A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/28
tarix04.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#88666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar

talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik bo‘lib, ushbu sifatlar 
o‘qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash 
mahorati 
- ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va 
mexanizmlarini bilishi, ularning o‘zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini 
qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi kerak. 
Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, 
bunda har bir o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishda oliy o‘quv yurtida to‘plagan bilim 
hamda uquvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
SHuning uchun pedagogik amaliyot vaqtida o‘qish jarayonidagi barcha kamchiliklar 
yaqqol ochilib qoladi. SHunday qilib, pedagogik amaliyot o‘ziga xos imtixon 
hisoblanadi. SHuni nazrda tutish kerakki, amaliyotchi-talabaning yoshi u rahbarlik 
qilishga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda 
birinchi kundanoq to‘g‘ri yo‘l tanlash, ya’ni birinchidan o‘z qo‘l ostidagi o‘quvchilarga 
nisbatan takallufsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ikkinchidan, takabburona munosabatda 
bo‘lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, amaliyotchi o‘quvchilar bilan 
to‘g‘ri munosabatda bo‘lsa, ya’ni ularga hayrixoxligi va kamtarligini namoyon 
qilsagina u tezda o‘quvchilar bilan inoqlashib ketadi. O‘quvchilar amaliyotchini ham
o‘quvchi ekanligini yaxshi bilishadi va unga har tomonlama yordam berishga harakat 
qilishadi. Bu davrda amaliyotchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi, u 
o‘quvchilarga namuna bo‘lishi kerak, amaliyotchi oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu 
shartni bajarmagan amaliyotchi o‘quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi.
Amaliyotchi-talabaning sinfda bo‘ladigan barcha tadbirlarda qatnashishi, uning 
o‘quvchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish garovidir. 
Amaliyotchi-talaba o‘qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot 
davomida ko‘radi, ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini 
o‘rganadi, zarur kasbiy sifatlarni o‘zida shakllantiradi. Eng muhimi, bu davrda 
o‘quvchilar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli ekanligiga, kasbni to‘g‘ri 
tanlaganligiga ishonch hosil qiladi. 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə