A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

 
 
VII. AMALIYOTCHI-TALABA UCHUN ESLATMA 
 
1. Pedagogik amaliyot bakalavriat o‘quv rejasiga ko‘ra pedagogik instituti turli 
yo‘nalishlaridagi mutaxassisliklari uchun 7 yoki 8 semestrda 11 hafta davomida 
tashkil etiladi. Amaliyot davomida amaliyotchilar dars o‘tish uchun har bir sinfga bir 
kishidan biriktiriladi va bir sinfga rahbarlik qiladi. 
2. Amaliyotchi-talaba maktabda har kuni 6 soatdan kam bo‘lmasligi va reja 
asosida ishlashi lozim. 
Amaliyotchi birinchi kundan boshlab shaxsiy reja tuzadi va kundalik yuritadi. 
SHaxsiy reja butun amaliyot davomiga yoki haftalik qilib uslubchi, fan o‘qituvchisi va 
sinf rahbarlari yordamida tuziladi. O‘tiladiga fan bo‘yicha fan o‘qituvchisi yordamida 
kalendar reja tuzadi, bu reja birinchi haftaning oxirida tayyor bo‘lishi va o‘quv ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishi kerak. SHu bilan birga sinf 
rahbarlik qilish uchun sinf rahbari yordamida tarbiyaviy ish rejasi tayyorlaydi va 
ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga tasdiqlatadi. 
3. Pedagogik amaliyotning birinchi haftasi passiv amaliyot bo‘lib, unda
amaliyotchilar maktab tarixi, ichki tartib-qoidalari, o‘quv-tarbiya jarayoni, amaliyot 
davomida bajariladigan ishlar bilan tanishadilar va tajribali o‘qituvchilarning darslarini 
tahlil qilib, dars o‘tish va tarbiyaviy ishlarni olib borish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganadi 
hamda rejalarni tuzib oladilar. Ikkinchi haftada aktiv amaliyot boshlanib
rejalashtirilgan vazifalarni uslubchilar, fan o‘qituvchisi va sinf rahbari yordamida 
ta’lim-tarbiya ishlariga kirishadilar.
4. Pedagogik amaliyot davomida amaliyotchi-talaba o‘z rejasi asosida: 
- darsga va tarbiyaviy soatga hozirlik ko‘radi reja-konspekt yozadi va tegishli 
direktor o‘rinbosarlariga tasdiqlatadi; 
- tajribali o‘qituvchilar darslarini va tarbiyaviy soatlarini kuzatadilar; 
- amaliyotchi-talabalarning darslarini kuzatadi, opponentlik qiladi, sinfdan 
tashqari ishlarini tahlil qiladi va ular muhokamasida qatnashadi; 
- sinf rahbarlik qiladigan sinfni, bir faol va bir passiv o‘zlashtiradigan 
o‘quvchilarni pedagogik-psixologik kuzatish ishlarini olib boradi; shu asosda amaliyot 
so‘ngida ularga tavsifnoma yozadi; 
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qiladi, past o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari tashkil qiladi, devoriy 
gazeta chiqaradi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, kabinetni jihozlashga yordam 
beradi;
- turli tashkilotlar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qiladi, kino, 
teatr va muzeylarga sayoxatlar uyushtiradi; 
- maktab bo‘yicha o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol ishtirok etadi, ya’ni 
pedagogik, metodik kengashlar, ota-onalar yig‘ilishlari, bayram tadbirlari va 
obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etadi. 


13 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə