Buxgalteriya hisobi


-darajali boshlang’ich ma’lumotlar



Yüklə 253,43 Kb.
səhifə10/11
tarix30.12.2023
ölçüsü253,43 Kb.
#167366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya

1-darajali boshlang’ich ma’lumotlar
1-darajali boshlang’ich ma’lumotlar baholash sanasida tadbirkorlik sub’ekti foydalanishi mumkin bo’lgan bir xil aktivlar yoki majburiyatlar bo’yicha faol bozorlardagi belgilangan narxlardir (to’g’rilanmagan).
2-darajali boshlang’ich ma’lumotlar
2-darajali boshlang’ich ma’lumotlar 1-darajaga kiritilgan belgilangan narxlardan tashqari boshlang’ich ma’lumotlar bo’lib, ular bevosita yoki bilvosita aktiv yoki majburiyat bo’yicha kuzatiladi.
3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar
3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar aktiv yoki majburiyat bo’yicha kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardir.
Baholash sanasida, agarda mavjud bo’lsa, aktiv yoki majburiyat bo’yicha juda kichik bozor mavjud bo’lish holatlariga qaramasdan, o’rinli kuzatiladigan boshlang’ich ma’lumotlar mavjud bo’lmagan darajada haqqoniy qiymatni baholash uchun kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlardan foydalanish lozim. Biroq, haqqoniy qiymatni baholash maqsadi, , ya’ni aktiv yoki majburiyatga ega bozor ishtirokchisi nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi, bir xil bo’lib qoladi. Shu tufayli, kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlar bozor ishtirokchilari aktiv yoki majburiyatni narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlarni, jumladan risk bo’yicha farazlarni aks ettirishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti uning moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilarga quyidagilarning ikkalasini ham baholashga ko’mak beradigan ma’lumotlarni ochib berishi lozim:
(a) dastlab tan olishdan keyin qaytalanadigan yoki qaytalanmaydigan asosda haqqoniy qiymatda baholanadigan aktivlar va majburiyatlar uchun, baholash usullari va ushbu baholashlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan boshlang’ich ma’lumotlar.
(b) yirik kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlar (3-darajali) orqali qaytalanadigan haqqoniy qiymatni baholashlar uchun, baholashlarning davr bo’yicha foyda yoki zararga yoki boshqa umumlashgan daromadga ta’siri.
Tadbirkorlik sub’ekti barcha quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim:
(a) ochib berish talablarini qanoatlantirish uchun zarur tafsilotlar darajasi; (b) turli talablarning har biriga qanchalik e’tibor ajratilishi;
(v) qanchalik umumlashtirishni yoki bo’laklashni amalga oshirish; va
(g) moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar ochib berilgan miqdoriy ma’lumotlarni baholash uchun qo’shimcha ma’lumotlarga muhtojligi.
Tayanch so’zlar.
Balans qiymati - bu aktivning u bo’yicha har qanday jamg’arilgan eskirish (amortizatsiya) summasini va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlarini chegirgandan so’ng tan olinadigan qiymatidir.
Pul mablag’larini yuzaga keltiradigan birlik - bu aktivlarning kichik aniqlanadigan guruhi bo’lib, u boshqa aktivlar yoki aktivlar guruhidan kelib tushadigan pul oqimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan kelib tushadigan pul
oqimlarini yuzaga keltiradi.

Korporativ aktivlar - bu gudvilldan tashqari aktivlar bo’lib, ular pul mablag’larini hosil qiladigan o’rganilayotgan birlik va boshqa pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar bo’yicha kelgusi pul oqimlari hosil bo’lishiga o’z hissasini qo’shadi.


Chiqib ketish xarajatlari - bu aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlar bo’lib, bunda moliyalashtirish xarajatlari va foyda solig’i xarajati inobatga olinmaydi.
Eskirish hisoblanadigan summa - bu aktivning tannarxidan, yoki moliyaviy hisobotlarda uning qiymatini aks ettiradigan boshqa summadan, uning qoldiq qiymatining chegirilganidir.
Eskirish (Amortizatsiya) - bu aktivning eskirish hisoblanadigan summasini uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ga qarang).
Qadrsizlanish zarari - bu aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymatining uning qoplanadigan qiymatidan oshgan qismidir.
Aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymati - bu uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning foydanalishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i hisoblanadi.
Foydali xizmat muddati - bu:
(a) aktiv tadbirkorlik sub’ekti tomonidan foydalanilishi kutilgan muddat; yoki (b) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish
yoki o’xshash birliklar miqdori.
Foydalanishdagi qiymat - bu aktivdan yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikdan olinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining keltirilgankeltirilgan qiymatidir.
faol bozor - Aktiv yoki majburiyat bo’yicha operatsiyalar ukluksiz ravishda narxlash ma’lumotlarini ta’minlash uchun yetarli davriylik va hajmda sodir bo’ladigan bozordir.
tannarx usuli- Aktivning xizmat ko’rsatish quvvatini almashtirish uchun joriy paytda talab etilishi mumkin bo’lgan summani aks ettiradigan baholash usulidir (ko’p hollarda joriy almashtirish qiymati deb yuritiladi).
kirish narxi- Ayirboshlash operatsiyasida aktivni sotib olishda to’langan yoki majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir.
chiqish narxi- Aktivni sotish uchun olinishi yoki majburiyatni o’tkazish uchun to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir
kutilgan pul oqimi- Ehtimoliy kelugsi pul oqimlarining ehtimolga-tortilgan o’rtachasi (ya’ni taqsimotning o’rtachasi).


Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) moliyaviy hisobotlarning butun dunyo bo'ylab izchil, shaffof va taqqoslanadigan bo'lishi uchun umumiy qoidalarni o'rnatdi. UFRS Xalqaro buxgalteriya standartlari kengashi (IASB) tomonidan chiqarilgan. Ular kompaniyalarning o'zlarining hisoblarini qanday yuritishi va hisobot berishlari, bitimlar va moliyaviy ta'sirga ega boshqa hodisalar turlarini belgilashlari kerakligini belgilaydi. Hisobotlar umumiy buxgalteriya tilini yaratish uchun korxonalar va ularning moliyaviy hisobotlari kompaniyadan kompaniyaga va mamlakatdan mamlakatga uzluksiz va ishonchli bo'lishi uchun UFRS yaratilgan.
UFRS buxgalteriya tili, amaliyoti va bayonotlariga muvofiqlikni ta'minlash va korxonalar va investorlarga ma'lumotli moliyaviy tahlillar va qarorlarni qabul qilishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. UFRS Jamg'armasi "dunyo bo'ylab moliyaviy bozorlarga shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik keltiradi ... global iqtisodiyotda ishonch, o'sish va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni qo'llab-quvvatlaydi". Kompaniyalar UFRS dan foyda ko'rishadi, chunki kompaniyaning biznesi shaffof bo'lsa, sarmoyadorlar kompaniyaga pul qo'yish ehtimoli ko'proq.

Hozirgi vaqtda aktsionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o‘tib borayotgan, ay- rim hollarda bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik tamoyillari va qoidalari ishlatilmoqda. Shunday qilib buxgalterlik hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investitsion tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo'shimcha xarajatlar qilishiga to‘g‘ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog‘liq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash bo‘yicha yuqori sarf-xarajatlami o‘z zimmalariga olishlariga to‘g‘ri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko‘rsatilishi oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo‘qoladi. Hisobotlaming xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi: • moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlaming moijaldan yuqori darajada boMishi - chunki transnatsional kompaniyalar o‘z faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo‘ladilar; • tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash uchun yagona tizimga ega bo‘lish ehtiyoji tug'iladi. Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa turli mamlakatlardagi hisobotlar turlicha boigani holda juda mushkul hisoblanadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari shuningdek, buxgalterlik standartlarini ishlab chiquvchi organlari hali tuzilmagan yoki standartlarni ishlab chiqishga resurslari yetarli bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham juda foydalidir. Moliyaviy Hisobot Standartlarini ishlab chiqish o‘ziga yarasha xarajatlami talab qiladi, ayniqsa alohida mamlakat uchun standartlar ishlab chiqish chiqim nuqtai nazaridan samarasizdir. Tashqi iqtisodiy moliyaviy qarorlarni qoilab quwatlash uchun esa, albatta, butun jahon uchun moliyaviy hisob va hisobot bo'yicha tarkiban bir xil, umumqabul qilingan va majburiy standartlar to‘plami zarurdir. Aynan ana shu vazifa MHXSK zimmasiga yuklatilgandir. Quyida MHXSKning 2000 yil 1 yanvar holatiga strukturasini keltirib, 2001 yilda uning tarkibi qisman o‘zgartirilganligini aytib o‘tamiz3. MHXSKning asosiy tuzilmasi uning Nizomi bilan belgilangan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek MHXSKning a’zolari asosan Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasiga a’zo boigan barcha buxgalter va auditorlar professional tashkilotlari a’zodirlar. Uning a’zolari barcha faoliyat uchun javobgarlikni


uning Ustaviga binoan MHXSK Boshqaruviga topshirganlar. Boshqaruv qator huquqlarga ega boiib, shu jumladan: * jamoatchilik hukmiga xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli munozarali va muammoli masalalami, agar ulami chop etishga Boshqaruv a’zolarining ko‘pchiligi ovoz bergan boisa, havola etish; * MHXSK nomidan jamoatchilik hukmiga “Standartlarning dastlabki (taxminiy) varinatlari” ko'rinishidagi hujjatlarni havola etish; * Boshqaruv a’zolarining to‘rtdan uch qismi ovoz bergan hollarda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini nashr qilish va boshqalar. MHXSK tomonidan Standartni nashr qilish jarayoni: * Dastur haqida qaror; * Boshqarma tomonidan Tayyorlov qo‘mitasining tayinlanishi; * Asosiy momentlarni rejalashtirish: -loyihaning amal qilish sohasini aniqlaydi; -tayyorlov qo'mitasi tayyorlaydi, boshqarma tasdiqlaydi; * Tamoyillaming loyihaviy shakllantirilishi. Izohlami yig'ish maqsadida Tayyorlov Komiteti tomonidan chiqariladi * Tamoyillaming oxirgi tasdiqlanishi: -tayyorlov Komiteti tomonidan tayyorlanadi; -boshqarma tomonidan tasdiqlanadi. * Standartning dastlabki varianti: -tayyorlov Komiteti tomonidan tayyorlanadi; - boshqarma tomonidan tasdiqlanadi; -jamoatchilik mulohazalarini o'rganish maqsadida chop etiladi. MHXSK rasmiy nashrlari uch asosiy kategoriyalarga boiinadi: * Moliyaviy Hisobotni tayyorlash va taqdim etishning Konsepsiyalari; * Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari; * Interpretatsiyalar (izohlar). MHXSK o‘z Standartlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari deb nomlangan seriya sifatida nashr etadi. Standartlar tartib bilan raqamlangan boiib, agar biror bir standart qayta ko‘rib chiqilsa, uning eski raqami saqlanib qoladi, lekin qayta ko‘rib chiqish sanasi qavs ichida ko‘rsatiladi. Odatda Standartlar MHXSK tomonidan u ishlab chiqilgan sanadan boshlab 30 kun ichida nashr qilinadi. Taklif qilinayotgan standartlar esa alohida raqamlanib, TQS kabi belgilanadi va ular alohida nashr etiladi. 1998 yilda “Deloitte & Touche” auditorlik firmasidan Stig Enevolden MHXSK Boshqaruv Raisi etib tayinlangan edi. MHXSK Boshqamviga Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Meksika, AQSH kabi mamlakatlar vakillari a’zodirlar. Ular “Deloitte & Touche; Emst &Young; KPMG Peat Marwick; Price Waterhouse & Co”, “Nestle” kabi yirik firma va kompaniyalar vakillaridirlar.
Boshqaruv tomonidan ma’muriy masalalar bo‘yicha Ijroiya Komitet tayinlanadi. Ijroiya Komitet tomonidan quyidagi vazifalar bajariladi: - MHXSKning strukturasi, rejasi va tashkil etilishi; - Standartlarni tavsiya etish bo'yicha faoliyat; - Byudjet va moliya; - Tayyorlov Komitetlariga a’zolikning shartlari va tayinlanishi; - Boshqaruv yig‘ilishlarini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash; - Bosh Kotibni tayinlash; - MHXSKning majburiy rasmiy jarayoni; - Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va a’zolari bilan o‘zaro aloqalar. 1981 yilda MHXSK Boshqaruvi Maslahat guruhiga asos soldi. Maslahat guruhiga yirik tashkilotlar jalb qilingan boiib, ular jumlasiga * Yevropa Komissiyasi; * Fond Birjalar Xalqaro Federatsiyasi; * AQSH moliyaviy hisobot standartlari bo'yicha Boshqaruvi; * Xalqaro Savdo Palatasi; * Buxgalterlik taiim i va tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi; * Mehnat Konfederatsiyasi; * Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (IFC); * Baholash Standartlari bo‘yicha Xalqaro Komissiya; * Jahon Banki; * Xalqaro iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti; * BMTning transnatsional korporatsiyalar va investitsiyalar bo'yicha boiinmasi kiradi. Standartlarni ishlab chiqishda maxsus Tayyorlov Komiteti faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu Komitet dastlabki tadqiqotlami o‘tkazib, masalalar rejasini hamda ulaming sharhini beradi. Jamoatchilik fikr-mulohazalarini o‘rganish asosida tamoyillaming yakuniy formulirovkasini Boshqaruvga taqdim etadi. Komitet Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari loyihasining dastlabki variantini ishlab chiqadi va taqdim etadi. Yuqoridagi vazifalami o‘z vaqtida amalga oshishini ta’minlash maqsadida Interpretatsiya bo‘yicha Doimiy Komitet tuzilgan. Hozirgi iqtisodiy rivojlanish davrida moliyaviy hisobotning ikki global tili yanada ko‘proq tan olinmoqda: AQSH buxgalteriya hisobi umumqabul qilingan tamoyillari (US GAAP) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Moliyaviy hisobot aniqligi va yakunlanganligi, uning global kompaniyalar tomonidan foydalanish extiyojlari tufayli ko‘proq Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga murojaat etishmoqda. MHXS asosida tayyorlangan hisobotni juda ko‘p mamlakatlar qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Komitet (MHXSK) — nodavlat tashkilot boiib, unga butun jahon buxgalterlik faoliyati sohasining vakillari a’zodirlar. Komitet doimiy ravishda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari ni ishlab chiqish va rivojlantirish uchun javobgardir. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa, maiumki, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir. MHXSK - mustaqil notijorat tashkilot bo‘lib, u butun jahonda tijorat korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobotlami tuzish jarayonida qoMlaniladigan buxgalterlik tamoyillarini muvofiqlashtirishga erishish maqsadida tuzilgandir. Gap shundaki, BMT davlatlararo ekspert guruhi bir qancha korporatsiyalar bo‘yicha hisobni tashkil etish amaliyoti va 46 milliy hisob tizimi bo‘yicha hisobot berilishini o‘rganib chiqib, ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha milliy hisob tizimlarini taqqoslab boimasligi haqidagi xulosaga keldi. Markaz hisobotida shunday xulosaga kelindi: ayrim rivojlangan mamlakatlarda ko‘p sonli kompaniyalar hisob davrining oxirigacha e’lon qilingan foydaga tenglash maqsadida turli rezerv tizimlarini ishlatadilar. Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlami ajratib turgan bir qancha farqlar o‘rin egallar ekan. Mutaxassislar tomonidan 13 ta milliy hisob tizimining o‘rganilishi shuni ko‘rsatdiki, ulardan faqat 4 tasidagina (Germaniya, AQSH, Angliya, Yaponiya) resurslarni baholash uslubiyati davlat tomonidan qonuniy ravishda belgilab qo‘yilar ekan. Natijada resurslar eng kam baholash usulida hisoblanib, davlat foydasini ko'zlaydi, chunki, kompaniya bu holda foyda summasini maksimal darajada ko‘rsatishga majbur bo‘ladi. Bu milliy tizimlaming yana 23 tasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ulardan 8tasida (Avstraliya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveysariya) davlat uchun emas, balki korxona uchun qulayroq sharoit yaratar ekan. U tashqi bozorda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qator boshqa sharoitlami taqozo etadi. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, milliy buxgalteriya hisobi yangi yo‘nalishlami ishlatish hisobi bilan mamlakat iqtisodi rivojlanishida ma’lum taktik va strategik vazifalarini yechishga imkon beradi. Buxgalteriya hisobi milliy tizimlari tahlili nuqtai nazaridan firmalarning mablag‘ va resurslarini chet el valyutasida aks ettirilishi qiziqish uyg‘otadi. Balans tuzilgan sananing joriy kursi bo‘yicha baholangan chet el valyutasida balans moddalarining kengayish darajasi bo‘yicha tahlil o‘tkazildi va ma’lumotlar tuzildi. Bu jihatdan firmalarga ko‘proq darajada qulayliklar Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Niderlandiya, Angliya, Shveysariya mamlakatlarida, Avstraliya va AQSH firmalari uchun esa kamroq qulayliklar mavjud ekanligi aniqlandi
Milliy hisob tizimlarida iqtisodni tartibga solishga davlatning ta’sir darajasi ham mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. Argentina, Meksika, Peru, Filippin, Venesuela milliy tizimlari iqtisodni tartibga solishda sezilarli darajada ta’sir ko'rsatuvchi davlatlarga kiradi. Kolumbiya, Nigeriya va Zairda milliy hisob tizimining ishlatilish vositasi bilan davlat iqtisodiga qisman ta’sir etadigan davlatlardir. Qolgan mamlakatlarda turli darajada 20 dan 70% gacha davlatning oraliq ta’siri kuzatiladi. Xalqaro hisob amaliyoti tahlili ularning shakllanishining davlatlararo tashkilotlar, buxgalteriya hisobi xalqaro professional tashkilotlari, xalqaro profsoyuz tashkiloti ta’sirida shakllanishining turli yo'nalishlarini ham ajratishga imkon yaratdi.4 Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan parallel holda xalqaro buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro tizimiga milliy regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi boiib o‘tdi. Gap shundaki, XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kuchayishi, mamlakatlararo va qit’alararo mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi, ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijalaridan foydalanish natijasida chet el investitsiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishning intematsionalizatsiyashuvi transnatsional va multinatsional korporatsiyalaming paydo boiishiga olib keldi. Transnatsional korporatsiyalarga quyidagilar misol b o ia oladi: IBM (AQSH), Toyota Motor (Yaponiya), Jeneral Elektrik (AQSH), Toshiba (Yaponiya), Jeneral Motorz (AQSH), Dyupon (AQSH). Muhimi shuki, butun jahon miqyosidagi mahsulotlarining asosiy qismi 25 ta shunday yirik korporatsiyalarda ishlab chiqariladi. Shu bilan birga ishonch bilan aytish mumkinki, XX asrda iqtisodni intematsionalizatsiya qilish bo‘lib o‘tdi va u bilan birga buxgalteriya hisobi intematsionalizatsiya qilindi. Bu bir qancha muammolaming paydo boiishiga olib keldi: - xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish; - xalqaro yoki milliy hisob qoidalariga bo'ysunish; - xalqaro biznes bilan moslikda axborot-boshqaruv tizimini tashkil qilish; - joriy hisobotlar uchun kreditlarni chet el valyutasida aks ettirish. Qilingan ishlar natijasida .

Xulosa
Mazkur Standart MHXS 9 ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy aktivlarga, BHXS 40 ning qo’llash doirasidagi haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulkka, yoki BHXS 41 ning qo’llash doirasidagi chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart MHXS 16 «Asosiy vositalar» va MHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi qayta baholash modeli kabi boshqa Standartlarga muvofiq qayta baholangan qiymatda (ya’ni har qanday keyingi jamg’arilgan eskirish summasi va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlari chegirilgan holda qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatda) hisobga olingan aktivlarga nisbatan qo’llaniladi. Aktivning haqqoniy qiymati bilan uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi yagona farq aktivning chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlardir.
Qachonki aktiv yoki majburiyat bo’yicha ayirboshlash operatsiyasida ushbu aktiv sotib olinsa yoki majburiyat zimmaga olinsa, operatsiya narxi aktivni sotib olish uchun to’langan yoki majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir (kirish narxi). Aksincha, aktiv yoki majburiyatning haqqoniy qiymati aktivni sotishda olinishi yoki majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (chiqish narxi). Tadbirkorlik sub’ektlari aktivlarni ularni sotib olish uchun to’langan narxlarda zaruriy tarzda sotmaydilar. Xuddi shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari majburiyatlarni ularni zimmaga olish uchun olingan narxlarda zaruriy tarzda o’tkazmaydilar.
Agarda haqqoniy qiymatda baholangan aktiv yoki majburiyat taklif narxi va talab narxiga (masalan dilerlik bozoridagi boshlang’ich ma’lumot) ega bo’lsa, holatlarda haqqoniy qiymatni eng yaxshi aks ettiruvchisi bo’lgan taklif-talab marjasi ichidagi narx haqqoniy qiymatni baholashda foydalanilishi lozim, bunda boshlang’ich ma’lumot haqqoniy qiymat ierarxiyasida (ya’ni 1, 2 yoki 3-daraja) toifalangan bo’lishidan qat’iy nazar. Aktiv pozitsiyalari bo’yicha taklif narxlaridan foydalanishga va majburiyat pozitsiyalari bo’yicha talab narxlaridan foydalanishga ruxsat etiladi, ammo talab etilmaydi.
Mazkur MHXS taklif-talab marjasi ichidagi haqqoniy qiymatni baholashda oraliq-bozor narxlashidan yoki bozor ishtirokchilari tomonidan amaliy maqsadga mufoviqlik sifatida foydalaniladigan boshqa narxlash kelishuvlaridan foydalanishni to’smaydi.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) moliyaviy hisobotlarning butun dunyo bo'ylab izchil, shaffof va taqqoslanadigan bo'lishi uchun umumiy qoidalarni o'rnatdi. UFRS Xalqaro buxgalteriya standartlari kengashi (IASB) tomonidan chiqarilgan. Ular kompaniyalarning o'zlarining hisoblarini qanday yuritishi va hisobot berishlari, bitimlar va moliyaviy ta'sirga ega boshqa hodisalar turlarini belgilashlari kerakligini belgilaydi. Hisobotlar umumiy buxgalteriya tilini yaratish uchun korxonalar va ularning moliyaviy hisobotlari kompaniyadan kompaniyaga va mamlakatdan mamlakatga uzluksiz va ishonchli bo'lishi uchun UFRS yaratilgan.
UFRS buxgalteriya tili, amaliyoti va bayonotlariga muvofiqlikni ta'minlash va korxonalar va investorlarga ma'lumotli moliyaviy tahlillar va qarorlarni qabul qilishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. UFRS Jamg'armasi "dunyo bo'ylab moliyaviy bozorlarga shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik keltiradi ... global iqtisodiyotda ishonch, o'sish va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni qo'llab-quvvatlaydi". Kompaniyalar UFRS dan foyda ko'rishadi, chunki kompaniyaning biznesi shaffof bo'lsa, sarmoyadorlar kompaniyaga pul qo'yish ehtimoli ko'proq.


Yüklə 253,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə