdan keladigan kelgusi pul oqimlari sezilarsiz bo’lish ehtimoli tufayli, aktivning foydalanishdagi qiymati asosan sotishdan olinadigansof tushumlardan tashkil topadi.


Alohida aktiv boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmagan holatdan tashqari holatlarda, qoplanadigan qiymat alohida aktiv uchun aniqlanadi. Agarda ushbu holat yuz bersa, qoplanadigan qiymat aktiv tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun aniqlanadi, bunda:
(a) aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan ko’proq bo’lmaguncha; yoki
(b) aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholanishi va chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati baholanishi mumkin bo’lmaguncha.

Yüklə 253,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə