9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

Iqtisodiyot ko„lami
Marshallning ―Iqtisodiyot tamoyillari‖ asarining 1-kitob, 1-Mavzu.i iqtisodiyotning keng va moslashuvchan ta’rifi bilan boshlanadi: Siyosiy iqtisod yoki iqtisod fani insoniyatning oddiy biznesidagi hayotini o’rgatadi, u insonning yoki jamiyatning moddiy boyligi va unga erishish bilan bog’liq bo’lgan yakka hamda ijtimoiy harakatlarini tadqiq qiladi.
Bu ta’rifning qiziqarli va kinoyali jihati shuki, unda u ikkita tushunchaga e‘tiborni qaratayapti, ya’ni siyosiy iqtisod va iqtisod. Uning iqtisodiyotga bergan ta’rifiga ko’ra Marshall siyosiy iqtisod terminologiyasidan kengroq foydalanishni afzal ko’rgan. Marshallning bu ikkita terminni bir vaqtda ishlatishi uning davridagi bir qancha metodologik munozaralarni aks ettirgan. O’sha vaqtda iqtisodiyot atamasidan kengroq ma’noga ega bo’lgan siyosiy iqtisod siyosat va iqtisod bir-biriga bog’liq ekanligini ko’rsatar edi hamda iqtisod ijtimoiy fan sifatida ko’proq me‘yoriy qarorlar bilan bog’liq bo’lgan. Ammo John Neville Keynes Marshallning hamkasbi va do’sti asosan uslubiy muammolarga qiziqib 1891-yilda ―Siyosiy iqtisodning ko’lami va metodologiyasi‖ deb nomlangan asarini nashr etdi. Bu asarida u iqtisodiyotning uchta tarmog’ini: ilmiy tarmoqni o’z ichiga olgan ―pozitiv iqtisod‖, jamiyatning qanday maqsadlarga erishish kerakligi haqidagi ―normativ iqtisod‖, ijobiy iqtisodiyot tarmog’iga tegishli bo’lgan maqsadlari normativ tarmoq tomonidan aniqlanadigan tarmoqlardan yana biri ―Iqtisod san‘ati‖ni bir-biridan aniq ajratib ko’rsatadi. Keyns ―pozitiv iqtisodning muhokamasida, iqtisodiyot va iqtisodiy fan siyosiy iqtisoddan ko’ra afzal, chunki bu nomlar iqtisodiyotning ilmiy xarakteriga urg’u beradi‖, degan fikri bilan ma’qullaydi. Rikardo va J.S.Milldan farqli o’laroq, Marshall ―Siyosiy iqtisod‖ nomidan ko’ra ―Iqtisod tamoyillari‖, degan nomni tanlaydi va siyosiy iqtisod atamasini tushirib qoldiradi. Bu biroz ironik, chunki uning o’zi e‘tiborini ilmiy tarmog’iga emas, balki ko’proq iqtisod san‘atiga qaratgan. U ko’proq amaliy iqtisodga qiziqib, ilmiy tomoniga e‘tibor qaratmagan. Buning ikkita sababi bor. Birinchisi, Marshall o’zining yondashuvini Marksning yondashishidan farqlantirishni xohlagan va ikkinchisi, u Kembrijda iqtisodni alohida fan sifatida qabul qilishlariga harakat qilgan.
Berilgan ta’rifning yana bir qiziq jihati uning kengligi va moslashuvchanligidadir, ba’zilar buni uning bo’shashganligi, deb ham aytishi mumkin. Ta’rifga asoslanib, iqtisodiyot qanday qilib siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya, antropologiya va tarixdan farqlanishi mumkin? Marshallning bunday keng ta’rifi ehtiyotsizlikdan yoki ma’nosiz fikrlashdan emas, balki ongli ravishda iqtisodni boshqa ijtiomiy fanlardan keskin ajratib olishga bo’lgan xohishidandir.
―Iqtisodning ko’lami va metodlari‖ deb nomlangan S ilovada Marshall har bir fanga alohida rivojlanishi uchun imkon berishdan ko’ra yagona ijtimoiy fanni rivojlantirishning nisbiy afzalligi va amalga oshirish mumkinligi haqida mulohaza qiladi. Ijtimoiy fanlarni birlashtirish fikri uni qiziqtirdi ammo u buyuk Komte va Spencerlar bu ishni bajarishga harakat qilayotgan paytlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraganini yodga oldi. Boshqa tomondan, u ijtimoiy fanlarning ixtisoslashuvi orqali juda katta yutuqlarga erishganliklarini kuzatdi. U oxir-oqibatda bu masala ba’zi bir aniq savollarning bo’lmaganligi sababli hal bo’lmayapti, degan qarorga keladi.
Iqtisodiyotning boshqa bir ijtimoiy fanlar tarmog’iga qaraganda ko’proq yutuqlari bor, chunki u boshqalarga qaraganda aniqroqdir, deydi. Biroq uning ko’lamini har qanday kengaytirish uning ilmiy aniqligini yo’qotadi va kengaytirish hisobiga yo’qotishdan ko’ra yutuqlari ko’p bo’ladimi, kabi savollarni shoshilib hal qilib bo’lmaydi.
Marshallning fikriga ko’ra har bir iqtisodchi ko’lami jihatidan iqtisodni o’zining moyilligiga mos bo’lgan tarzda ta’riflab berishi kerak. Ba’zi iqtisodchilar iqtisodning tor doirasida o’zlarining eng zo’r ishlarini ko’proq bajaradilar, ba’zilari esa keng doirada amalga oshiradilar. Kimki, iqtisodning keng doirasida, ya’ni o’zlarining tahlilini ijtimoiy fanlarning boshqa sohalari hisobiga kengaytirsalar, ehtiyotkorlik bilan ishlashlari zarur, deb ogohlantiradi, lekin bu bilan ular iqtisodga va boshqa ijtimoiy fanlarga katta yutuqlar olib kelishlari mumkin, deydi.
Marshall o’zining iqtisodiyotning ko’lami muhokamasida yana bir qiziq masalani, ya’ni jamiyatning xohish-istaklari hamda uning iqtisodiy faoliyat o’rtasidagi munosabatining murakkabligi masalasini o’rtaga tashladi. Iqtisodga iqtisodiy faoliyat jamiyat xohish-istagini qondira oladigan yo’llarni o’rgatadi, deb ta’rif bersa bo’ladimi? Marshall bu ta’rifni rad etdi, chunki xohishlar mustaqil ravishda berilgan, iqtisodiy faoliyat esa unga nisbatan ikkinchi darajali, deb qabul qilinadi. Marshall 3-kitobining II Mavzu.idagi xohish va faoliyat o’rtasidagi munosabatlar to’g’risidagi muhokamasida Jevons, Menger va ulardan avvalgi iqtisodchilar tomonidan noto’g’ri, deb hisoblangan xulosani to’g’rilashga harakat qildi. U keng imkon doirasida talab (xohish-istak) va taklif (faoliyat) ning nisbiy muhimligini baholadi. Uning fikricha, bizning xohishlarimiz bizning ichimizda faoliyatimizdan mustaqil ravishda paydo bo’ladigan narsa emas, balki aksincha, bizning ko’p xohishlarimiz bizning faoliyatimizning to’g’ridan to’g’ri natijasidir. Bu fikrni 2000-yillarga tatbiq etadigan bo’lsak, yosh oilaning yangi avtomobilga istagini iqtisodiy tahlilning boshlangich nuqtasi sifatida qarash xato bo’ladi, chunki bu xohish ularda oilaning jamiyatdagi o’rnini to’g’ri baholashdan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Marshall fikriga ko’ra iqtisodchilar talabning daslabki o’rganish bosqichidan boshlashlari, faoliyat va taklif bilan davom etishlari, talabga qaytib kelishlari taklif etiladi. Va bu ularga xohish va faoliyat o’rtasidagi murakkab o’zaro bog’liqlikni anglashga, tushunib yetishga imkoniyat beradi. Iqtisodiy tahlil jarayonida xohishning ustunligi va faoliyatning ustunligidan birini tanlashga to’g’ri kelganda Marshall faoliyatni tanlagan. U klassik iqtisodiyotda asosan, taklif va taqqoslashlarni ta’kidlagan, Jevons va Menger bo’lsa talabga alohida urg’u bergan:
―Ko’plab talab ilmi harakat va faoliyat ilmi sohasidan kelib chiqadi. Bu ikkalasi bir-birini to’ldiradi yoki boshqasisiz to’liq bo’lmaydi.
Ammo agar birortasi boshqasidan ko’ra ko’proq inson tarixini tushuntirib beraman, deb da’vo qilsa bu talab emas, balki faoliyat, ya’ni taklif ilmidir‖
Marshallning diniy asoslangan gumanitar qarashlari uni iqtisodning bosh vazifasi qashshoqlikni bartaraf qilishdadir, deb o’ylashga olib keldi. U bu muammolarni yechishning kalitini iqtisodchilarning dalillari va nazariyalarining ichida, deb o’yladi. U o’zining iqtisodiy ta’limotlar tarixini ko’rib chiqishning B ilovasida, klassik nazariya asoschisi Rikardoni qattiq tanqid ostiga oldi. Rikardo qashshoqlik qashshoqlikni keltirib chiqarishini hisobga olmagan, chunki kambag’alda sog’liqqa erishish va ko’proq pul ishlashga imkon beradigan ish bilan shug’ullanish uchun yetarli daromad yo’q. Klassik nazariyachilardan farqli o’laroq, Marshall butun qalbi bilan ishchi sinflar farovonligini sezilarli darajada oshirishning imkoni borligiga ishonardi.
U iqtisod tor va mavhum fan sifatida rivojlanishi yoki ijtimoiy fanlar ichida shakllanishi kerakmi, degan savollarni muhokama qilish; iste‘molchi nazariyasi talab va taklif nazariyasidan ustun turishi, kerak, deb o’ylagan Me‘yoriy naflilik nazariyasi yozuvchilari savollariga javob berish kabi muhokamalarni hal qilishni xohlagan. Odatdagidek, Marshall bu masalalarga muvozanatli qaror qabul qilishga kamdan kam aniq bir pozitsiyada turgan.2

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə