9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari


L.Valras va umumiy muvozanat nazariyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə9/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

9.3. L.Valras va umumiy muvozanat nazariyasi
Valrasning marjinal tahlilni qo’llashi uning zamonaviy iqtisodiyotga qo’shgan hissasining bir qismi edi. Uning marjinal tahlillari Jevons va Mengernikidan ko’ra nozikroq va ta’sirchan ishlangan bo’lsada, fransuz tilida yaratilgan bo’lganligi uchun ham ularnikichalik shuhrat qozona olmadi. Umumiy muvozanat nazariyasi sababli biz butun bir bo’limni Valrasga bag’ishladik. Bu nazariya iqtisodiyot sohasida katta ahamiyatga ega edi va bu Valrasning Marshall bilan birga neoklassik iqtisodiyotning ikki sohasidan birida yetakchi nomzod bo’lishiga sabab bo’ldi.
Umumiy muvozanat nazariyasi nima
Umumiy muvozanat nazariyasi – bu barcha sektorlar bir vaqtda ko’rib chiqiladigan iqtisodiy tahlildir. Shunday qilib kimdir tizimga bo’lgan har qanday zarbaning bevosita va billvosita ta’sirini, kimdir esa bevosita ta’sir bilan bir qatorda bozorlar kesishuvi ta’sirini ko’rib chiqadi. Bu iqtisodiyot sektorlarining o’zaro bog’lanishlarini tajriba qilish oson, lekin buni qonuniylashtirish o’ta murakkab bo’lgan g’oyadir. Valrasning bunga qo’shgan ulushi qonuniy odatlarga mos umumiy muvozanat tizimini ishlab chiqqanligidir.
Umumiy muvozanat nazariyasining ilk alomatlari
Umumiy muvozanatni mos ravishda amaliyotga tatbiq qilish oson ish bo’lganligi sababli, 1874-yilda Valrasninng ―Sof iqtisodiyot elementlari‖ asarida bu yangi g’oya bo’lmaganligi hayratlanarli hodisa emas edi. Dastlabki mualliflar iqtisodiyotning turli sohalarini birlashtiradigan nazariy qarashlarga ega edilar. Masalan, Kyuznening iqtisodiyotning turli sektorlarida yillik mahsulotlar oqimini kuzatish natijasida ishlab chiqqan iqtisodiy jadvalida ushbu qarashlar keltirgan. Shu kabi Adam Smit ham iqtisodiyotning turli sohalari orasidagi chuqur bog’lanishlarni aniq ta’riflab bergan. Lekin ular o’zaro bog’liqlikni tushuntirib bergan bo’lsalarda, qonuniy andoza yaratishmadi.
1838-yilda A. Kournot (1801-1877) ba’zi mikroiqtisodiy muammolarni tahlil qilish jarayonida iqtisodiyotning o’zaro bog’langanligini qonuniylashtirishda oldinga siljishga muvaffaq bo’ldi. U korxona nazariyasi muammolarini matematik usulda tushuntirib berishga erishdi va buni marjinal narx va marjinal ishlab chiqarish o’zaro teng bo’lganida foyda maksimal bo’lishini isbotlash uchun hisob- kitobdan foydalandi. Shunday qilib u korxona nazariyasi uchun Jevons va Menger tanlov nazariyasi uchun qilgan ishni bajardi: u buni marjinal terminlar bilan ifodaladi. Bundan tashqari u evristik4 va arifmetik tahlillariga to’sqinlik qilgan Kournot Jevons va Menger ortidan ketmadi. Uning matematik bilimlari iqtisodiyot ichidagi bog’lanishlarni tushunishiga yordam berdi va Valrasga oldindan bashorat qilishga yordam berdi. Kournot ushbu xulosalarida haq edi, ya’ni ―iqtisodiy tizimning biror qismiga tegishli bo’lgan masalani qat‘iy va butunlay hal qilish uchun muhokamaga butun tizimni kiritish kerak‖ deb ko’rsatdi5.
Shunga qaramasdan Kournot umumiy muvozanat modeli tuzilishini qabul qilish uchun matematik tahlil yetarlicha rivojlanmaganligini sezardi. J.H.Fon Tyunen (1783-1850) ham iqtisodiy nazariyadagi muammolarni hal qilish uchun hisobdan foydalangan. Kournot kabi iqtisodchi olimlarning matematik mulohazalari umumiy muvozanat modelini bir vaqtda sodir bo’ladigan tenglamalar tizimi kabi tasavvur qilishga olib keldi. Balki ular Valrasga nisbatan yaxshiroq matematik bo’lishganligidan (Valras Fransiyadagi nufuzli Ekol Politexnik ga kirish imtihonlaridan o’ta olmaganligidan qatnasha olmagan edi, Kournot esa aqlli matematik sifatida E‘tirof etilgandi), Kournot va Tyunen fikrlarni o’lchashning imkonsizligi va muammoni bo’ysundirish uchun zarur g’oyalarning ko’pligi sababidan umumiy muvozanat nazariyasining murakkablashgan aloqalariga to’xtalib o’tishmagan.
Valras o’z navbatida boshqalar yurishga qo’rqadigan yo’lga qadam qo’ydi. Shu kabi Leon Valras iqtisodiyot modelini shakllantirishda matematik notiqlikni qo’llab umumiy muvozanatga aniqlik va ochiqlik ko’rinishini berdi. Uning amalga oshirgan ishlari, shuningdek, abstrak modelni qurishga va matematikani qo’llashga urg’u berganligi sababli uni ajdodlari singari maqtalishga loyiq, deb e‘tirof etish mumkin.
Biz Valras modelini qisqacha izohlab beramiz va u ko’targan ba’zi masalalarni muhokama qilamiz. Buni boshlashdan avval umumiy va nisbiy muvozanat modellaridagi farqlarni o’rganish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə