Mahalla va oila



Yüklə 75,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü75,03 Kb.
#183851
  1   2   3   4   5   6   7
19 00 05 Ижтимоий психология



 “MAHALLA VA OILA” ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 


 
Ushbu dastur ixtisosligi bo‘yicha bo‘lgan tayanch doktorantlar (PhD) va mustaqil 
izlanuvchilarga (PhD) mo‘ljallangan bo‘lib, unda olam, jamiyat va insonni o‘rganishda 
psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi, ularning dunyoqarashini boyitish va 
rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o‘rganish ehtiyojining ortayotganligi, inson 
psixologiyasining umumpsixologik masalalariga e’tibor qaratilgan. 
Tuzuvchi: 
ps.f.f.d., PhD. X.Abdusamatov

Taqrizchi: ps.f.n R.Ismailova 
 
Mazkur dastur Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashining
2022-yil 22-avgustdagi 4-sonli majlisida tasdiqlangan. 


KIRISH 
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda 
tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni,
2020-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi huzurida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi 367-son qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila 
va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son 
Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar davlat 
qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son 
qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli 
qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 31-martdagi
145-son qarorilarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda 
tuzilgan.
19.00.05 - “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya” (psixologiya fanlari) 
ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilardan ixtisoslik 
imtihonini topshirish uchun tuzilgan bo‘lib, o‘z ichiga mazkur fanning deyarli 
barcha qirralarini qamrab oladi.
 
Malakaviy imtihon topshiruvchi - izlanuvchi yuqori darajada nazariy va 
amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi, ijtimoiy pedagogika fanining boshqa ijtimoiy 
gumanitar fanlar bilan bog‘liq ilmiy metodologik masalalardan xabardor bo‘lishi, 
shu bilan birga u o‘z bilimidan ilmiy va amaliy vazifalarni to‘g‘ri xal etishda 
foydalanishi lozim. 
Mazkur dastur 19.00.05 - “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya” 
(psixologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha ixtisoslik imtihonlarini topshiruvchi 
tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning bilim darajasini mukammal 
sinovdan o‘tkazish imkonini yaratadi. 



Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə