1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng


To`rtinchi respublika (1946-1958-yillar)



Yüklə 85 Kb.
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot

4.To`rtinchi respublika (1946-1958-yillar)


To`rtinchi respublika davrida fransuz iqtisodi qayta tiklandi. Uning asosida monopoliyani davlat apparati bilan yagona mexanizmga birlashtirildi. Yirik davlat sektori tashkil etildi, iqtisodni rejalashtirish va dasturlash keng qo`llanilib To`rtinchi respublika yashagunga qadar (1958) modernizatsiya va rekonstruksiyalashning ikkita rejasi qabul qilindi (1947-1954 va 1954-1957).
1948-yil sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan avvalgi darajadan ham oshdi. 1949-yili kartochka tizimi bekor qilindi, 1950-yilda esa qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ham urushdan avvalgi darajaga ko`tarildi. 1950yildan so`ng Fransiyaning iqtisodiy ahvoli yaxshilandi. Bu borada «Marshall rejasi» muhim rol o`ynadi. Urush oqibatlarini tugatish, ilmiy-texnik revolyutsiya, davlat buyurtmalari va kreditlar sanoat rivojlanishi sur`atining oshishiga katta yordam berdi. Ayniqsa, sanoatning yangi tarmoqlari – elektronika, kimyo, samolyot-sozlik, avtomobilsozlik tez rivojlana bordi. Natijada og`ir sanoatning solishtirma hajmi ko`paydi. 1958-yili mazkur soha mahsulotlari qiymati Fransiyadagi jami sanoat mahsulotlarining 2/3 qismini tashkil etgani shuning isbotidir. Og`ir sanoatda jami sanoat ishchilarining 2/3 qismi xizmat qilardi.
Ma`lum muvaffaqiyatlarga erishgach, Fransiya hukumati xalqaro doirada o`z o`rnini mustahkamlashga qaror qildi. 1946-yil dekabrda fransuz mustamlaka hukumati Vyetnamni Xo Shi Min rahbarligida respublika deb e`lon qilgan vatanparvar kuchlarga qarshi urush bosh-ladi. Bu urush 8 yil davom etdi va 1954yili Fransiya mag`lubiyati bilan yakunlandi. Vyetnamdagi kurash tinchimasdan turib Fransiya Jazoirda mustamlakachilik urushini boshlab yubordi. Bu eng qonli va beshafqat mustamlakachilik urushlaridan biri bo`lib, baribir Fransiyaning yana bir bor mag`lubiyati bilan yakun topdi. Fransiyaning angliyalik interventlar bilan Yaqin Sharqda Suvaysh kanali hududidagi yangi harbiy avan-tyurasi ham yengildi. U buyuk davlat roli uchun zaiflik qildi. Endilikda Fransiya Yevropada o`z pozitsiyasini mustahkamlash uchun ushbu mintaqadagi buyuk davlatlar bilan ittifoqchi bo`lishga qaror qildi. To`rtinchi respublikaning butun siyosati Yevropani birlashtirish bilan bog`liq edi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə