9 – mavzu: globallashuvning falsafiy muammolari global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari



Yüklə 18,56 Kb.
səhifə1/3
tarix18.05.2023
ölçüsü18,56 Kb.
#111007
  1   2   3
9-MAVZU TARQATMA


9 – MAVZU: GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI
Global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari
Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom ashѐ muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi.
Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.
Urush va tinchlik muammolari. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.
Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. «Ekosofiya»ning rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Energiya muammosi. 1945 yildan boshlab olinaѐtgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70%ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanaѐtgan mamlakatlar (sayѐra aholisining 78%) ishlab chiqarilaѐtgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir.
Xom-ashѐ muammosining hal etilishi xom-ashѐning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.

Yüklə 18,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə