A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


V. AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARI



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

V. AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARI 
 
Pedagogik amaliyot vazirlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan 
ma’lum bir vaqt bo‘yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar pedagogik 
amaliyot ko‘rsatma va dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat’iy amal qiladi. 
Har bir amaliyotchi pedagogik amaliyotni belgilangan muddatda o‘tashi lozim. 
Agar talaba pedagogik amaliyot talabi va intizomiga roya etmay ikki kun sababsiz 
qatnashmasa amaliyotdan chetlashtiriladi. Talaba amaliyot yakunida o‘z hisobotini oliy 
ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan hay’at oldida himoya qiladi. Amaliyot natijasi 
kursni tugatishda va bitiruv davlat attestatsiyasi himoyasiga kirishda albatta hisobga 
olinadi. Amaliyot dasturini bajarmagan, ish haqida qaniqarsiz taqriz yoki hisobot 
himoyasida qaniqarsiz baho olgan talaba qayta amaliyotdan o‘tadi. Aks holda talabalar 
safidan chiqariladi. Maktabdagi amaliyotchi-talabalar ichidan guruh sardori belgilanadi 
va u guruh amaliyotchilarining davomatini ta’minlaydi, ularga bo‘ladigan tadbirlarni
amaliyot davomidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni etkazib turadi. Amaliyotchi o‘ziga 
noaniq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha maktab rahbariyati va amaliyot rahbarlariga 
murojaat qilish huquqiga egadir. O‘quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga 
qaratilgan taklif va mulohazalarini erkin bayon etishlari mumkin. SHuningdek, o‘quv 
dargohida o‘tadigan majlis, anjuman va boshqa tadbirlarda qatnashishga, axborot resurs 
markazi va kabinetlardan unumli foydalana olish huquqlari ham beriladi. 
 
VI. TALABALARNING PEDAGOGIK AMALIYOTINI
HUJJATLASHTIRISH, HISOBGA OLISH VA BAHOLASH 
 
1. Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga rejalar, tahlillar, 
o‘quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o‘tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va 
o‘qituvchilarni ko‘rsatmalarini hamda psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha 
bajaradigan topshiriqlar bo‘yicha zarur bo‘lgan maьlumotlarni yozib borishadi. 
Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yozishganida shu kundalik 
daftardan foydalanadilar. 
2. Amaliyot o‘tkazilgandan so‘ng talabalar amaliyot davomida yuritgan
hujjatlar hisoboti bilan birga tayyorlangan albom, videorolik va boshqa ko‘rgazma 
qurollarini amaliyotning guruh rahbariga topshiriladi. 
3. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda va 
fakulьtetning ilmiy-amaliy anjumanida yakunlanadi. 
4. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar
topshirilgandan keyin, talabaga ball va baho qo‘yiladi; pedagogik amaliyotning 
baholanishiga pedagogika, psixologiya va uslubiyat bo‘yicha bajariladigan barcha 
topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq 
bajarilmagan bo‘lsa baho qo‘yilmaydi. 


12 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə