A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


 Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

6. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning 
tashkilotchisi:
1. Talabalarni maktabning tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi.
2. Talabalarga ommaviy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o‘tkazishda yordam 
beradi. 
3. Amaliyotchi-talabalar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va 
o‘tkazishda sinf rahbarlariga yordam beradi. 
4. Amaliyotchilarning (ayrimlarini) sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlarida 
va ularning muhokamasida qatnashadi. 
5. Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda 
ishtirok etadi. 
7. Fan o‘qituvchisi: 
1. Talabalarni o‘z ish rejasi bilan tanishtiradi, ochiq dars va fan bo‘yicha 
sinfdan tashqari mashg‘ulot o‘tkazadi. 
2. Uslubchi o‘qituvchi bilan birgalikda talabalarga dars mavzulari va fan 
bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mavzularini taqsimlab beradi. 
3. Talabalarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorgarlik 
ko‘rishida maslaxatlar beradi, o‘tiladigan dars va sinfdan tashqari mashg‘ulot rejasi va
reja-konspektini tekshiradi, talabani dars yoki sinfdan tashqari mashg‘ulot o‘tishiga 
rozilik beradi. 
4. Talabalar tomonidan o‘tkazilgan dars va fan bo‘yicha sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlarning muhokamasi va uni baholashda qatnashadi. 
5. Amaliyotchilarni o‘quvchilar bilan to‘garak ishlarini o‘tkazishga, qo‘shimcha 
darslarni o‘tishga, ko‘rgazmali qurollar tayyorlashga va daftarlarni tekshirishga jalb 
etadi. 
6. Pedagogik amaliyot bo‘yicha direktor o‘tkazadigan yig‘ilishlarda hamda 
institutdagi yakuniy anjumanlarda qatnashadi. 
8. Sinf rahbari: 
1. Talabalarni sinfdagi o‘quvchilar ro‘yxati, ularni o‘zlashtirishi, davomati, xulqi
bilan, asosiy tarbiyaviy vazifalar va chorak uchun tuzilgan o‘z ish rejasi bilan 
tanishtiradi, o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazadi. 
2. O‘kuvchilarni shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda amaliyotchilarga yordam 
ko‘rsatadi. 
3. Talabalarga amaliyot mobaynida bajarishi zarur bo‘lgan tarbiyaviy masalalarni 
belgilashga yordam beradi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda ularga maslaxatlar 
beradi. 
3. Talabalarni sinfdagi kundalik tarbiyaviy ishlarga jalb etadi. 
5. Talabalarni sinfdan tashqari o‘tkazadigan mashg‘ulotlariga, ularning 
muhokamasi va baholanishida qatnashadi. 
6. Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda 
qatnashadi. 


10 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə