Sharqiy buxoro bekliklarida soliq tizimi



Yüklə 21,98 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü21,98 Kb.
#144539
  1   2   3
SHARQIY BUXORO BEKLIKLARIDA SOLIQ TIZIMI


SHARQIY BUXORO BEKLIKLARIDA SOLIQ TIZIMI

Buxoro davlatida aniq belgilangan davlat byudjeti va soliqlar bo‘lmaganligidan, aholi 50 dan ortiq soliqni to‘lashga majbur etilgan. Asosiy soliqlar – zakot, xiroj, tanobona, qo‘sh puli, aminona, boj va boshqa mayda soliqlar ham bor ediki, ular dehqonlarning tinkasini quritar edi. Chunonchi, dehqon oilasida bola tug‘ilganda, qizini uzatganda, sigir, qo‘y yoki echki sotib olganda ham soliq to‘lashi lozim edi. Aholi soliqlarning ko‘pligidan aziyat chekar, bu esa tez-tez qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga olib kelar edi1.


Buxoro amirligida to‘lanadigan soliqlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga xiroj, aminona, zakot va jizya kirib, amir foydasiga undirilgan.
Xiroj– yer solig‘i bo‘lib, sug‘oriladigan yerlardan hosilning 1/10, lalmidan 1/6 hisobida olingan.
Aminona – bozorlarda sotilgan yoki olingan barcha hayvon va tovarlardan olinadigan soliq. U quyidagi miqdorda belgilangan:
1 botmon (8-16 pud) paxta uchun 5 ½ tanga;
1 botmon jun uchun 7 tanga;
qorako‘l teri uchun bahosining 2% miqdorida;
choy, niliy bo‘yoq, ingliz dokasi – bahosining 10% miqdorida;
1 otga – 1 tanga 2 pul;tuya – 2 tanga;eshak – ½ tanga; qoramol – 20 puldan 1 tangagach, qo‘sh 24 pul.
Zakot – bozorlarga olib kelingan barcha tovarlardan undiriladigan soliq.
Jizya– musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon solig‘i. Uni yahudiylar, hindlar, lo‘lilar to‘lashgan. Ruslardan bu soliq olinmagan. Jizyaning miqdori yo‘qsillarga 12, o‘rta hollarga 24, boylarga 48 tanga etib belgilangan. Rus pulida 1 rubl 80 tiyin, 3 rubl 60 tiyin va 7 rubl 20 tiyinga teng bo‘lgan2.
Ikkinchi guruhga – zakoti chakana, qo‘sh puli, yaksara, osiyo puli, objuvoz puli, tanob puli, alaf puli, boj, mirobona, kafsan, kafsandarg‘a, kechuv puli, kichik soliqlar kirgan. Ular beklar va mahalliy amaldorlar foydasiga to‘langan.
Zakoti chakana – zakotdan ozod qilingan, lekin xo‘jaligida 40 boshdan ozroq qo‘y-echkisi bo‘lgan kishilardan undirilgan. Uni beklar o‘z foydasiga olishgan va har bir bosh qo‘yga ½ tanga, echkiga ¼ tanga qilib belgilashgan.

Yüklə 21,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə