A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

 
 
Qo‘shboqov N. -
 
umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi 
dotsenti. 
 
 
Qo‘llanma, A.Qodiriy nomidagi JDPI Kengashining 2016 yil «26» fevraldagi 5-sonli majlisida 
muhokama qingan va nashr qilishga tavsiya etilgan. 
 



KIRISH 
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari (1997 yil 29 
avgust Oliy Majlisning I chaqiriq IX sessiyasida tasdiqlangan) va shu qanunlar asosida 
qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Prezident Farmoni, qarori, farmoyishlari
Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus hamda xalq 
ta’limi vazirliklarining tegishli buyruqlari) asosida yo‘lga qo‘yilgan. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak 
bo‘lgan talablar kompleksini belgilaydi.
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, 
ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, 
ularni komillikka etaklash yo‘llarni, qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat, insonni 
ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga 
oshiriladi.
Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o‘zgarib 
borishi natijasida pedagogika (Bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida 
o‘z mavqeiga ega bo‘ldi.
Pedagogik vazifalar: 
Ta’limiy:
Pedagogikaning 
nazariy-metodologik 
asoslari 
va 
milliy 
pedagogikaning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni bilish. 
Tarbiyaviy:
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no 
ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazish.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə