9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari


U= f1 qA + f2 qB + f3 qC +............ fn qN



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə6/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

U= f1 qA + f2 qB + f3 qC +............ fn qN.
Hozirgi kungi amalda ishlatiladigan naflilik funksiyasi o„rnini bosuvchi va bir-birini to„ldiruvchi mahsulotlar ta‟sirini hisobga oladi va quyidagicha ifodalanadi:

U= f(qA, qB, qC ,.......qN).


Marshallning ikki zamondoshi F.Y Edgeworth va Irving Fisher yanada umumlashtirilgan hozirgi kunda ishlatiladigan naflilik funksiyasini taklif qilganlar. Marshallning naflilik funksiyasini yig’indi shaklida foydalanishining eng muhim sababi daromad samarasi bilan bog’liq. Buni biz qisqacha muhokama qilamiz.
Marshall naflilik narx tizimi orqali o’lchanishi mumkin, deb o’ylagan. Agar odam qo’shimcha bitta A tovar uchun 2$, qo’shimcha B tovar uchun 1$ to’lasa, unda A tovar B tovarga qaraganda ikki marta ko’proq naflilik keltirishi kerak Marshall guruhlar o’rtasida ham naflilikni taqqoslashning imkoni mavjud, chunki guruhlarni taqqoslashda shaxsiy o’ziga xos xususiyatlar yo’qoladi, deb ta’kidlaydi.
Marshall nazariyasida talab nazariyasining eng muhim vazifasi bu talab to’g’ri chizig’i shaklini tushuntirishdir. Agar mahsulotning me‘yoriy nafliligi ko’proq mahsulot iste‘mol qilgan sari tushib borsa, unda odamlar ko’proq miqdor uchun kam haq to’lashini anglatadimi. U holda talab egri chizig’i tushib boruvchi chiziq bo’ladimi? Marshall me‘yorli naflilikning kamayishini (Gossenning birinchi qonuni) tan oldi va inson har xil mahsulot iste‘mol qilganda unga eng ko’p naflilik beruvchi (Gossenning ikkinchi qonuni) muvozanat holatini shakllantirdi.
Muvozanatda iste‘molchi oxirgi dollarini o’zi xohlagan so’nggi tovar uchun sarflaganda qancha qo’shimcha naflilik olgan bo’lsa, har qanday boshqa tovar uchun sarf qilgan dollar uchun ham xuddi shuncha qo’shimcha (yoki me‘yoriy) naflilik oladi. Ya’ni bir mahsulot me‘yoriy nafliligining uning narxi nisbati boshqa mahsulotning me‘yoriy nafliligi uning narxiga nisbatiga teng bo’ladi va shuning uchun pulning me‘yoriy nafliligini namoyon etadi. Pulning me‘yoriy nafliligi xarajat qilingan oxirgi dollardan olingan naflilik miqdoridir. Agar jamg’arish tovar, deb hisoblansa, unda pulning me‘yoriy nafliligi daromadning oxirgi dollaridan olingan naflilikdir. Bitta tovarning me‘yoriy nafliligi uning narxining pulning me‘yoriy nafliligiga ko’paytmasiga teng:

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə