A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/251
tarix27.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#163865
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   251
A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori

fundam entum -
asos) 
izlanishlar dastlab asosiy muammolami hal etishga qaratilgan 
bo‘lib, ulardan kelib chiqadigan aniq natijalar esa amaliy izla- 
nishlaming asosini tashkil etadi. Bunda ilm asosiy hal etuvchi 
omil sifatida nam oyon bo‘ladi, chunki ilm - dunyo (dunyo yara- 
tilishi)ni anglash uchun m o‘ljallangan insoniyat faoliyatining bir 
sohasidir.
Odatda, fundam ental izlanishlar tegishli bilim sohasida 
yangi asoslar va qonuniyatlarni o ‘rnati!gandan yoki isbotlan- 
gandan so ‘ng yakunlanadi. Vaqt o‘tib bu asoslar (qonuniyat- 
lar) am aliyotga tatbiq etiladi. Bunga qaram asdan, fundam en­
tal va am aliy izlanishlar to ‘xtatilm asligi zarur, chunki m a’lum 
bosqichda ularning qaram a-qarshi y o'nalishda transform atsi-
40


yalanishini kuzatish mumkin. M asalan, J.U otson va F. Krikk 
nuklein kislotalar to ‘g ‘risidagi m a’lum otlarni um um lashtirgan- 
dan so ‘ng DNKning q o ‘sh spiralining tabiiy m odelini tak lif 
etgan va shu bilan dastlab m a’lum bo‘Igan ,,afsonaviy“ genga 
asos (fundam ent) yaratdilar. Buning asosida genning m oleku- 
lar biologiyasi jum ladan, m asalan, m utagenez b o ‘yicha k o ‘plab 
am aliy ishlanm alar yuzaga keldi.
Ikiknchi tomondan, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan DNK ajra­
tish va boshqarish bo‘yicha amaliy ishlanmalar umumiy barcha 
tirik jonzotlarga xos bo‘Igan genetik qonunlarini o ‘m atish uchun 
asos bo‘ldi. Shuning uchun bugungi kunda ham buyuk L.Paster- 
ning so‘zlari o ‘rinlidir: ,,Yo‘q, ming marta yo ‘q, amaliy fanlar deb 
nomlash mumkin bo‘lgan hech qanday fanlar mavjud emas. Faqat 
bir-biri bilan daraxt va uning mevasi kabi bog‘liq bo‘lgan ilm va 
ilm ilovalari mavjud“.
Biologik texnologiya - zarra (virus)lar, huj ayralar va to ‘ qimalar, 
birlamchi hamda ikkilamchi metabolitlar, genetik material bilan 
ishlash natijasida dastlab olingan dalillaming amaliy tatbiqi hamda 
ilmiy izlanishlar simbiozi sifatida shakllangan fandir.
M ikrobiotexnologiya yoki mikrob biotexnologiyasi texni- 
ka va sanoat ishlab chiqarishda m ikroorganizm lam ing yuqori 
xususiyatlari, xossalaridan foydalanish maqsadida mikrobiolo- 
giya, biokimyo ham da m uhandislik fanlarga m a’lum chegarada 
asoslanadi.
Mikrobiotexnologiya mohiyati jihatdan sanoat (texnik) mikro- 
biologiyaga o‘xshashdir. Uning tadqiqot obyekti mikroblar - virus­
lar (viroidlar va faga), bakteriya, zamburug1, lishaynik, protozoalar 
hisoblanadi. Bioobyektlar bilan bir qatorda birlamchi o ‘simlikdan 
olingan metobolitlar - fermentlar ham turadi. Ulaming katalitik 
faolligi enzimologiya injenerligi asosida yotadi. 0 ‘simlik va hay- 
vonot hujayralariga qaraganda mikroblar tez ko'payadi.
41


Mikroblaming bioobyekt sifatiga nisbatan afzalliklari quyi- 
dagilar:
• genom tuzilishi yuqori ,,soddaligi“;
• tabiiy va sun’iy muhitga oson moslashuvi (labillik);
• vaqt birligi ichida hujayra massasining tez o ‘s is h i;
• fermentativ reaksiya tezligining yuqoriligi.
Birinchi afzallik, mikrob hujayralaming o'zgarishini va irsiy 
materialning qayta qurilishini ta’minlaydi. Masalan, begona gene­
tik m a’lumotni kiritish, hujayraga plazmidani kiritish yoki elimi- 
natsiyalash va hokazo.
Ikkinchi afzallikni bakteriya va zamburug4 misolida keltirish 
mumkin. Ya’ni haroratga qarab mikroblar psixrofil, mezofil va ter- 
mofillarga bo'linadi (grekcha 
psichria
- sovuq, 
mesos
— o ‘rtacha, 
terme -
issiqlik, 
fileo -
yaxshi ko‘raman). Ular uchun optimum 
ko‘rsatkich: 20 °C dan past, 20-45 °C va 45 °C dan yuqori.
Faqat, ko'rsatilgan intervallar bir-biriga o ‘tishi mumkin. 
Masalan, 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə