9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə1/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari


9- Mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari
9.1. Neoklassik maktabining asosiy namoyondalari
Alfred Marshall (1842-1924) neoklassik mikro nazariyaning otasi unvoniga ikki da’vogarlardan biri hisoblanadi (yana bittasi Leon Valras). Alfred Marshall A. Smit, D. Rikardo va J.S.Millning ijodi asosida bugungi kunda ham joriy qilingan iqtisodiy nazariya hamda iqtisodiy siyosatning tarkibiy asosi
sifatida xizmat qiladigan tahliliy tushunchalar tizimini rivojlantirdi. Uning fikrlarini batafsil o’rganish mikroiqtisodiyotdagi xususiy muvozanat nazariyasini to’laroq tushunishga imkon beradi. Bu Mavzu.da keltirilgan nazariyalarni buyuk mutafakkirning asarlariga kichkina kirish qismi sifatida qarash lozim.
Marshall iqtisodiyotga matematika bo’yicha bakalavriat ta’limi va hayot sifatini yaxshilash haqida kuchli gumanitar fikrlar bilan kirib keldi. Uning oilaviy muhiti Angliya cherkovida diniy ordinaturaga kirishga chorladi, ammo Kembridjdagi ta’lim jarayoni uning matematika sohasida kuchli bilimga egaligi va tug’ma qobiliyati borligini ko’rsatdi. Shunung uchun u Kembridjda matematikadan dars berishga qoldirildi. Tez orada metafizika, etika va iqtisodiyotdan ma’ruza o’qishga jalb qilindi. 1860-yillarning so’ngigacha iqtisodiyotga bo’lgan qiziqishini rivojlantirib bordi va ruhoniy bo’lishdan ko’ra olim-o’qituvchi bo’lishni afzal ko’rdi. U Kembridjda iqtisodiyotni o’qitishni boshladi va ikki matematik iqtisodchi – Kournon va von Thunen asarlari ta’siri ostida Rikardo hamda J.S.Millning iqtisodiyotini matematikaga tarjima qilishni boshladi.
Marshall iqtisodiyotni o’qishni tarixan qulay vaqtda boshladi. Biz oldinroq klassik nazariya asoslarining bo’linganligi haqida ta’kidlab o’tdik. Maltusning ―Nufus qonuni‖ aholi soni oshishi bilan real ish haqi tushib ketishini ko’rsatdi, ammo Angliya iqtisodiy tarixi bunga qarama- qarshi dalillarni ko’rsata boshladi. J.S.Mill ish haqi fondi nazariyasiga norozi bo’ldi va 1869-yilgacha uni rad etdi. Karl Marks klassik nazariya asoslarini yangitdan tahlil qildi va revolyutsiyani boshladi. Germaniya tarixiy maktabi va Leslic va Bagehot kabi bir qancha ingliz yozuvchilari bir nechta klassik iqtisodiy nazariyaning fundamental asoslariga o’zgartirish kiritdilar. 1871-yilda Jevons va Menger klassik nazariyaning faqat taklifga e‘tibor qaratishini qoraladi. Marshall 1867-yildan 1890yilgacha talab va taklif tahlillari tamoyilini ehtiyotkorlik bilan rivojlantirdi.1
Jevons o’z ishlarini chop qilib klassik nazariya obro’sini to’kishga va iqtisodiy nazariyada inqilobiy burilish yasashga shoshildi, ammo Marshall 1890-yilda o’zining ―Iqtisodiyot tamoyillari‖ kitobini o’z talabalari va hamkasblariga taqdim etdi. Ammo bu kitobini taqdim etishdan oldin u o’zining g’oyalarini 20 yildan ko’proq davr mobaynida o’z talabalariga va hamkasblariga tushuntirishga harakat qildi. Keynes aytganidek, ―Jevons suv qaynatadigan metall choynakni ko’rdi va yosh bolaning xursand ovozi bilan chinqirdi, Marshall ham bu metall choynakni kordi va mexanizm qurish uchun jimgina ishga o’tirdi‖. Ya’ni Marshall yaratgan mexanizm tahlili jarayoni bu uning shaxsiyati va o’zi o’sgan muhitni aks ettiradi. Uning ilk diniy e‘tiqodi, keyinchalik tajribali gumanitarizmni aks ettirdi. Marshallning o’ylashicha, iqtisodiyotni o’qish, o’rganish bu butun boshli jamiyatning yaxshi darajada o’zgarishini ta’minlashi mumkin ekan. Uning ilmiy izlanishi tarixan yo’naltirilgan iqtisodchilar hujumlari bilan tanishtirdi. Ya’ni bu iqtisodchilar ―iqtisodiy nazariya bu hamma joyda va har vaqtda ishlatsa bo’ladigan mutlaq haqiqatlar vujudidir‖ degan tushunchaga norozilik bildirishgan. 1885-yilda Kembridjda bo’lib o’tgan Marshallning professorlikka saylovidagi bergan dastlabki ma’ruzasida u e‘tiborini mana bu tanqidga qaratgan: ―Yolg’iz universallikka da’vo qila oladigan iqtisodiy ta’limotning biror-bir qismida hech qanday aqida yo’q. Bu aniq haqiqatning vujudi emas, balki aniq haqiqatni kashf qilish uchun vosita‖.
Marshall o’zining ilk matematikaga oid bo’lgan mashg’ulotlarini o’zining mexanizmini kelib chiqish tarixiga aralashtirib yuborishga harakat qildi, ya’ni u vaqtlar o’zgarishiga moslashgan mexanizm qurmoqchi bo’lgan. Biroq 1848-yildagi J.S.Millning ―qiymat nazariyasi to’liq bo’ldi‖ degan shoshqaloq xulosasidan xabardorligi sababli Marshall o’zining iqtisodiyot uchun qo’shgan hissasini eskirgan, deb o’yladi. U yana Jevonsning o’ziga xoslik va e‘tiqod tasdig’idan ham xabardor bo’lgan. Jevons qiymat ishlab chiqarish nazariyasining klassik bahosini qiymat talabga butunlay bog’liq, degan nazariyaga almashtirgan. Albatta, Marshall ham o’zining g’oyalari haqiqiy va uzoq muddatga chiday olishi mumkinligidan umid qilgan. U 1870-yilgacha o’z nazariyasining fundamental matematik tuzilishi ustida ish olib borishni boshlagan va keyinchalik taklif va talab analizlarini chizmalar bilan yaqqol ko’rsatishning asosiy uslublarini o’rganib chiqan. U 1890yilgacha o’zining kashfiyotini chop etmagan va faqatgina matematika va chizmalarni snoska, ya’ni havola va ilova bilan birga ma’lum qilgan. Marshall nazariyotchi, gumanitar, matematik va tarixchining g’alati aralashmasi. U o’zining davridagi uslubiy munozarani tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bir vaqtning o’zida narxlarni belgilaydigan va manbaning ajratilgan miqdoridagi kuchlarni tushuntirish uchun marjinalistlarning yangi uskunalar bilan eng zo’r klassik analizlarini nazorat qilgan.
Marshall iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan bo’lsa ham nazariy va uslubiy muammolarda uslubiy va ilmiy jihatdan jiddiy lavozimni olishni rad qilishi iqtisodchilarning keyingi avlodlari muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo’ldi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə