Tajriba ishi №1 Noyob metallar ishlab chiqarish mahsulotlari va yarim mahsulotlari Ishdan maqsad



Yüklə 21,5 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü21,5 Kb.
#127867
1-TAJRIBA ISHI


Tajriba ishi №1
Noyob metallar ishlab chiqarish mahsulotlari va yarim mahsulotlari
Ishdan maqsad: Noyob metallar ishlab chiqarish mahsulotlari va yarim mahsulotlarini farqlash va baholashni o‘rganish.

Qisqacha nazariy ma’lumot
Ma’dan tarkibida noyob metallar kam tarkibli boyitma hosilqkiladi. Masalan volfram–molibdenli, titan–niobiy–tantalli, molibden–reniyli, sirkoniy–niobiyli, uran–vanadiyli rudalar, shuningdek rangli metallar tarkibidagi tarqoq noyob metallar.
Shu munosabatda noyob metallarni ajratib olish texnologiyasida ma’danlarni boyitish, kimyoviy jarayonni ajratish, noyob metallarni birikmasini tozalash katta axamiyat kasb etadi.
Qiyin eriydigan va yengil noyob metallarni ishlab chiqarishda bir qancha operatsiyalar bajariladi (metallurgik jarayon), buni texnologik sxema deb ataymiz.
Texnologik sxema orqali, sexning yoki bir bo‘limning, hatto butun metallurgik kombinatning ishlashini ko‘rsatadi.
Texnologik sxemaning asosiy talablari – operatsiya jarayonlarini tartibga olish natijasida Davlat standarti talablariga asosan tayyor mahsulot yoki yarim tayyor mahsulot olinadi.
Molibden ishlab chiqarish
Molibdenli kuyindi – molibden boyitmasining oksidlash mahsuloti
(kuydirish)
Molibden (III) oksid - gidrometallurgik mahsulotlarni qayta ishlash.
Kukunli molibden – molibden (III) oksid mahsulotni qayta tiklash.
Kuygan molibden - birlashgan metall ( kompaktnыy metall)
Molibden eritmasi – yakunlangan tayyor mahsulot tarkibi
Mis–molibden yarim mahsuloti – mis–molibden rudalarini boyitishda olinadi, bunda 30-40% Mo i 1-5% Su.
Ammoniy paramolibdat – tanlab eritish mahsulotini ammiak eritmasida kuydirish

Volfram ishlab chiqarish.

Qizdirish – mahsulotni qizdirib kuydirish (soda orkali kuydirish)


Volfram (III) oksidi – dastlabki xom ashyoni tiklash
Kukunli volfram - volfram (III) oksid mahsulotni qayta tiklash.
Kuygan volfram - birlashgan metalldir. ( kompaktnыy metall)
Volfram eritmasi - yakunlangan tayyor mahsulot tarkibi

Volframit – mineral, temir volframati (Fe WO4) va marganets volframati (MnWO4) aralashmasi.


Sheyelit – mineral deyarli toza kalsiy volframat (SaWO4).

Titan ishlab chiqarish.


Titan shlaki – ilmenit boyitmasining qayta ishlash mahsuloti.
Titan tetraxlorid – titan ishlab chiqarish uchun yarim mahsulot.
Titanli gubka – titan asosiy metallurgik ishlab chiqarishdagi mahsulot.
Tozalangan titan - sof toza metall.
Loparit – mineral, kimyoviy sharoitda – natriy titanoniobat, kalsiy va noyob yer metallari elementlari, umumiy formulasi: (Na, Ca, Ce….)2 (Ti, Nb)2O6.

Berilliy ishlab chiqarish.


Qizil kuyka - erimagan mahsulot tanlab eritishda kuygan berilliy boyitmasi kuyidagilardan iborat SiO2+Fe2O3+Al2O3
Temirli kriolit – ftorid birikmasi (Na3FeF6), berilliy ftoridi usulining ochish uchun ishlatiladi

Foydalaniladigan xom ashyolar


Bu ishda noyob metallar ishlab chiqarish mahsulotlari va yarim mahsulotlaridan foydalaniladi.
Ishni bajarish tartibi
Talaba noyob metallar ishlab chiqarish mahsulotlari va yarim mahsulotlaridan 3-5 namuna oladilar.
Namunani tashyi ko‘rinishini yaxshilab o‘rganib chiqib tasvirlab berish - agregatli holati, rangi, kristallik tuzilmasi va boshqalar.
Natijalarni qayta ishlash
Ukuv adabiyotidan foydalanilgan holda, texnologik sxemani va mazkur mahsulot olinadigan bulimni urganish kerak. Mazkur mahsulotning kimyoviy va mineralogik tarkibiga baho berish kerak.
Nazorat savollari

  1. Metallurgik jarayonlarining sinflanishi

  2. Texnologik sxema nima ?

  3. Texnologik sxema tanlashda qanday talablar kuyiladi?

  4. Boyitma nima?

  5. Yarim mahsulot nima?

  6. Metallarni ajratib olish nima?

  7. Kanday mahsulotlar chikindi yuboriladi va nimaga?

  8. Volfram ishlab chiqarishda kanday mahsulot olinadi?

  9. Molibden ishlab chiqarishda kanday mahsulot olinadi?

  10. Yengil noyob metallar ishlab chiqarishda kanday mahsulotlar olinadi?

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Zelikman A.N., Korshunov B.G. Metallurgiya redkix metallov. – M., Metallurgiya, 1991.
2. Zelikman A.N., Meerson G.A. Metallurgiya redkix metallov. – M., Metallurgiya, 1973. – 608 s.
3. Kolenkova M.A., Kreyn O.E. Metallurgiya rasseyannыx i legkix redkix metallov. – M., Metallurgiya, 1977. – 360 s.
4. Zelikman A.N. Molibden. – M., Metallurgiya. – 440 s.

Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə