1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng



Yüklə 85 Kb.
səhifə6/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot

1962-yil 18-martda Fransiya premyer-ministri Jorj Pompidu va Aljir milliyozodlik fronti rahbari Ben Bella Jeneva ko`li yaqinidagi Evian shahrida urushni to`xtatish va hukumatni aljir xalqi qo`liga topshirish shartlari to`g`risidagi Fransuz-Jazoir bitimini imzoladilar. Aljirda 8 yil davom etgan urush yakun topdi. 8 aprelda Fransiyada referendum bo`lib o`tdi va fransuz saylovchilarining 90 foizi Evian bitimini yoqlab ovoz berdi. 1962-1963-yillarda prezident de Goll va GFR kansleri K.Adenauer o`rtasida Parij va Bonnda to`rt marta uchrashuv bo`lib o`tdi. 1963-yil 22-mart kuni Fransiya va GFR o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi shartnoma imzolanib, ikki davlat o`rtasida ittifoqchihkni tasdiqladi.
Shunday qilib, «tarixiy murosa»ga erishildi va tarixda ilk bor ushbu ikki davlat ittifoqchi bo`lib olishdi.
1966-yil martda Fransiya NATO tarkibidan chiqib ketdi. 1968-yil avgustda Fransiya birinchi marta vodorod bombasini sinovdan o`tkazib, jahondagi yadro quroliga ega mamlakatlar safidan o`rin oldi.
De Gollning o`n yillik boshqaruv davrida Fransiya iqtisodi mustahkamlanib, uning xalqaro pozitsiyasi tik-landi. Fransuz frankining yangi kursi joriy etildi, yirik korxonalarga davlat kreditlari berildi. 1958-yildan 1964-yilgacha 500 ta yirik sanoat trestlarining daromadi 70 foizga o`sdi. Sanoatning yangi – kimyo, neft, harbiy aviatsiya, avto-mobil, elektronika va elektrometallurgiya kabi tarmoqlari tez sur`atlarda rivojlana bordi.
Shu bilan birga inflyatsiyaga qarshi kurash va byudjet taqchilligini kamaytirish maqsadida hukumat soliqlarni ko`paytirib gaz, elektro-energiya, transport ta`rifiarini oshirdi, ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqa-larni esa kamaytirdi. Nominal ish haqi ushbu yillarda 32 foizga ko`pay-gani holda, narxnavo 42 foizga oshdi. Mamlakatda qishloq aholisi soni kamayib ketdi. Ko`pgina fermer xo`jaliklari italyan va ispan dehqonlari bilan raqobatga dosh berolmay xonavayron bo`ldi. Har yili qishloqlarni 150 mingtagacha kishi tark etib keta bordi.
De Goll hukumatining rejimi xalq ishonchini yo`qota boshlagan edi. 1968yildagi ommaviy chiqishlar uning o`n yillik boshqaruvining natijasi sifatida namoyon bo`ldi. Namoyish ishtirokchilari ta`lim tizimini qayta tuzish, ta`limga ajratiladigan mablag`ni oshirish, ta`lim uchun olinadigan haqni pasaytirish va stipendiya to`lashlarini talab qilib chiqishdi. G`alayon kuchayib politsiya va namoyishchilar to`qnashuviga olib keldi. 7-mayda Parij ko`chalarida 3 mingdan oshiq talaba yaralandi va hibsga olindi. Bunday xatti-harakat umumxalq ish tashlashga olib keldi va u to`rt hafta davom etdi. Bu esa mamlakat hayotini to`xtatib qo`ydi. Ish tashlashda 10 million kishi ishtirok etdi. 24-mayda ishchi va xizmatchilarga hukumatning agrar siyosatidan norozi dehqonlar qo`shildilar.
Bu voqealar de Goll o`rnatgan tartib va uning obro`yiga katta putur yetkazdi. 1969-yil aprelda u iste`foga chiqdi va siyosatga boshqa qaytib kelmadi. Oradan bir yarim yil o`tgach, ya`ni 1970-yil 9-noyabrda 80 yoshida vafot etdi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə