9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə5/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

Marshall talab haqida
Marshallning narxni aniqlashda talabning ta’sirini tahlil qilish oson, degani to’g’ri. Ammo talab nazariyasida Marshall qoniqarli darajada yecha olmagan bir qancha muammolar bor. U bu muammolarni anglab yetgan, lekin ularni oson, deb qutulgandek tuyuladi. Uning talab nazariyasiga qo’shgan eng muhim hissasi talabning narxga nisbatan egiluvchanligi tushunchasini aniq ifodalaganidadir. Talab qilingan miqdor va narx bir-biriga teskari bog’liqlikda bo’ladi. Talab egri chizigi pastga va o’ngga siljiydi. Talab miqdori o’zgarishining narxning o’zgarishiga nisbati egiluvchanlik koeffitsiyenti orqali namoyon etiladi. Talab miqdori va narx bir-biriga teskari bog’liq bo’lganligi sababli hisoblangan talab egiluvchanligi koeffitsiyenti manfiy bo’lgan. Odatda, ijobiy egiluvchanlik koeffitsiyentini olish uchun tenglamaning o’ng tomoniga manfiy belgisi qo’shilgan. Mahsulot narxining talab qilingan miqdorga ko’paytmasi iste‘molchilarning umumiy xarajatlariga teng bo’ladi yoki ayni paytda sotuvchining umumiy daromadiga teng bo’ladi (p x q= TYe =TR). Agar narx bir foizgacha tushsa, talab miqdori bir foizga ko’tarilsa, unda umumiy xarajat yoki daromad o’zgarishsiz qoladi va egiluvchanlik koeffitsiyenti birga teng bo’ladi. Agar narx tushsa va umumiy xarajat yoki daromad oshsa, hamda egiluvchanlik koeffitsiyenti 1 dan yuqori bo’lsa mahsulot narxga nisbatan egiluvchan, deb ataladi. Agar narx berilgan foizgacha tushsa, talab miqdori kamroq foizga oshsa, umumiy xarajat va umumiy daromad pasayadi, egiluvchanlik koeffitsiyenti esa 1 dan kam bo’ladi va mahsulot narxga nisbatan noegiluvchan, deb ataladi. Marshall egiluvchanlik tushunchasini taklifga nisbatan ham ishlatdi va shu orqali iqtisodga yana bitta foydali usulni olib kirdi. Narxga nisbatan egiluvchanlik tushunchasi adabiyotlarda avval ham keltirilgan bo’lsa ham Marshall o’zining matematik qobiliyati bilan uni aniq ifoda eta olgan edi, shuning uchun u egiluvchanlik koeffitsiyentining kashfiyotchisi hisoblangan.
Marshallning fikriga ko’ra odamlar mahsulotlarni ulardan iste‘mol qilishi orqali olinadigan nafliligi tufayli sotib olishni xohlaydilar. Marshall tomonidan foydalanilgan naflilik funksiyasi yig’indi shaklida bo’lgan, u umumiy naflilikni har bir mahsulotni iste‘mol qilishdan olingan nafliliklarni qo’shish orqali topgan. A mahsulotni iste‘mol qilishdan olingan naflilik iste‘mol qilingan A mahsulotning miqdorigagina bog’liq bo’ladi, boshqa iste‘mol qilingan mahsulotlarning miqdoriga emas. Shuning uchun o’rnini bosuvchi va bir-birini to’ldiruvchi mahsulotlar ta’siri e‘tiborsiz qoldirilgan. Naflilik funksiyasi quyidagicha berilgan:

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə