A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


I. PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARI



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

I. PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARI
1. Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish,
mustahkamlash va bu bilimlarni o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy 
ishlar amaliyotida tadbiq etishni o‘rgatish. 
2. Talabalarni bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy
ishlarni kuzatish va tahlil qilishni o‘rganish bilan qurollantirish. 
3. Psixologiya, pedagogika hamda bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi bo‘yicha 
olgan bilimlariga tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishga o‘rgatish. 
4. O‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlardan 
foydalangan holda talabalarni turli dars mashg‘ulotlarni o‘tishga tayyorlash. 
5. Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o‘quvchilar jamoasi, bolalar
oromgohida va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan ishlashga hamda o‘quvchilar 
bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish. 
6. Talabalarni o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash,
ta’lim va tarbiya masalalarini ijobiy hal qilishga o‘rgatish hamda pedagogik fanlarga 
bo‘lgan intilishlarini shakllantirish. 
7. O‘quvchilar sog‘ligini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma 
va malakalarini hosil qilish.
8. SHaxsiy, kalendar mavzuli va tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish va reja-
konspekt hamda tarbiyaviy tadbir konspektlarni yozishni o‘rgatish. 
9. O‘quvchilarning o‘zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan 
usullarni qo‘llagan holda mustaqil darslar o‘tkazishga tayyorlash. 
10. Maktab direktori, o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi, 
fan o‘qituvchisi, sinf rahbari va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o‘rganish va tahlil 
qilish. 
11. Tanlab olib ishlayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbari 
hamkorligida ilmiy uslubiy ishlar (materiallar to‘plash, tajriba ishlarini yo‘lga qo‘yish, 
tajribali o‘qituvchilardan maslaxatlar olish) olib borish. 
12. O‘z ixtisosligi, redagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagoglik 
kompetentligini takomillashtirish. 
13. Fan kabinetlarini zamonaviy talablar asosida jihozlashga, ko‘rgazmali 
qurollar, tarqatma materiallar, dars ishlanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa 
kerakli materiallar bilan boyitishga yordam berish va ularni o‘rganish.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə