A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


IV. AMALIYOTCHI-TALABALARNING VAZIFALARI



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

IV. AMALIYOTCHI-TALABALARNING VAZIFALARI 
1. Amaliyotchi-talaba dasturda va pedagogik amaliyot nizomida ko‘rsatilgan 
barcha ishlarni bajaradi. O‘quvchilarga tashkiliylik, intizomlilik, xushmomalalik va 
mehnatsevarlik namunalarini ko‘rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari 
o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelishi kerak.
2. Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining 
topshiriqlariga amal qilishi va unga so‘zsiz bo‘ysunishi zarur. Amaliyotchi 
yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishigacha 
bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin. 
3. Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishi
qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakulьtet kengashining ruxsati bilan o‘quv 
darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan pedagogik amaliyot o‘tish belgilanadi. 
4. Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor etib
tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga 
olish, ularga kollektiv maslaxatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot 
rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir.
SHuning bilan bir qatorda amaliyotchilarga quyidagi aniq vazifalar qo‘yiladi: 
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish malakasini egallashi
- nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni o‘rganishi; 
- o‘quv-tarbiya ishlarini mustaqil olib borish mahoratini egallashi; 
- o‘quvchilarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash ishiga ijodiy yondosha 
olishi; 
- maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlaridagi ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirishi; 
- o‘zida ijodiy tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, pedagogik mahorat, o‘z kasbidan 
zavqlanish kabilarni mujassamlashtirishi; 
SHuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida maktabning ichki tartib-
qoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi: 
- sinf rahbarining ish mazmuni, o‘qituvchining mas’uliyati kabi vazifalar bilan 
tanishishi; 
- biriktirilgan sinfga kamida 10-15 ta o‘rganuvchi va shundan 3-5 ta sinov 
darsiga tayyorlanishi va o‘tkazishi; 
- tarbiyaviy ishlar bo‘yicha 3-5 ta tarbiyaviy tadbir, shundan kamida 1 ta sinov 
tadbiri bo‘lishi; 
- amaliyotchi-talabalarning o‘rganuvchi va sinov darslariga tahlilga kirishi 
hamda ular muhokamasida o‘z fikrlari bilan qatnashishi; 
- reja-konspekt tuzish, sinov darslari bayonnomalarini rasmiylashtirishni va sinfga, 
o‘quvchilarga tavsifnoma hamda hisobot yozishni uddalashi talab etiladi.


11 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə