A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


III. AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

III. AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI 
 1.
 
Amaliyotning guruh rahbari:
1

1). Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi. 
2). Pedagogik amaliyot bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning 
boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o‘tkazadi:
amaliyotning boshlanishida va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda 
qatnashadi. 
3). Uslubchi o‘qituvchi pedagogika kafedrasi vakili, maktab direktori va 
o‘rinbosari bilan birgalikda talabalarni sinflar bo‘yicha taqsimlaydi, talabalarning 
individualь (shaxsiy) rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talaba 
o‘tkazgan darsni va sinfdan tashqari mashg‘ulotning tahlilini tashkil etib beradi. 
4). Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi
va amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari bilan 
birgalikda amaliyotga differensiyalangan baho qo‘yib chiqadi. 
5). Amaliyotda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy 
ishlarni olib boradi. 
6). Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha hisobot tuzadi. 
2. Mutaxassislik bo‘yicha uslubchi o‘qituvchi:

 
1). Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, 
amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan anjumanlarda, shuningdek,
maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi: 
2). Talabalarni mutaxassislik fanlari o‘tiladigan darslarga, predmet bo‘yicha
sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni taqsimlaydi: 
3). Maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda amaliyotchilarga dars mavzularini va
predmet bo‘yicha sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarini taqsimlaydi. 
4). Talabalar tomonidan o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruviga 
yordam qiluvchi uslub asosida turli xil darslarni va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni 
o‘tishni tashkil etish, talabalarni darsga va sinfdan tashqari mashg‘ulotga fan bo‘yicha 
tayyorgarlik ko‘rishida unga maslaxatlar beradi, ularni reja-konspektlarini tekshirib 
tasdiqlaydi, darsga va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda qatnashib, ularni tahlil qiladi va 
baholaydi. 
5). Maktab o‘qituvchilarini amaliyotchi-talabalar bilan olib boradigan ishlariga 
ilmiy-uslubiy jihatidan yordam beradi. 
6). O‘tkazilgan amaliyot yakuni to‘g‘risida guruh rahbariga maьlumot beradi. 
1
Гуруҳ раҳбарлари қилиб асосан услубчи ўқитувчилар тайинланади, айрим холларда педагогика ва психология 
ўқитувчилари хам тайинланиши мумкин. 
2
 Услубчи ўқитувчи вазифасига институт ўқитувчилари ва мактабнинг илғор ўқитувчилари жалб этилади. 
услубчи ўқитувчи 15 кишидан иборат талабалар гуруҳига раҳбарлик қилади.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə