9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə3/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

Marshall metodologiyasi
Marshallning metodologiyasi uning qarashlarida ham aks etdi. Uning matematik qobiliyati matematikaning kuchini iqtisodchining qo’llaridagi vosita sifatida foydalanishga imkon berdi. Uning fikriga ko’ra klassik iqtisodiyotning katta xatosi jamiyat o’zgarishlarini bilishga bo’lgan noto’ri yondashuvidir.
Kompleks tahlil: Faol Marshall uslubi
Marshall ıqtisodiyotni o’rganishning qiyinligi va murakkabligi haqida gap ketganda ikkita sababni ko’rsatadi. Bir tomondan qaraganda har bir omil boshqa omillarga bog’liqdek tuyuladi. Tizimning barcha qismlari o’rtasida qiyin va nozik aloqalar mavjud. Boshqa tarafdan qaraganda vaqt ana shu iqtisodiy tadqiqotdagi qiyinchiliklarning sababi bo’lib chiqadi. Sabablar tezda oxirgi natijani bermaydi, ular o’zaro ko’p marta ta’sirlanishadi. Ammo birgina omil masalan, talabning o’sishi o’z ta’sirini o’tkazgan zahoti, iqtisodiyotda boshqa omillar mustaqil ravishda o’zgarishi mumkin, masalan (taklifning o’sishi), shuning uchun bitta sabab natijasidagi o’zgarishlar uning ta’siridan bo’lganligini aniq aytish qiyin. Agar fizik fanlarning laboratoriya texnikasini (ya’ni faqatgina bittadan tashqari doimiy hamma ta’sirlarni ushlab turishning va keyin takroriy tajribaning natijalarini kuzatishning iloji bo’lganida) iqtisodchilar ishlata olganda edi, bu muammo bo’lmas edi. Ammo laboratoriya metodikasini qo’llashning iloji bo’lmaganligi sababli boshqa metodologiya ishlatilishi kerak. Marshall ehtiyotkorlik bilan o’zining asosiy o’ylab qo’ygan tizimini rivojlantirib bo’lgandan keyingina bu metodologiyani ko’rsatdi.
Iqtisodchilar amalda ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha omillarni o’zgartirmay ushlab tura olmagani sababli ular nazariy jihatdan abstraksiya orqali buni bajarishlari kerak. Iqtisodiyotda o’zaro murakkab munosabatlarni tahlil qilishda biz aniq elementlardagi o’zgarishlar ceteris paribus, ya’ni ―boshqa narsalar o’zgarmagan holda‖ sodir bo’ladi, deb faraz qilamiz. Har qanday tahlilning boshlanishida, ko’p narsalar o’zgarmas tarzda ushlab turiladi, ammo tahlillar davom etishi jarayonida ko’proq elementlar o’zgartirilishi mumkin va shuning hisobiga ko’proq realizmga erishiladi. Real hayotdan uzoqlashish hisobiga ceteris paribus uslubi murakkab muammolarni yechishga imkon yaratadi.
Marshallning ceteris paribus, ya’ni boshqa narsalarni o’zgarmas holda ushlab turish uslubidan foydalanishni xususiy muvozanatning ma’lum bir shaklini tahlil qilishda qo’llagan. Murakkab mujammoni bo’laklarga ajratib o’rganish uchun biz iqtisodiyotning bir qismini ajratib olamiz, iqtisodiyotning boshqa qismlarining o’zaro aloqadorligini rad etmagan holda tahlil maqsadida e‘tibordan chetga surib turamiz. Masalan, biz boshqa barcha ta’sirlardan ajralgan yakka uy xo’jaligi yoki firmaning harakatlarini tahlil qilamiz. Biz sanoatda narxlarni keltirib chiqaruvchi talab va taklif mexanizmini tahlil qilish orqali bir lahzaga murakkab bo’lmish bir-birining o’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi sanoat va boshqa tarmoqlar mahsulotlari o’rtasidagi a’loqalarni e‘tibordan chetga surib turamiz. Xususiy muvozanat yondashuvining bir muhim foydasi shuki, u orqali berilgan omilning dastlabki taxminiy ta’sirini bilish mumkin. Shuning uchun bu yondashuv muammolarni hal etishda juda ham qo’l keladi. Masalan, import soatiga tarif qo’llashning ta’sirini oldindan aytib beradi. Oddiy taklif va talab tahlili xususiy muvozanat tahlili davomida davlat siyosatining tezkor ahamiyatini oldindan bashorat qilish uchun foydalaniladi. Marshallning tartibi quyidagicha bo’lgan: avvalambor, xususiy muvozanat paytida muammoni ehtiyotkorlik bilan chegaralash, o’zgaruvchilarni maksimal darajada o’zgarmas tarzda saqlash va tahlillar ko’lamini boshqa omillarni o’zgartirish orqali asta-sekin kengaytirish hisoblangan. Uning usuli ―bir vaqtning o’zida bir narsa‖ usuli, deb to’g’ri nomlandi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə