1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng


De Goll va «qollizm» muammolari



Yüklə 85 Kb.
səhifə2/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot

2.De Goll va «qollizm» muammolari


Sharl de Goll 1890-yil 22-noyabrda Lill shahrida eski dvoryan oilasida tug lldi. Uni yuksak qobiliyatli kishi sifatida katolik va`zxoni yoki katta yozuvchi bo`lish kelajagi kutardi. Biroq u butun umrini qo`shin bilan bog`ladi, bu esa uni keyinchalik siyosiy faoliyat maydoniga yetaklab keldi.
1940-yil iyunda Fransiya kapitulyatsiya qilingan kunda de Goll Bi-Bi-Si da chiqish qilib, fransuz qo`shinini fashist bosqinchilariga qarshi kurashni davom ettirishga da`vat etdi. De Goll shu kuni zobitlik man-sabini tugatdi va davlat arbobi sifatidagi hayotini boshladi. Uning fransiyani buyuk davlat sifatida tiklanishini asosiy maqsad qilib qo`ygan siyosiy konsepsiyasi «gollizm» nomini oldi. Uning mohiyatini to`rt tushuncha: «millat», «kuchli davlat», «Fransiyaning ulug`vorligi» va «ijtimoiy islohotlar»da ifodalash mumkin. Davlat, Sh. de Gollning fikricha, agar millatda birlik bo`lsa va bir maqsad atrofida jipslashsagina kuchli bo`lishi mumkin. U respublika-demokratik an`analardan yuz o`girmadi, biroq davlat boshlig`i, prezidentning kuchli hokimiyatini, uning umumxalq ovoz berish yo`li bilan saylanishi va keng vakolatlarga ega bo`lishini yoqlab chiqdi. Eng muhimi, siyosiy masalalar bo`yicha referendum o`tkazishni lozim deb hisobladi.
Sh. de Goll faoliyatining ahamiyati shunda ediki, u Fransiya hukmron doiralarining an`anaviy qarashlaridan yuqori tura oldi va ijti-moiy guruhlarga bo`linmasdan millatni jipslashtirishga harakat qildi.
Shu munosabat bilan u hammaga teng imkoniyatlarni beruvchi ijtimoiy islohotlar o`tkazishni zarur deb hisobladi. U sanoatni qisman natsionalizatsiya qilish, iqtisodiyot ustidan davlat nazoratini o`rnatish, ijtimoiy sug`urta tizimini kiritish va mehnat sharoitlarini yaxshi-lashni shunday islohotlar qatoriga kiritdi.
Tashqi siyosatda Sh. de Goll Yevropaning yagona iqtisodiy va siyosiy ittifoqqa birlashishining qat`iy va izchil tarafdori bo`ldi. U maz-kur birlashish Fransiya rahbarligi ostida amalga oshishini ko`zda tutdi. 1944-yil martda urush hali qizg`in kechayotgan va ittifoqchilar Nor-mandiyaga qo`shin tushirishga endi tayyorlanayotgan bir paytda u g`arb davlatlarining keng guruhiga Yevropada iqtisodiy asosda birlashish dasturini ilgari surdi. Bu blokka Germaniyaning qo`shilishi ham ko`zda tutildi, biroq SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari unda yo`q edi.
Sh. de Goll o`z o`rinda Elzas Lotaringiya temir va ko`miri, Rur ko`mirini qazib chiqarishni birlashtirish asosida Yevropa davlatlari hamjamiyatini yaratishga intilgan fransuz tadbirkorlari va siyosatchilari manfaatlarining ifodachisi sifatida maydonga chiqdi. Bu orqali albatta, G`arbiy Yevropa qudratli jahon industrial markaziga aylanardi. Sh. de Goll fransuz burjuaziyasining ichki siyosatdagi yon berishlari va ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarning oshishini qoplamoq uchun bu yo`lni tutdi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə