9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari


Vaqt muammosi va Marshall xochi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə4/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

9.2. Vaqt muammosi va Marshall xochi
Iqtisodiy tahlilda asosiy muammolardan biri bu ta’sir etayotgan omillarning natijaga ta’sir qilishiga ko’p vaqt ketishidir. Qisqa vaqt mobaynida ta’sirlarni to’g’ri tushuntiruvchi har qanday tahlil yoki xulosa uzoq muddat uchun noto’g’ri bo’lishi mumkin. Marshallning ceteris paribus usulidan foydalanishi uning vaqt bilan ishlash usuliga mos keladi. Bozorda ba’zida bir zumlik vaqt yoki juda qisqa muddatda ko’p omillar o’zgarmas tarzda ushlab turiladi. Keyinchalik esa bir zumlik vaqtdan qisqa muddatga, uzoq muddatga va juda uzoq muddatga o’tish jarayonida o’zgarmas miqdorlar ham o’zgartiriladi. Vaqt o’tishi talabga bir oz ta’sir qiladi, ammo bu taklif tahliliga ancha putur yetkazishi mumkin.
Vaqt oqibatida yuzaga kelgan muammolarni ko’tarib, Marshall 4 ta vaqt davrlarini belgilab berdi. Marshall uning farqlari butunlay sun‘iy bo’lganligini tan oldi. ―Haqiqiy hayotning iqtisodiy sharoitlarida tabiat ular orasiga hech qanday chiziqlar chizmagan‖. Marshallning vaqt tushunchasi soat vaqtlari bilan o’lchanadigan xronologik vaqt emas, u asosan tahliliy qarashdir. Vaqtlarga bo’lish firmaning yoki taklifning iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan ta’riflanadi. Bir zumlik davrda taklif umuman o’zgarmas yoki mukammal noegiluvchandir. Narx o’zgarganda taklif miqdori umuman o’zgarmas, chunki narxning o’zgarishiga firmalar moslashishi uchun vaqt juda qisqa. Qisqa davr bu firmalar mahsulot ishlab chiqarishni hamda taklifni o’zgartira oladigan, ammo zavodni ko’paytira olmaydigan vaqt hisoblanadi. Bu yerda taklif biroz egiluvchan. Chunki baland narxlar taklif miqdorini oshiradi va taklif egri chizig’i tepaga yuqoriga ko’tariladi. Qisqa davr mobaynida firmaning umumiy xarajatlari ikkita tarkibiy qismga bo’linadi: ishlab chiqarish hajmi bilan o’zgaradigan xarajatlar, ya’ni Marshall ularni maxsus, to’g’ridan to’g’ri yoki asosiy xarajatlar, deb atagan va zamonaviy nazariya fanida ularni o’zgaruvchi xarajatlar, deb ataymiz. Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan o’zgarmaydigan xarajatlarni Marshall qo’shimcha xarajatlar, deb atagan va zamonaviy nazariyada esa uni doimiy xarajatlar, deb ataymiz. Qisqa davrdagi o’zgaruvchan xarajatlar, va doimiy xarajatlar o’rtasidagi farq shubhasiz Marshallning biznes jarayonlarini kuzatishidan kelib chiqqan. Bu metodologiya firma harakatlarini tahlil qilishda muhim tahliliy vosita hisoblangan. Uzoq davrda zavod hajmi o’zgara oladi va hamma xarajatlar o’zgaruvchan bo’ladi. Taklif egri chizig’i uzoq davrda qisqa davrga qaraganda ko’proq egiluvchan bo’ladi va firmalar zavodlarni ko’paytirish orqali narxlar o’zgarishiga to’liq moslasha oladilar. Sanoatda uzoq muddatli taklif egri chizig’i 3 ta umumiy shaklga ega, ya’ni u tepaga va o’ng tomonga siljishi mumkin (xarajatlar oshishi mumkin); u butunlay egiluvchan bo’lishi mumkin (xarajatlar doimiy bo’lishi mumkin) yoki noodatiy hollarda u pastga va o’ngga siljishi mumkin (xarajatlar tushishi mumkin). Azaliy yoki juda uzoq davrda texnologiya va aholi soni o’zgarishi mumkin, shuning uchun Marshall narxlarning harakatini avloddan avlodga o’tish davrida tahlil qilayatgan paytda bunday davrni ishlatadi.
Marshall mikroiqtisodiy nazariyaning deyarli har bir qismiga o’z hissasini qo’shgan bo’lsa ham, uning nazariyaga qo’shgan eng buyuk hissasi vaqtning taklifga ta’sirini tahlil qilishidir. U narx tahlillarida vaqtning ta’sirini aniqlashda bir qancha asosiy qiyinchiliklarni topdi va u keyinchalik hayotida bu sohada ishlash uchun ko’p mashaqqat kerak ekanligini isbotladi. 1908-yilda J.B.Klarkga yozilgan maktubda u oldinda yana beshta mavzu bo’yicha ko’p ishlar turgani haqida yozib, ―Vaqtning ta’sirini puxta ishlab chiqish‖ ni ro’yxatining boshiga qo’ydi.
XIX asrning oxirgi choragi davomida iqtisodchilar o’rtasida bahoga talab va taklifning ta‗siri masalasi alohida o’rganila boshlandi. Klassik iqtisodchilardan J.S.Millning tamoyili taklifga urg’u berardi, biroq Jevons, Menger va Valraslar talabni asosiy o’ringa qo’ydi. Jevons va boshqalar baho faqat talabga bog’liq, degan fikrni uzoq ma’qullashdi. Mavzudagi bu bahs-munozaraning ta’sirini Marshallning qiyosiy narxlar nazariyasi orqali ifodalash qiyin ish edi. Marshall o’zining klassik va Me‘yoriy naflilik maktablarining vaziyatlarini murosaga kelitirshga harakat qilgan talab va taklif tahlillariga bo’lgan tanqidlardan xafa bo’ldi. Uning fikricha u faqatgina tinchlikni emas, balki haqiqatni ham izlagan. Bundan tashqari uning talab va taklif tahlillari Jevons, Menger va Valraslar bu mavzuda yozishni boshlashidan oldin shakllantirilgan edi.
Marshall mahsulotning narxini me‘yoriy naflilik belgilab beradimi yoki ishlab chiqarish xarajatlarimi, degan savol ustidagi bahsmunozaralarni vaqtning ta’siri va iqtisodiy omillarning o’zaro bog’liqligi haqida aniq tushunchaga ega bo’lish orqali hal qilanadi, degan fikrda edi. Pirovard tovarlarning talab egri chizig’i pastga va o’ngga siljib boradi, ya’ni odamlar ko’p miqdordagi tovarlarni arzon
narxlarda sotib oladi. Taklif egri chizig’ining shakli tahlillar ostidagi vaqt davriga bog’liq bo’ladi. Vaqt qancha qisqa bo’lsa, narx aniqlashdagi talabning ahamiyati shunchalik muhim bo’ladi, vaqt qancha uzunroq bo’lsa, taklifning ahamiyati ko’proq muhim bo’lib boradi. Uzoq muddatda o’zgarmas xarajatlar sharoitida taklif butunlay egiluvchan bo’ladi, shuning uchun narx faqatgina ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq bo’ladi. Shunday bo’lsada, narxni talab aniqlaydimi yoki taklif, degan mavzuda bahslashish foydasizdir. Marshall omil oddiy narsa emasligini va har qanday o’zgarishga faqatgina bitta omil ta’sir etadi, deyish noto’g’ri ekanligini ko’rsatish uchun quyidagi o’xshashlikni keltirdi:
―Biz tovarning qiymatini naflilik shakllantiradimi yoki ishlab chiqarish xarajatlarimi, degan muammoni bir bo’lak qog’ozni qaychining tepadagi tig’i kesadimi yoki pastdagisi, degan muammoga o’xshatishimiz mumkin. Qaychining bir tig’i ushlab turilgan holda kesish boshqa tig’i tomonidan ta’sir qilishi aniq, biz ehtiyotsizlik bilan kesish ikkinchi tig’i tomonidan bajarilyapti, deyishimiz mumkin, ammo bu holat qat‘iy to’g’ri emas va bu shunday bo’lgandagina to’g’ri hisoblanadi. Lekin ilmiy jihatdan faqatgina bir tig’i qog’ozni kesyapti, deyish noto’g’ri‖.
Marshall o’zining me‘yoriy tahlili ko’p iqtisodchilar tomonidan noto’g’ri qo’llanishini ta’kidlagan. U boshqa iqtisodchilar go’yo me‘yoriy qiymat (narx, foyda yoki unumdorlik) butun qiymatning hammasini belgilab beradi, deb hisoblaydilar, deb yozadi. Masalan, pirovard tovarning narxini tahlil qilayotganda me‘yorli naflilik yoki me‘yoriy xarajat bahoni belgilaydi, deyish to’g’ri emas. Me‘yoriy tahlilchilar ―biz butun bahoni keltirib chiqaruvchi kuchlarning harakatini o’rganish uchun me‘yoriy tahlildan foydalanishimiz kerak‖ deb taklif bildiradi. Me‘yorli naflilik yoki me‘yoriy xarajatlar narxni belgilamaydi, ularning qiymati narx bilan birga me‘yoriy miqdorlarga ta’sir etuvchi omillar tomonidan aniqlanadi. Bu yerda Marshall o’zining qarashlarini to’g’ri o’xshashlik bilan ko’rsatib berdi. Jevons narx aniqlaydigan elementlarni, ya’ni foyda, narx va bahoni alohida o’rganishga harakat qildi. Lekin u yagona omil topaman, deb adashdi. U jarayonni zanjirli jarayon, deb bildi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot taklifini keltirib chiqaradi, taklif me‘yori naflilikni aniqlaydi va me‘yoriy naflilik narxni belgilaydi, deb o’ylagan. Marshall bu elementlar o’zaro bir-biriga ta’sir qilishini e‘tibordan chetda qoldirdi, deb o’ylab adashganligini ta’kidlaydi. Agar biz kosaga uchta koptokni joylashtirsak, biri me‘yoriy
naflilik, ikkinchisi ishlab chiqarish xarajatlari va yana biri narx bo’lsa, har qaysi koptokning vaziyati boshqalarining vaziyatini keltirib chiqaradi, deyish noto’g’ri. Ammo koptoklar o’zaro biri boshqasining vaziyatini aniqlashi to’g’ri. Shuning uchun talab, taklif va narx bir-biriga me‘yoriy miqdorlarda o’zaro ta’sir ko’rsatadi va bir-biriga nisbatan o’zlarining tegishli bahosini aniqlaydi.
Marshall o’zining narx nazariyasini tubdan Rikardonikiga o’xshaydi, deb ta’kidlaydi. Marjinalistlar norozi bo’lishiga qaramasdan, u Rikardo talabning ahamiyatini anglab yetgan, ammo unga kam e‘tibor bergan, chunki uning ta’sirini tushunish oson, deydi, u o’zini narxni aniqlashda taklif tarafini tahlil qilishga bag’ishlagan, deb ta’kidlaydi. Marshall Rikardoning qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasida ishchi kuchi va kapital xarajatlariga bo’linganligini topdi. Iqtisodiy nazariyaning ko’p tarixchilari buni Rikardo xususidagi sahovatli talqin, deb hisoblaydilar. Marshallning fikricha, qiymat nazariyasida Rikardoning asosiy kamchiligi vaqtning ta’sirini ochib bera olmaganligidadir, o’zining fikrlarini aniq ifoda qila olamsligi esa bu muammoni yanada kuchaytirgan. Marshall Jevons va boshqa marjinalistlarning Rikardoning qiymat nazariyasini to’liq tor-mor etdik, faqatgina talabga e‘tibor berish orqali to’g’ri nazariyani ishlab chiqdik, degan ta’kidlarini rad etgan. U o’zining qo’shgan hissasini Rikardo fikrlarining davomi va kengaytirilgan varianti sifatida ko’rdi. Marshall o’zining ishlanmalarida Rikardoning qiymat nazariyasining asosiy tamoyillarini o’zgarishsiz qoldirganligini his qildi. Biz Marshallning qiymat nazariyasini baholashga uning boshqa fikrlarini ko’rib chiqqandan keyin qaytamiz.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə