A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/251
tarix27.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#163865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   251
A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori

T2 bakteriofagi A: 1 -
boshchani qoplab turuvchi 
kapsomerlar; 
2
- yoqacha; 
3 -
bo‘yin; 
4
- g‘ovak sterjen;
5 -
g‘ilof; 
6
- iplar; 7 - ikosaedrik boshcha; 
B - m endsnikutlari:
a -
galobakteriyalar; 
b
- metanobakteriyalar; 
d -
vegetativ shakllar; 
e -
harakatsiz shakllar;/ - termoatsidofillar; 
g
- tenerikutlar; 

-
ikoplazmalar; 
j -
piroplazmalar.
gramma -
tavsif so ‘zlaridan olingan) quyidagi tarzda tasvirlani^ 
shi mumkin.
Oksigen sianobakteriyalar, anoksigen qo ‘ng‘ir va yashil bak­
teriyalar fototrof bakteriyalar hisoblanadi; grammusbat va gram- 
manfiy bakteriyalar hamda batsillalar, miksobakteriyalar, poyali 
va kurtaklanuvchi bakteriyalar, vibrionlar, spirallalar, spiroxed- 
lar, aktinomitsetlar, korinebakteriyalar, mikobakteriyalar, rikke- 
tsiyalar. xlamidiyalar,mikoplazmalar va spiroplazm alar-xem otrof 
bakteriyalar hisoblanadi.


Prokariotlarning dendrogrammasi
Galofil 
Termotsidofil 
Metanogen 
Fototrof 
Xemotrof
bakteriyalar 
bakteriyalar 
bakteriyalar 
bakteriyalar bakteriyalar
\
Eubakteriyalar
Arxeobakteriyalar
Ajdodlar shakillari
Galobakteriyalar 
Haloarcula, Halobacterium, Halococcus,
Natrobakterium, Natrococcus
oilalarini o 'z ichiga oladi. Ular den- 
giz tuz konlarida bo‘ladi (ular uchun natriy xloridning eng mo‘tadil 
miqdori 3,5-5M ). Termoatsidofil bakteriyalar nordon issiq buloq- 
larda pH = 2—3 va harorat 70-90 °C daraja bo‘lganida (
Salfolobiis
acidocoldarius),
ko‘m ir konlarining o‘z-o‘zini isitadigan terrikon- 
larida pH = 1-2 va harorat 59 °C bo‘lganida (
Thermoplasma acido-
philum),
dengiz tubidagi va vulqon etaklaridagi qaynoq buloqlar- 
da harorat 85-105 °C bo'lganida yashaydi (
Thermoproteus tenax,
T.neutrophulis
) va boshqalar.
Koklar (
Methanococcus vannielli),
sartsinlar (
Methanosarci-
na bakteri),
tayoqchalar (
Methanobakterium formicicum, Metha-
nobrevibacter ruminantium),
spirallalar (
Methanospirillum hun-
gatei)
va boshqa ko‘rinish!ami o ‘z ichiga olgan metanogen bak­
teriyalar anaerob mikroorganizmlar hisoblanadi. Ular shahar va 
aholi punktlarining oqava suv tindirgichlarida, go'ngda, hovuz 
va koMlarning tubidagi quyqalarda, sholipoyalarda, liman va
22


estuariyalarda (lotincha 
aestuarium -
suv sathi ko ‘tarilganida suv 
bosadigan sohil), kavsh qaytaradigan hayvonlam ing katta qorin- 
larida yashaydi. Yashash muhiti inobatga olinadigan bo ‘Isa, ular 
haroratga keng doirada moslasha olishi tabiiydir. Shunga qaramay, 
masalan, kavsh qaytaradigan hayvonlaming katta qorin harorati 
bir tekis bo'ladi.
D .X.Bergning (1984-1986) aniqlashicha, arxeobakteriyalar 
mendosikutlar bo‘limiga, boshqa hamma bakteriyalar yoki eubak- 
teriyalar. grasilikutlar, firmikutlar va tenerikutlar (lotincha 
mendo-
sus -
soxta. qalbaki, 
gracilis -
sarvqomat, nozik, 
firm us -
mus- 
tahkam, 
tener
- sezgir, nozik, 
cutis
- teri) bo‘limlariga tegishlili- 
gi m a’lum bo‘ldi.
Grasilikutlar grammanfiy bakteriyalami ikki qatlamli hujayra 
devori bilan birlashtiradi (odatda, ular hujayra devorining sirtqi 
qatlamida fosfolipid membranaga ega bo‘ladi). Ular hujayralari- 
ning shakli har xil shar shaklidan tayoqcha shaklgacha, to ‘g‘ri 
shakldan egri-bugri (qing‘ir) shaklgacha bo‘ladi; ular harakatchan 
yoki harakatsiz bo‘ladi; endosporalarni hosil qilmaydi, bo'linish 
y o ‘li (ba’zilari kurtaklanish yo‘li) bilan ko‘payadi; aksariyati 
pilyalar (soch tolalari yoki fimbriyalar)ga ega. Ovqatlanish tarzi- 
ga ko ‘ra fototrof (shu jum ladan, sianobakteriya)lar va xemotrof- 
lar; nafas olishiga k o ‘ra - aeroblar, anaeroblar, fakultativ anaer- 
oblar; patogenligi bo ‘yicha saprofitlar va parazitlar gratsilikutlar 
sirasiga kiradi.
K o‘p qatlamli murein qobiqli mikroorganizm lar firmikutlar 
sirasiga kiradi. Ularning hammasi grammusbat, sporalar hosil 
qiluvchi yoki sporalar hosil qilmaydigan; aktinom itsetlar va ular 
bilan turdosh bakteriyalar ham shular qatoriga kiradi. Hujayra- 
larining shakli har xil - dumaloq, tayoqchasimon, shoxlanuvchi. 
ipsimon, shoxlanmaydigan bo'ladi. Oziqlanish tarziga ko'ra -
aksariyati xemogeterotroflar, nafas olish tarziga ko ‘ra - aeroblar. 
anaeroblar va mikroaerofillar, patogenlar va saprofitlar kiradi.
23


Mikoplazmalar va spiroplazmalar (yunoncha 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə