A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/251
tarix27.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#163865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori

Genotexnik davrga 
- fundam ental asosga q a ra tilg a n kuchli 
ja ra y o n la m in g aniqlash larin i ishlab chiqish (an tib io tik lar, am ino- 
kislo talar. ferm entlar, v itam inlarn in g produsentlari), su p erp ro - 
dusentlar olish , kuchli g enetik m a ' lum otga ega b o ‘Igan pro d u se n tla r 
olish (m asalan , tab iatd a oldin boM magan 
P sen d o m o n a s o lr u g in o sa
hujayrad agi insonning interferon geni) kiradi. M a ’lum ki, genom - 
dan d a slu r keladi. D asturni fao llash uchun A T F kerak b o 'la d i, bun­
da Ditta t-R N K uchun bitta A T F zarur. S o ‘ngra a m in o k islo ta la r 
Л ГҒ ца ulanadi va ribo so m aga olib boriladi, natijada o x irg i m ah-
14


sulot - oqsil hosil bo‘ladi. Bunday jarayonga genetikaning asosiy 
qonuni deyiladi:
DNK —» RN K —> oqsil —> m ahsulot
Genetikaning asosiy qonuniga asoslanib gen injeneriyasi fikri 
yuzaga kela boshladi. Birinchi marta 1982-yilda Braun r-DNK- 
ni olgan, shu yildan haqiqiy gen injeneriyasi paydo bo‘lgan deb 
hisoblanadi.
1.2. Biotexnologiyaning obyektlari va usullari
Viruslar, bakteriyalar, zam burug‘-m ikrom itsetlar va mak- 
romitsetlar, protozoy organizm lari, o ‘simliklari, hayvonlar va 
inson hujayralari (to‘qimalari), b a’zi vazifasiga ko‘ra ularga 
o ‘xshash moddalar (masalan, ferm entlar, prostaglandinlar, lektin- 
lar, nuklein kislotalar va hokazolar) biotexnologiyaning obyek­
tlari hisoblanadi. Demak, bu uyushgan zarra (virus)lar, hujayra 
(to ‘qima)lar yoki ulam ing m etabolitlari (birlamchi, ikkilamchi) 
biotexnologiyaning obyekti bo ‘lishi mumkin, hatto biomoleku- 
ladan biotexnologiyaning obyekti sifatida foydalanilganda uning 
ilk biosintezi aksariyat hollarda tegishli hujayralar bilan amalga 
oshiriladi.
Shu munosabat bilan biotexnologiyaning obyektlari yoxud 
mikroblarga, yoxud o ‘simlik va hayvon organizmlariga taalluqli 
bo‘lishi mumkin. Viruslar organizm hisoblanmaydi, ammo irsiyat 
molekulalarining mazmuni, moslashuvchanligi, o ‘zgaruvchanligi 
va boshqa ayrim xususiyatlariga ko‘ra jonli tabiat vakillari sirasi- 
ga kiradi.
Biotexnologiya obyektlari g'oyat darajada rang-barang b o iib , 
ular uyushgan zarra (virus)lardan to insongacha b o ig an ko'lamni 
o ‘z ichiga oladi.


Viruslami jonli obyekt deb hisoblab bo‘lmaydi, avtonom 
yashashga kerakli komponentlari yo‘q, uni faqat x o ‘jayin hujay- 
radan olish mumkin. Lekin, viruslaming RNK va DNK molekula­
lari borligi uchun ular o ‘z nusxalarini boshqa hujayra yordamida 
yaratish qobiliyatiga ega.
Hujayralardan tarkib topgan mikroblardan farqli ravishda 
virus zarralarida RNK va DNK hech qachon birgalikda mavjud 
bo‘lmaydi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, „biologik texnolo- 
giya yoki biotexnologiya44 va „biokimyoviy texnologiya“ nom- 
lari bir m a’noni anglatadi, chunki texnikada hamda sanoat ish­
lab chiqarishida foydalaniladigan biologik jarayonlar biokimyo­
viy asosga ega.
Hozirgi vaqtda biotexnologiyaning aksariyat obyektlarini 
uch avlodga (yadrosiz, yadrodan aw algi va yadroli) hamda besh 
bo‘limga (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hay- 
vonlarga) taalluqli mikroblar tashkil etadi. Ayni vaqtda dastlabki 
ikki avlod faqat mikroblardan, uchinchisi esa aksariyat o ‘simliklar 
va hayvonlardan iborat.
0 ‘simliklar orasida mikroskopik suv o ‘tlari (Algae), hayvon- 
lar orasida esa - mikroskopik sodda (Protozoa) mikrob hisoblana­
di. Eukariotlardan zamburug‘lar va ma’lum chekinishlar bilan mik­
roskopik zam burug'lar hamda mikroskopik suv o ‘tlarining yoki 
zamburug'lar va sianobakteriyalaming tabiiy simbiotik uyushmasi 
hisoblanuvchi lishayniklar - mikroblar sirasiga kiradi.
XIX 
asming birinchi yarmida biologiyaning eng asosiy umum- 
lashmalaridan biri - hujayralar nazariyasi (M. Shleyden, T. Shvann, 
R. Virxov) ishlab chiqildi, uni hamma e ’tirof etdi. Aynan shu naza­
riya sitologiya (yunoncha 
cytos
so‘zidan olingan bo‘lib - bo‘shliq 
degan ma’noni anglatadi) fanining poydevori bo‘lib hisoblana­
di. Biotexnologiyaning barcha obyektlari orasidan faqat viruslar, 
viroidlar va biomolekulalar hujayrali tuzulishga ega emas. Ammo 
hujayralardagi viruslar o ‘zlarini mavjudotlardek tutishadi - ular
16


ko‘payadi va ulaming genetik materiali asosan kelib chiqishi har 
qanday bo‘lgan hujayralarga xos umumiy qonunlar bo‘yicha faoli- 
yat yuritadi.
Sitologik tadqiqotlaming usullari va texnikasi takomillashib 
borgani sari olimlar uyushgan zarralar va hujayralar mazmun-mo- 
hiyatiga chuqur kirib borishmoqda, buning natijasida esa barcha 
jonli mavjudotlaming uch avlodga 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə